Nukus davlat pedagogika instituti kurambayeva gulandam karimbayevna


Tadqiqotning respublika fan va texnologiyalari rivojlanishining ustuvor yo‘nalishlariga mosligi


Download 193.21 Kb.
bet4/30
Sana11.05.2023
Hajmi193.21 Kb.
#1450300
TuriReferat
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30
Bog'liq
4.Эълонга автореферат

Tadqiqotning respublika fan va texnologiyalari rivojlanishining ustuvor yo‘nalishlariga mosligi. Mazkur dissertatsiya respublika fan va texnologiyalar rivojlanishining “Demokratik va huquqiy jamiyatni ma’naviy-axloqiy va madaniy rivojlantirish, innovasion iqtisodiyotni shakllantirish” ustuvor yo‘nalishiga muvofiq bajarilgan.
Dissertatsiya mavzusi bo‘yicha xorijiy ilmiy tadqiqotlar sharhi1. Hozirgi kunda jahonning deyarli barcha yetakchi ilmiy markazlari va oliy ta’lim muassasalarida adabiy aloqa, o‘zaro ta’sir va badiiy tarjima masalalariga bag‘ishlangan ilmiy-nazariy izlanishlar olib borilmoqda. University of Texas at Austin-Texas, University of Michigan (AQSh), University of Valencia (Ispaniya), Istanbul Üniversity, Ankara Üniversity, Ordu Üniversity, Yege Üniversity (Turkiya), Moskva davlat universiteti, Jahon adabiyoti instituti (Rossiya federasiyasi), Abay nomidagi Qozog‘iston davlat pedagogika universiteti, Yevraziya davlat universiteti, Al-Farabiy atindag‘i Qazaq ulttiq universiteti (Qozog‘iston), Maxtumquli nomidagi Turkman davlat universiteti (Turkmaniston), shuningdek, O‘zR FA O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti hamda Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti (O‘zbekiston) bu borada faolligi bilan ajralib turadi.
Jahon adabiyotshunosligida adabiy aloqa, o‘zaro ta’sir va badiiy tarjima yuzasidan boy tajriba to‘planib, jumladan, quyidagi ilmiy natijalarga erishilgan: adabiy aloqalarning adabiyotlar taraqqiyotidagi o‘rni va ahamiyati; adabiy aloqa va o‘zaro ta’sir jarayonining jahon xalqlari, jumladan, turkiy xalqlar nasri va she’riyatida an’ana tusini olishi; qardosh va qardosh bo‘lmagan xalqlar nasri va she’riyatidagi tipologik mushtarakliklarni yoritish; adabiy ta’sir natijasida paydo bo‘lgan yangi shakl va uslublar katalogini yaratish; nasriy va she’riy turlarga mansub yangi shakliy izlanishlarning badiiy adabiyot rivojidagi ahamiyatini belgilash; nasriy va lirik turga mansub janrlarning nazariy asoslarini o‘rganish; qahramon psixologiyasini ochish, poetika va ijodiy individuallik; o‘zga millat hayoti haqida yozilgan badiiy asarlarda ijodkorlarning milliy kolorit yaratish mahoratini ochib berish; uzoq va yaqin tillardan badiiy tarjima jarayonida tarjimonlar mahoratini ko‘rsatish; xalq og‘zaki ijodi va yozma adabiyotdagi mushtaraklik va o‘ziga xosliklar, mumtoz va zamonaviy adabiyotlar taraqqiyotida adabiy aloqa va o‘zaro ta’sirning rolini asoslash; turli xalqlar adabiyotlarini taqqoslash orqali ularning o‘ziga xosliklarini ko‘rsatib berish adabiyotshunoslikning dolzarb sohalaridan bo‘lgan qiyosiy adabiyotshunoslik qonuniyatlari nuqtai nazaridan ochib berilgan.

Download 193.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling