Nukus davlat pedagogika instituti
Diakritik harflar va diakritik belgilar
Download 3.96 Mb.
|
-----ORFOGRAFIYA УМК 2020-2021
Diakritik harflar va diakritik belgilar: 1) diakritik harflar alifboga maxsus kiritilgan mustaqil belgi bo`lsa ham, ular o`z referentiga ega emas. Bunday harflar boshqa harf bilan birga qo`llanib, fonemalarning differentsial belgisiga ishora qiladi. Qiyoslang: tana-ta`na (diakritik harf - ayrish belgisi) kabi; 2)diakritik belgilar alifbodagi alohida harflar emas, balki mavjud harflarning ustiga,ostiga,o`rtasiga,yoniga qo`yiladigan nuqtalar, chiziqcha, ilmoqcha, belbog` va boshqalar: ä,á,â,ã,ǒ,ō,ø,q,g`,h (kirill harflarida), ờ,g‘,ş,ž, (lotin harflarida) kabi. Qiyos qiling: qul va qo`l (“o`”da diakritik belgi bor),kul va qul (“q”da diakritik belgi bor). Yuqoridagi fikrlardan ko`rinib turibdiki, alifbo va imloni shakllantirishda faqat lingvistik omillarni hisobga olishning o`zi etarli emas. Buning uchun yozuv tizimining pedagogik–psixologik, texnikaviy, estetik omillar bilan bog`liq jihatlari ham hisobga olingan bo`lishi kerak.
O`zbek tilshunosligida tinish belgilarining quyidagi 10ta turi grafikaning markaziy sistemasiga kiritiladi: Nuqta ------------------------------------------------------------(.) So`roq belgisi -------------------------------------------------(?) Undov belgisi ------------------------------------------------(!) Nuqtali vergul ------------------------------------------------(;) Ko`p nuqta (uch nuqta)-------------------------------------(...) Vergul (qo`sh vergul)------------------------------------(,yoki ,,) Ikki nuqta (bayon belgisi)-----------------------------------(:) Tire (qo`sh tire)--------------------------------------------(- yoki - -) Qavs (qo`sh qavs)---------------------------------------------(),[] Tirnoq (qo`sh tirnoq) -------------------------------------(" ")(« ») Izoh: tinish belgilarining yuqorida sharhlangan xususiyatlari va shu asosda yaratilgan klassifikatsiyalar ularning grafik belgi (prosodemografema) sifatidagi xarakteristikasi hisoblanadi, ammo tinish belgilarining qo`llanishini me`yorlaydigan qoidalar tizimi esa grafikada maxsus ko`rilmaydi, chunki "qoidalar" "Grafika"ning emas, "Punktuatsiya"ning predmeti sanaladi. Yuqorida sanab ko`rsatilgan tinish belgilarining misra balandligiga nisbatan joylashtirilishi ham bir xil emas: nuqta (.), vergul (,), ko`p nuqta (...) misraning pastki chizig`i bo`yicha qo`yib boriladi; qolgan belgilar, masalan, qavs ( ), nuqtali vergul (;), undov belgisi (!), so`roq belgisi (?), ikki nuqta (:), qo`sh tirnoq (« ») misraning ustki chizig`idan ostki chizig`igacha bo`lgan masofa hajmida yoziladi. Qo`sh tirnoqning asosan qo`l yozmada qo`llanadigan turi ( “ ” ) so`z yoki gap boshida misraning ostki chizig`i bo`ylab, shu so`z yoki gap oxirida esa misraning ustki chizig`i bo`ylab joylashtiriladi. Download 3.96 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling