Nosirjon Uluqov


Download 493 Kb.
bet20/47
Sana16.06.2023
Hajmi493 Kb.
#1498867
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   47
Bog'liq
Tilshunoslik nazariyasi oquv Qollanma (1)

45-mashq. Matnni sintaktik birliklarga ajrating. Ularni sintaktik aloqaga kirishish usuliga ko‘ra tahlil qiling.
Ilm martabasi martabalarning zo‘ridir, degan gap shubhasiz to‘g‘ri. Qaysi yerda ilmu ma’rifat kuchli bo‘lsa, o‘sha yer baxt maskani hisoblanadi. Qaysi yerda nodonlik mavjud bo‘lsa, u yer quruq yoki toshloq kabidir.
Go‘zal xulq bilan payvasta bo‘lgan ilm odamlarni baxtiyor qiladi, martabasini balandlatadi. Ilmdan maqsad ko‘rkam va ezgu ishlarni amalga oshirishdir.
(Faxrulbanot Sulaymoniy)
46-mashq. Berilgan matnni so‘z birikmalariga ajrating. Ularning qismlari qanday usul va vositalar asosida bog‘langanligini izohlang.
Iftixor
Bir gal ancha olis safarga chiqishga to‘g‘ri keldi. Avval Germaniyaga uchdik. Undan Amerikaga. So‘ng Shveysariyaga. Keyin Angliyaga.
Nihoyat Londondan Toshkentga uchadigan bo‘ldik. Havo kemasiga chiqishimiz bilan osoyishta va yoqimli ovoz yangradi: “Assalomu alaykum, xonimlar va janoblar! Sizlarni “O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasi nomidan muborakbod etamiz!” Rostini aytsam, ko‘zimdan yosh chiqib ketdi. Bu so‘zlar mening tilimda, ona tilimda jarangladi! Vatanimdan minglab chaqirim narida, tag‘in yuzlab xorijiy yo‘lovchilar o‘tirgan kemada!..
Aqalli mana shu holatning o‘zi uchun Istiqlolga ming bora ta’zim qilishga tayyorman!
(O‘tkir Hoshimov)


Seminar mashg‘ulotlari
--------------------------------------------------------------------
Tilshunoslik fani. Tilning vazifalari. Tilning ijtimoiy ko‘rinishlari
(1-seminar mashg‘uloti)
Reja

  1. Tilshunoslik fani va u o‘rganadigan masalalar.

  2. Tilshunoslik fanining boshqa fanlar bilan aloqasi.

  3. Tilning ijtimoiy ko‘rinishlari.

  4. Tilning vazifalari:

      1. atash vazifasi;

      2. kommunikativ vazifasi;

      3. hissiy-ta`siriy tuyg`u ifodalash vazifasi.

  5. Millatlararo tillar.

  6. Xalqaro tillar.

  7. Sun’iy tillar.


Download 493 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   47




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling