Nukus davlat pedagogika instituti kurambayeva gulandam karimbayevna


Mavzuning o‘rganilganlik darajasi


Download 193.21 Kb.
bet5/30
Sana11.05.2023
Hajmi193.21 Kb.
#1450300
TuriReferat
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30
Bog'liq
4.Эълонга автореферат

Mavzuning o‘rganilganlik darajasi. Adabiyotlarning o‘zaro aloqalari va ta’siri masalalari, nazariy asoslari jahon va rus adabiyotshunosligida keng o‘rganilib, katta ilmiy tajriba to‘plangan. N.I.Konrad, G.I.Lomidze, M.B.Xrapchenko, A.Bushmin, G.Gachechiladze, D.Dyurishin kabi olimlarning tadqiqotlari bevosita adabiy aloqalar, o‘zaro ta’sir va badiiy tarjima masalalarini o‘rganishga bag‘ishlangani bilan xarakterli2.
O‘zbek adabiyotshunosligida ham ayni mavzu har xil aspektlarda tadqiq etilgan, qator dissertatsiyalar himoya qilinib, maqolalar, kitoblar va ilmiy to‘plamlar chop etilgan. V.Zohidov, M.Qo‘shjonov, A.Hayitmetov, G‘.Salomov, N.Komilov, F.Sulaymonova, R.Inog‘omov, Sh.Turdiyev, H.Muhammadxo‘jayev B.Nazarov, M.Rasuliy, H.Abdullayev, K.Quramboyev, B.Qurbonboyev kabi ko‘plab olimlarning mavzuga tegishli e’tiborli ilmiy ishlari bor. Shuningdek, qoraqalpoq adabiyotshunosligida ham adabiy aloqalar muayyan darajada tadqiq etilgan. N.Japaqov, M.Nurmuxamedov, Q.Maqsetov, Q.Boyniyozov, K.Mambetov, S.Bahodirova, Q.Jarimbetov, Q.Orazimbetov, Z.Bekbergenova, P.Nurjanov kabi olimlarning qoraqalpoq adabiyoti, qiyosiy adabiyotshunoslik yoki badiiy tarjima nazariyasiga doir tadqiqotlarida qoraqalpoq-o‘zbek yoki o‘zbek-qoraqalpoq adabiy aloqalariga doir ilmiy fikrlar mavjud. Dissertatsiyani yozishda tilga olingan olimlarning ilmiy-nazariy qarashlariga ham tayanildi3.
Bevosita “O‘zbek va qoraqalpoq adabiy aloqalari” mavzusi o‘tgan asrning 70-yillarida nomzodlik dissertatsiyasi sifatida himoya qilingan4. F.Madrahimovning ikki bobdan tashkil topgan mazkur ishi o‘zbek va qoraqalpoq adabiy aloqalarining oktyabr to‘ntarishidan oldingi va keyingi yillari boshidagi ikki adabiyot aloqalarining ba’zi shakllari (folklor aloqalari, xalfalar, baxshilar hamkorligi, Hamzaning Qoraqalpog‘iston bilan bog‘liq ijtimoiy-ma’rifiy faoliyati va h.k.) o‘sha davr, sobiq sho‘rolar tuzumining hukmron mafkurasiga tayanilgan holda muayyan darajada o‘rganilgan.
Qoraqalpoq adabiyotshunosligida ham qoraqalpoq adabiyoti, qiyosiy adabiyotshunoslik, adabiy aloqalarga doir ba’zi ishlar amalga oshirilgan, kitoblar nashr etilib, dissertatsiyalar himoya qilingan5.
Tilga olingan jahon, rus, o‘zbek va qoraqalpoq adabiyotshunosligidagi ba’zi ilmiy ishlar, nashr etilgan kitoblar sho‘rolar davri siyosati va mafkurasi talablari asosida yozilgan bo‘lishiga qaramay, tadqiqotlarda biz o‘rganayotgan mavzuga doir ilmiy fikrlar, konsepsiyalar, taklif va mulohazalar ham borki, ulardan bugun ham zarur darajada foydalanish mumkin. Shuning uchun ham mazkur dissertatsiyani yozishda ulardagi hozirgi kunda ham o‘z ahamiyatini yo‘qotmagan muhim fikru qarashlarga tayanildi.

Download 193.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling