Nukus davlat pedagogika instituti kurambayeva gulandam karimbayevna


Download 193.21 Kb.
bet3/30
Sana11.05.2023
Hajmi193.21 Kb.
#1450300
TuriReferat
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30
Bog'liq
4.Эълонга автореферат

D.B.Seytqasimov
Ilmiy darajalar beruvchi bir martalik ilmiy kengash ilmiy kotibi, filol.f.d. (DSc)
Q.Q.Jarimbetov
Ilmiy darajalar beruvchi bir martalik ilmiy kengash qoshidagi ilmiy seminar raisi filol.f.d., professor

KIRISH (doktorlik dissertatsiyasi annotatsiyasi)
Dissertatsiya mavzusining dolzarbligi va zarurati. Jahon adabiyotshunosligida milliy adabiyotlar hamisha adabiy aloqa, o‘zaro ta’sir va badiiy tarjima doirasida rivojlanishi, badiiy adabiyotning yangilanishi, boyishi va yuksalishida hamisha dolzarb ahamiyat kasb etadi. Chunki adabiy aloqalar tub mohiyati bilan doimo tili, millati, urf-odatlari, tarixi bir-biridan keskin farq qiladigan xalqlar, elatlar va millatlarni yaqinlashtirishga, ular o‘rtasida do‘stlik, hamkorlik va o‘zaro hurmat-ehtirom rishtalarini bog‘lashga xizmat qiladi.
Dunyo adabiyotshunosligida, ayniqsa, globallashuv davrida turli adabiy hodisalar, adabiy turlar va janrlar, mushtarak mavzu va syujetlar rivoji muammolarini turli xalqlar adabiyotlari misolida qiyosiy adabiyotshunoslik yo‘nalishida tadqiq etish borasida ko‘plab ishlar amalga oshirilgan, yangidan yangi yo‘nalishlar maydonga kelgan. Bu borada uzoq va yaqin tillar, qardosh xalqlar va adabiyotlar orasidagi adabiy aloqalarning o‘ziga xosliklari tadqiqiga bag‘ishlangan ishlarning ilmiy va madaniy-ma’rifiy ahamiyati nihoyatda yuksakdir.
O‘zbek va qoraqalpoq adabiyotshunosliklarida, ayniqsa, istiqlol davrida qiyosiy adabiyotshunoslikning mavqei va hissasi tobora ortib bormoqda. Bu ikki xalq adabiyotining o‘zaro va turli xalqlar adabiyotlari bilan ko‘p asrlik aloqalari, milliy adabiyotlarning mazmun va shakl, yangi adabiy janrlar va uslubiy izlanishlar jihatidan boyishi kabi masalalarning tub ildizlari va manbalarini o‘rganish muhim ahamiyat kasb etadi va ularning kelgusi taraqqiy yo‘llarini belgilab beradi. Qoraqalpoq yoki o‘zbek xalqi hayotiga bag‘ishlab badiiy asarlar yaratish jarayonlari hamda Qoraqalpog‘istonda yashab o‘zbek va qoraqalpoq tillarida qalam tebratayotgan shoir va yozuvchilarning ijodiy o‘ziga xosligi, adabiyotshunoslik aloqalari yoki o‘zaro badiiy tarjimalarda to‘plangan tajribalarni ilmiy o‘rganish ikki adabiyotshunoslikning ham kun tartibida turgan o‘rganilishi muhim va dolzarb muammolaridan hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28 yanvardagi PF-60-son “2022-2026 yillarga mo‘ljallangan yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”, 2017 yil 16 fevraldagi PF-4958-son “Oliy o‘quv yurtlaridan keyingi ta’lim tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”, 2019 yil 8 oktyabrdagi PF-5847-son “O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi Farmonlari, 2017 yil 17 fevraldagi PQ 2789-son “Fanlar akademiyasi faoliyati, ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil etish, boshqarish, moliyalashtirishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”, 2017 yil 24 maydagi PQ 2995-son “Qadimiy yozma manbalarni saqlash, tadqiq va targ‘ib qilish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorlari, 2018 yil 12 yanvardagi F-4789-son “Kitob mahsulotlarini nashr etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob o‘qish va kitobxonlik madaniyatini oshirish va targ‘ib qilish”ga doir komissiya tuzish to‘g‘risida”gi farmoyishi va ushbu faoliyatga oid boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirishda mazkur dissertatsiya tadqiqoti muayyan darajada xizmat qiladi.

Download 193.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling