Nosirjon Uluqov


(“Tarbiya” (ota-onalar va murabbiylar uchun ensiklopediya)dan) 30-mashq


Download 493 Kb.
bet16/47
Sana16.06.2023
Hajmi493 Kb.
#1498867
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   47
Bog'liq
Tilshunoslik nazariyasi oquv Qollanma (1)

(“Tarbiya” (ota-onalar va murabbiylar
uchun ensiklopediya)dan)
30-mashq. Matndagi affikslarni vazifasiga, asosga qo‘shilish o‘rniga, tuzilishiga ko‘ra guruhlang.
Kishida ikki go‘zallik bo‘lib, ular ichki va tashqi go‘zallikka bo‘linadi. Tashqi go‘zallikka kishining barcha a’zolari, masalan, ko‘z, quloq, qosh, lab, og‘iz, qo‘l, oyoq, qomat kiradi. Ichki go‘zallik esa kishining yoqimli hulqlar bilan bezanishidir. Bu hulqlar muloyimlik, saxovat, shijoat, ilm, kamtarlik, iffat va shunga o‘xshashlardir!
Abulbarokot Qodiriy


Agar inson ilm nuri bilan o‘z yo‘lini yoritmasa, zulmat va nodonlik ko‘chasida qoladi. Kishi qalbining nuri ilm va ma’rifat bilan baquvvat bo‘ladi. Insoniyatning qadri ilm bilan hosil bo‘ladi. Ilmdan hali hech kim zarar ko‘rgan emas. Ilmni egallab olish esa bir san’atdir. Dunyoda qanday ezgulik sodir bo‘lgan bo‘lsa, ularning hammasi donolik orqali kelib chiqqan. Eng zo‘r halokat nodonlik, insoniylikni bitiruvchi ham nodonlikdur. Yaxshi tahsil ko‘rgan va ilm nuri bilan xulqini yaxshilagan ayol har yerda izzat topadi. Ilm − ayol uchun ziynat. Aqlini nodonlikdan qutqargan har bir ayol nomus, izzat, ayollik qadrini tushunib yetadi. Bunday ayol hech bir ishda adashmaydi. Ilmsiz ayol esa bola tarbiyalashda turli xatolarga yo‘l qo‘yadi.
Abdibek Sheroziy
31-mashq. O‘zbek tilidagi ot turkumiga xos lug‘aviy shakl yasovchi qo‘shimchalarni aniqlang va misollar keltiring.
32-mashq. O‘zbek tilidagi sifat turkumiga xos lug‘aviy shakl yasovchi qo‘shimchalarni aniqlang va misollar keltiring.
33-mashq. O‘zbek tilidagi fe’l turkumiga xos lug‘aviy shakl yasovchi qo‘shimchalarni aniqlang va misollar keltiring.
34-mashq. O‘zbek tilidagi sintaktik shakl yasovchi qo‘shimchalarni barchasini va vazifasini misollar bilan tushuntiring.
35-mashq.Quyidagi qo‘shimchalarni tuzilishiga ko‘ra guruhlang.
-imiz, -lab, -larcha, -lash, -iston, -tir, -ning, -garchilik, -lik, -chasiga, -chilik, -machoq, -archilik.
36-mashq.Quyidagi qo‘shimchalarni vazifasiga ko‘ra guruhlang.
-cha, -a, -li, -siz, be-, ba-, -i, -ni,-zor, -ta,-im,-da,-ga, -man, -miz,-lab,-k,-q,-qa,-ning.

Download 493 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   47




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling