Novaya raduga
VI. Yer uchastkasini ijaraga berish shartnomasini o‘zgartirish va bekor qilish
Download 103.83 Kb. Pdf ko'rish
|
ШАРТНОМА
- Bu sahifa navigatsiya:
- VII. Tomonlarning javobgarligi
- VIII. Nizolarni hal etish
VI. Yer uchastkasini ijaraga berish shartnomasini o‘zgartirish va bekor qilish
10. Mazkur ijara shartnomasi shartlarining o‘zgartirilishiga, uning bekor qilinishiga va to‘xtatilishiga tomonlarning kelishuvi bilan yo‘l qo‘yiladi. 11. Ushbu shartnomani muddatidan ilgari bekor qilish qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkasini ikkilamchi ijaraga berish shartnomasining bekor qilinishiga sabab bo‘ladi. 12. Ushbu Shartnoma tomonlarning kelishuviga ko‘ra, tomonlarning kelishuviga erishilmagan taqdirda esa – sud qaroriga ko‘ra o‘zgartirilishi yoki bekor qilinishi mumkin. 13. Mazkur Shartnoma O‘zbekiston Respublikasi Yer kodeksi va amaldagi qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda bekor qilinishi mumkin. VII. Tomonlarning javobgarligi 14. Ushbu shartnomada nazarda tutilgan majburiyatlar bajarilmagan yoki lozim darajada bajarilmagan taqdirda, tomonlar O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga muvofiq javobgar bo‘ladilar. 15. Tomonlardan biri ushbu Shartnomaning shartlarini bajarmaganda yoki qonunchilik hujjatlarini muntazam ravishda buzganda ikkinchi tomon ushbu Shartnomaning belgilangan tartibda bekor qilinishini talab qilishga haqlidir. 16. Bartaraf etilishi mumkin bo‘lgan har qanday qonunchilik buzilishi Shartnomaning bekor qilinishiga sabab bo‘lmaydi. 17. Tomonlardan biri Shartnomani bekor qilish mo‘ljali to‘g‘risida ikkinchi tomonni Shartnoma bekor qilinishi sabablarini asoslagan holda mo‘ljallanayotgan bekor qilish sanasidan olti oy oldin yozma ravishda xabardor qiladi. VIII. Nizolarni hal etish 18. Shartnoma shartlari bo‘yicha tomonlar o‘rtasida kelishmovchiliklar va nizoli masalalar kelib chiqqan taqdirda, tomonlar mustaqil ravishda o‘zlari yoki boshqa vakillar ishtirokida hal etish choralarini ko‘radilar. Tomonlar o‘zaro kelishuvga erishmagan taqdirda Mediatsiya tartibida nizolarni hal qilishga haqli. Agarda tomonlar muzokaralar o‘tkazish yo‘li bilan kelishuvga erishmasalar, u holda nizoli holatlar va kelishmovchiliklar O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga asosan tegishli sudda ko‘rib chiqiladi. Download 103.83 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling