Nukus davlat pedagogika instituti
Download 3.96 Mb.
|
-----ORFOGRAFIYA УМК 2020-2021
Signalizatorlar - o`z referentiga (tovush tilidagi fonemasiga) ega bo`lmagan, ammo sintagmatik planda o`zidan oldin kelgan harf bilan birikib, bitta qo`shma grafema (digraf) hosil qiladigan belgilar. O`zbek alifbosidagi ayirish (`) va yumshatish (`) belgilari (diakritik harflar) ana shunday signalizatorlar sanaladi. Chunonchi, ayirish belgisi ta`na, me`mor, mo``tabar kabi arabcha leksik o`zlashmalarda a`, e`, o`` kabi digraflarning tarkibiga kiradi va «a» «e(e)», «o`» unlilarining orqaroq artikulyatsiya bilan cho`ziqroq talaffuz etilishiga ishora qiladi; yumshatish belgisi esa al`bom, vol`t, ul`tratovush, oktyabr`, sentyabr` kabi so`zlarda l` va r` digraflari tarkibida qo`llanib, «l» va «r» undoshlarining (rus tili fonemalarining) yumshoqligini bildiradi.
Ba`zan o`z referentiga ega bo`lgan monograflar ham digraf tarkibida qo`shimcha vazifani – signalizatorlik funktsiyasini bajarishi mumkin. Masalan, i, e, yu, ya monograflari tip, telegraf, syurpriz, sentyabr` kabi ruscha leksik o`zlashmalarda ti, te, syu, tya digraflari tarkibiga kiradi va o`z referentlarini («i», «e», «u», «a» fonemalarini) ifodalash bilan birga, o`zidan oldin qo`llangan t va s harflari orqali ifodalangan tovushlarning yumshoqligiga ham ishora qiladi (shuning uchun bu tipdagi grafemalar faqat strukturasiga ko`ra emas, balki funktsiyasiga ko`ra ham murakkab grafik belgilar sanaladi). Harflarning bosma turlariga xos shrift ranglari (qora, yarim qora, och rang), shakllar (masalan, kursiv) va usullar (masalan, harflarning razryadka bilan terilishi) ham grafikada signalizatorlar deb baholanishi mumkin, chunki ular bosma matnning ayrim elementlari yoki qismlarini alohida ta`kidlash funktsiyasini bajaradi. O`z xususiyatiga ko`ra apostrof (tutuq belgisi) ham signalizatorlarga yaqin turadi, chunki unda «ishora qilish» funktsiyasi ustundir. Bu belgi rus grafikasiga asoslangan o`zbek yozuvida 1956 yilgacha qo`llangan (ma’no, ra’no, mo`’jiza, e’lon kabi). 1956 yildan boshlab apostrofning o`rnida ayirish belgisi (`) ishlatilmoqda: ma`no, ra`no, mo``jiza, e`lon kabi. Hozirgi rus-o`zbek yozuvida bu belgi faqat Janna d’Ark, d’Alamber, d’Artanyan kabi frantsuzcha nomlarni o`zbek tilidagi matnda berish kerak bo`lgandagina ishlatiladi. Download 3.96 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling