Nosirjon Uluqov


-mashq. She’rni o‘qing. Unda qo‘llangan shakl yasovchi qo‘shimchalarni aniqlang, vazifasiga ko‘ra guruhlang, tahlil qiling. Iqbol Mirzo


Download 493 Kb.
bet17/47
Sana16.06.2023
Hajmi493 Kb.
#1498867
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   47
Bog'liq
Tilshunoslik nazariyasi oquv Qollanma (1)

37-mashq. She’rni o‘qing. Unda qo‘llangan shakl yasovchi qo‘shimchalarni aniqlang, vazifasiga ko‘ra guruhlang, tahlil qiling.
Iqbol Mirzo
Navro‘z qo‘shig‘i
Bahorni bilmagan ellarni ko‘rdim,
Bir chechak kulmagan yerlarni ko‘rdim.
O‘zingni sog‘inib keladi navro‘z,
Kaftingga ko‘z suray, dehqonim, yurtim,
O‘zingdan o‘rgulay, bog‘bonim, yurtim.


Chuchmoma chayqalib, chalar qo‘ng‘iroq,
Hayot hidini sochar uyg‘ongan tuproq,
Ildiz suvratini chizadi chaqmoq,
Kaftingga ko‘z suray, dehqonim, yurtim,
O‘zingdan o‘rgulay, bog‘bonim, yurtim.


Mehmonni chorlaydi sumalaklaring,
Qizlaring bog‘laydi jamalaklarin.
Saodatga ko‘prik kamalaklaring,
Kaftingga ko‘z suray, dehqonim, yurtim,
O‘zingdan o‘rgulay, bog‘bonim, yurtim.


Ey, kafti qadog-u ko‘ngli yumshoq el,
Quyoshda qoraygan, yuragi oq el,
Duoga qo‘l ochgan, tilagi oq el,
Kaftingga ko‘z suray, dehqonim, yurtim,
O‘zingdan o‘rgulay, bog‘bonim, yurtim.


Muqaddas yering bor, qutlug‘ osmon bor,
Suyangan tog‘ing bor, dilda iymon bor.
Ulug‘ bog‘istonga buyuk bog‘bon bor,
Kaftingga ko‘z suray, dehqonim, yurtim,
O‘zingdan o‘rgulay, bog‘bonim, yurtim.
38-mashq. Til taraqqiyoti davomida quyidagi so‘zlar tarkibida yuz bergan o‘zgarishlarni izohlang.
Ko‘mir, sakson, to‘qson, poyqop, yurak,
39-mashq. “O‘zbek tilining etimologik lug‘ati”dan so‘z tarkibining soddalashuviga misollar toping va buning sabablarini izohlang
40-mashq. “O‘zbek tilining etimologik lug‘ati”dan so‘z tarkibining murakkablashuviga misollar toping va buning sabablarini izohlang
41-mashq. “O‘zbek tilining etimologik lug‘ati”, “O‘zbek tilining morfem lug‘ati”dan foydalangan holda so‘z tarkibining qayta bo‘linishi (tuzilishi) hodisasini izohlang.



Download 493 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   47




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling