Nukus davlat pedagogika instituti


AMALIY MASHG‘ULOTNING TEXNOLOGIK XARITASI


Download 3.96 Mb.
bet54/78
Sana12.10.2023
Hajmi3.96 Mb.
#1699979
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   78
Bog'liq
-----ORFOGRAFIYA УМК 2020-2021

AMALIY MASHG‘ULOTNING TEXNOLOGIK XARITASI



Ish bosqichlari va vaqti

Faoliyati mazmuni

Ta’lim beruvchi

Ta’lim oluvchilar

Tayyorgarlik bosqichi

  1. Mavzu bo‘yicha o‘quv mazmunini tayyorlash

  2. Birinchi amaliy mashg‘ulot uchun taqdimot slaydlarini tayyorlash

  3. Talabalar o‘quv faoliyatini baholash mezonlarini ishlab chiqish

  4. O‘quv fanini o‘rganish, vazifalarni tayyorlash uchun foydalaniladigan adabiyotlar ro‘yxatini tuzib chiqish




Mavzuga kirish
(15 daqiqa)

    1. O‘quv fani bo‘yicha amaliy va laboratoriya fanlari mavjud ekanligini aytadi, bugungi dars mavzusini e’lon qiladi. (1-ilova)

    2. Darsdan ko‘zlangan maqsad va o‘quv faoliyat natijalari bilan tanishtiradi.

    3. Talabalarni faollashtirish maqsadida savollar beradi (2-ilova)

    4. Mavzuga oid tayanch tushunchalar so‘raladi (3-ilova)




Asosiy bosqich (55 daqiqa)

2.1. Power Point dasturi yordamida slaydlarni namoyish qilish va izohlash orqali o‘tilgan mavzu so‘raladi:
2.1.1. Fanning maqsadi
2.1.2. Fanning vazifasi
2.1.3. Manbalari (4-ilova)
2.4. Mavzuga oid qo‘shimcha savollar beriladi

Ma’ruza va o‘quv qo‘llanmalaridan foydalangan holda yangi mavzu yuzasidan fikrlarini bayon qiladilar, qo‘shimcha savollarga javob beradilar

Yakuniy bosqich (10 daqiqa)

3.1. Mavzu bo‘yicha javoblar umumlashtiriladi va hozirgi o‘zbek adabiy tili bilan eski o‘zbek tili materiallari bir-biriga taqqoslanadi, o‘xshash va farqli holatlar aniqlanib, xulosalanadi.
3.2. Uyga vazifa topshiriladi (7-ilova), mustaqil o‘qish, ishlash uchun manbalar tavsiya etiladi. Matn tahlili (8-ilova)

Savollar berishadi, tinglaydilar.
Vazifani yozib olishadi.



Badiiy matnni tahlil qilish jarayonida fonetik birliklarning estetik xususiyatlariga ham alohida e’tiborni qaratish zarur. She’riy matnda nutq tovushlarining estetik imkoniyatlari tez va qulay idrok etiladi. Chunki she’rda о‘ziga xos jozibador ohang bо‘ladi. Bu ohangdorlikka tovushlarni uslubiy qо‘llash natijasida erishiladi. She’riyatda asosan, alliteratsiya (undoshlar takrori), assonans (unlilar takrori), geminatsiya (undoshlarni qavatlash) kabi fonetik usullardan foydalaniladi. Nasrda unlilarni chо‘zish, undoshlarni qavatlash, tovushlarni takrorlash, sо‘zlarni notо‘g‘ri talaffuz qilish, tovush orttirish yoki tovush tushirish kabi fonetik usullar yordamida ekspressivlik ta’minlanadi. Tovushlarni uslubiy qо‘llash bilan bog‘liq qonuniyatlarni yozuvda «aynan» ifodalash imkoniyati cheklangan. Biroq, talaffuz va bayon muvofiqligiga fonografik vositalar yordamida erishish mumkin. Aflotun va Arastu yashagan zamonlardayoq sо‘zning talaffuz tarzi va uni aynan yozuvga kо‘chirish muammosi mutafakkirlar e’tiborini о‘ziga jalb qilgan edi. Hatto bu notiqlik san’ati bilan bog‘liq bо‘lmagan ravishda, sо‘zning, sо‘zdagi harflarning talaffuzi bilan bog‘liq ohanglar garmoniyasi buyuk faylasuflarga ilhom manbai bо‘lgan edi. Ular sо‘z tarkibiga singib о‘ziga xos ma’no va ohang kasb etib ulgurmagan tovushlarga ham о‘zgacha mazmun berishga intilishgan edi. Masalan, «r» – tezlikning, shiddatning ramzi, «l» - viqorning, silliqlikning, yaltiroqlikning ifodachisi, «i» - torning, «a» - kattaning, «e» - abadiyatning belgisi sifatida talqin qilingan. Keyinroq tovushlar tabiati bilan shug‘ullanuvchi mutaxassislar «u», «d», «r» tovushlari dahshatni yodga solishi, «i» xursandchilikning, «m», «n», «l» tovushlari nazokatning sirli ramzlari ekanligi haqidagi mulohazalarini bayon qilishgan.
Badiiy asarlarda ruhiy holatni yozuvda ifodalash о‘ziga xos murakkablikni yuzaga chiqaradi. Qahramonlar ruhiyatidagi ichki hayajon, xursand bо‘lish, xafa bо‘lish, rozilik, taajjub, yalinish, hayratlanish, kinoya, piching, kesatiq, olqish, sо‘roq, ta’kid, qoniqmaslik, norizolik, tilak-istak, qо‘llab-quvvatlash kabi holatlarni aynan berishda yozuvchilar unli yoki undoshlarni birdan ortiq yozish usuli – fonografik vositalardan foydalanadilar. Masalan:
1.Unlilarni birdan ortiq yozish. Bunda unlini chо‘zib talaffuz qilinganligi tushuniladi. Unlini chо‘zib talaffuz qilish orqali qahramonning voqelikka munosabati oydinlashtiriladi. Ilmiy adabiyotlarda mazkur usul orqali belgining meyordan kuchsiz yoki ortiq ekanligini ifodalashda foydalanilishi ta’kidlanadi. Masalan, belgining kuchsizligi: Ortiq jizzaki kо‘rinmaslik uchun bos-i-iq tovush bilan dedi... (P.Qodirov). Belgining ortiqligi: Uzo-oq yо‘l, ahyo-onda bir keladi, qato-or imoratlar, о‘yla-ab tursam, о‘g‘lim, dunyoni ishi qiziq.(A.Muxtor) «Sharq» sahnasi bilan «Turon»ning tо‘rtta karnayi: g‘o-o-o-o-ot, g‘o-o-otu-u-u g‘o-o-o-ot! G‘ort-g‘ort-g‘ort! Ha, tovushing о‘chkur, ha, egasiz qolg‘ur!! (A.Qodiriy)
- Qadrlasangiz, qani, siz ham bir duo bering,-dedi muallim. – Bi-ir tomosha qilib, gullar terib kakliklaringizni sayrashini eshitib ketaylik.
Shuningdek, badiiy matnda unlilarni birdan ortiq yozish usulidan qahramonning biror nimadan hayratlanishi, taajjubga tushishi kabi holatlarini ifodalashda foydalaniladi. Masalan:
- Marhamat... О‘-о‘, kaklikning sayrashini dedingizmi? – Uning manglayi tirishib va g‘ijinib davom etdi: - Biz ham sizga qо‘shilib eshitar ekanmiz-da? (SH. Xolmirzayev)
- О‘-о‘о‘, okaxon, tuda-suda tо‘laysiz-da. (SH. Xolmirzayev)
-A-a-a, о‘sha sizmidingiz, buni qarang-a, tanimapman. Uyimizga yana bir kelgan ekansiz. Yо‘qligimni qarang-a.(S.Ahmad)
Men о‘zimning odmi plashimni ham devordan daromad qilib yasalgan shifonerga ildim. – O-o! – deb yana о‘zi ichkariga yо‘l tortdi Tavakkal.- Yaxshi-ii... A, Gulsara? Bir kishiga bо‘ladi-da! (SH. Xolmirzayev)
Mazkur fonografik usuldan badiiy matnda xitob, chaqirish, da’vat, tinglovchi e’tiborini jalb qilish kabi maqsadlarda ham foydalanilishini kuzatish mumkin. Masalan, chaqirish:
Ziyodni onasi paxtazor qarab-paxtazor qarab chaqiradi:
-Ziyod-u-u-u!
Men Ziyodni onasi qо‘lidan tortib-tortib yig‘lab qо‘yaberaman.
Yuring ketamiz, momo! – deydi . – Yuring ketamiz, hozir samolyot keladi!
Ziyodni onasi gapimni korlamaydi. Entikib-entikib chaqiradi:
-Ziyod-u-u-u!
Ziyodni onasi о‘pkasi tо‘lib-tо‘lib chaqiradi:
-Ziyod-u-u-u! (T.Murod)
2.Undoshlarni birdan ortiq yozish. Aslida orfoepik meyor bо‘yicha bir undosh talaffuz qilinishi kerak bо‘lgan sо‘zlar muayyan vaziyatlarda ekspressiya va estetik maqsad talabi bilan atayin qavatlab talaffuz qilinadi. Sо‘zlovchining ichki ruhiyati (siqilish, xursandlik kabilar) va maqsadini kitobxonga «aynan» yetkazish uchun yozuvchilar badiiy matnda bu holatni undoshlarni birdan ortiq yozish orqali ifodalashga harakat qiladilar. Bunda belgining meyordan ortiqligi, harakatning davomiyligi yoki oniyligi (bir onda rо‘y berganligi), takroriyligi, tovush kuchining balandligi yoki pastligi kabi ma’nolar ifodalangan bо‘ladi. Masalan, belgining ortiqligi: Ayyorlikda uchchiga chiqqanman deb maqtansam yolg‘on emas (Oybek). О‘zim shu baytni yakkaxonlik qilmoqdaman: Dardi yо‘q - kessak, Ishqi yо‘q - eshshak! (A.Qodiriy)
Harakatning davomiyligi: –Mening xotinim bо‘lib, aroq ochishni bilmaysanmi? – dedi mingboshi, xoxolab kuldi. – О‘rgan! Mana qarab tur! – Shishaning tagiga yо‘g‘on shapalog‘i bilan ikki marta urdi, pо‘kak chachrab chiqib shiftga tegdi, sо‘ngra u yerdan sachrab tovchadagi katta jomga kelib tushdi, «jar-r-rang!»... etdi jom.
– Ha-ha-ha!.. – dedi mingboshi. Jomlaringni jaranglatdim, sintaloq! (CHо‘lpon).
О‘h-hо‘, bunaqa sigir bozorda falon pul bо‘lsa kerak.(S.Ahmad)
Ziyodni onasi betini bilaklariga bosadi. Ziyodni onasi iz-z-iz-z yig‘laydi. Ziyodni onasi yum-m-yum-m yig‘laydi. (T.Murod)
Yarim soatlik qonli «g‘ov-v-v-v, g‘u-v-v-v, ov-v-v-v-v, ov-v-v-v»dan sо‘ng Mallaxonning davangisi mag‘lub bо‘lib, faje’ bir suratda yaralandi. (A.Qodiriy)
Harakatning oniyligi: Mashina Chuqursoyga qayrilish о‘rniga yо‘lning о‘rtasida taqqa tо‘xtadi.
Ovoz kuchining balandligi: «Bummm» degan tovush eshitildiyu, kо‘kni chang tо‘zon qopladi.(Gazetadan)
Ovoz kuchining pastligi: Ammo shunchalik davru davronlar о‘tquzilg‘an va о‘tquzilmoqda bо‘lg‘an bо‘lsa ham bunchalik ochub–...tis-s-s! Yopig‘liq qozon-yopig‘liq... tuya kо‘rdingmi - yо‘q... (A.Qodiriy) Mashina bir-ikki pig‘-g‘-g‘ degan ovoz chiqardi-da butunlay о‘chib qoldi.
3.Sо‘zlarni notо‘g‘ri talaffuz qilish. Og‘zaki nutqda turli sabablarga kо‘ra ayrim sо‘zlar, asosan, о‘zlashma sо‘zlarni buzib talaffuz qilish holati mavjud. Bunday xato sо‘zlovchining о‘zlashgan sо‘z imlosini tо‘g‘ri tasavvur qilmasligi, boshqa millatga mansubligi, paronimlarni farqlamaslik natijasida yuzaga keladi, deb izohlash mumkin. Badiiy asarda bu usuldan qahramon nutqini individuallashtirish hamda ifodani og‘zaki - jonli nutqqa yaqinlashtirish maqsadida foydalaniladi. Ayrim о‘rinlarda kulgi qо‘zg‘atish maqsadida ham sо‘zlar atayin buzib talaffuz qilinadi va о‘sha tarzda yoziladi. Masalan: -Kotibadan, kirsam mumkinmi, deb sо‘rash kerak.
–Jinni bо‘ldingmi, Ne’mat?
–Men sizga Ne’mat emasman, о‘rtoq Babbayev bо‘laman, о‘rtoq Xajjayip.(S.Ahmad)
–Shayxantovur yarmankasiga rо‘za bо‘yi mol yoyg‘on juvonlar, kampirlar, qizlar, tumsalar faje bir qiyofa bilan «alvido, yo mohi ramazon», deb rо‘mol silkitadirlar.(A.Qodiriy)
–Xо‘p, bо‘pti. Uning oti Zulfiqor, fomilasi... –aytaveraymi, deb unga qaradi. (S.Ahmad)
Bо‘rixon begona uyga kirib qolgan odamdek qovushmay turardi. U ukalariga, singillariga nima deyishni bilmasdi. Tо‘g‘ri, nima deyishni bilardi. Ammo, til bilmasa nima qilsin? О‘ylab-о‘ylab, «Salyam!» dedi. Jigarlari kulishni ham, yig‘lashni ham bilmay hayron turib qolishdi. (S.Ahmad)
Rejissyor tag‘in yelkam qoqdi.
–Barra kalla, barra kalla! – dedi.
Rejissyor yelkam qoqa-qoqa meni mashina taraf jо‘natdi.
Men yо‘l-yо‘lakay raisimizdan sо‘radim:
–Rais bova, rejissyor nima deyapti?
–Barakalla deyapti, barakalla.(T.Murod)
AlliteratsiY. Badiiy nutqning ohandorligini va ta’sirchanligini ta’minlashda alliteratsiyaning о‘rni beqiyosdir. She’riy nutqda misralar, undagi sо‘zlar hamda bо‘g‘inlar boshida yoki oxirida bir xil undosh tovushlarning takror qо‘llanishiga alliteratsiya deyiladi. Tovushlar zamiridagi musiqiylikka asoslangan bu usul qadimdan Sharq she’riyatida keng qо‘llanilib kelingan. Kо‘hna badiiyatshunoslik(«ilmi bade’»)da alliteratsiya «tavzi’ san’ati» deb yuritilgan. Alliteratsiya deganda zabardast shoir Erkin Vohidovning mashhur «q» alliteratsiyali she’ri kо‘z oldimizga keladi:
Qaro qoshing, qalam qoshing,
Qiyiq qayrilma qoshing qiz,
Qilur qatlimga qasd qayrab –
Qilich qotil qaroshing, qiz.
Qafasda qalb qushin qiynab,
Qanot qoqmoqqa qо‘ymaysan.
Qarab qо‘ygil qiyo,
Qalbimni qizdirsin quyoshing qiz.
Bunday usulni shoir Elbek ijodida ham kuzatish mumkin:
Kо‘klamda kо‘karsa kо‘k kо‘katlar,
Kо‘klarga kо‘milsa katta-kattalar,
Kо‘m-kо‘k kо‘karib kо‘rinsa kо‘llar,
Kо‘ngilni kо‘tarsa kо‘rkli gullar.
Yoki, Abdulhamid Sulaymon CHо‘lponning mashhur «Xalq dengizdir» deb boshlanuvchi she’ri ham alliteratsiyaning gо‘zal namunalaridan hisoblanadi:
Xalq dengizdir, xalq tо‘lqindir, xalq kuchdir,
Xalq isyondir, xalq olovdir, xalq о‘chdir...
Nasrda bu tarzda jumla tuzish she’riyatdagidek badiiy effekt bermasligi mumkin. Shuning uchun nasrda kamdan-kam hollardagina kuzatish mumkin bо‘ladi. Bolalar folklorida alliteratsiyaga asoslangan tez aytish hamda aytishmachoq о‘yinlari bor. Tez aytishlar: Bir tup tut, tutning tagida bir tup turp. Tut turpni turtib turibdimi, turp tutni turtib turibdimi? Oq choynakka oq qopqoq, Kо‘k choynakka kо‘k qopqoq. Aytishmachoqda ishtirok etuvchi bolalardan aynan bir xil tovush bilan boshlanadigan gap tuzish talab qilinadi. Boshqa tovush bilan boshlanadigan sо‘z aralashtirib yuborgan ishtirokchi yutqazgan hisoblanadi va о‘yindan chiqadi. Masalan:
Ali: Bugun Bahodir boqqa bormay bobosinikiga bordimi, bozorga bordimi?
Vali: Bugun Bahodir bobosinikigayam bormadi, bozorgayam bormadi. Bahodir bolalar bilan birgalikda Bog‘dodga bordi.
Ali: Bahodirga Bog‘dodda balo bormikan?
Vali: Balo bormi bilmadimku, Bahodir Bag‘dodga bot-bot boradigan bо‘ldi.
Ali: Bir balosi bordirki bot-bot Bag‘dodga boradi. Bilmadingmi?
Vali: Bilmadim. Bolalardan birgina Bobur bilarkan.
Ali: Boburdan sо‘rab kо‘rchi.
Vali: Yutqazding!

Alliteratsiyadan xalq maqollaridagi intonatsion butunlikni ta’minlashda ham keng foydalanilganligini kuzatishimiz mumkin:
Suymaganga suykanma, suyganingdan ayrilma.
***
Tulkining tushiga tovuq kirar,
Tovuqning tushiga tariq kirar.
***
Tek turganga shayton tayoq tutqazar.
***
Xalq hukmi – haq hukmi.

Assonans. Badiiy nutqqa intonatsion butunlik, ohangdorlik va emotsional – ekspressivlik bag‘ishlash maqsadida qо‘llaniladigan fonetik usullardan biri assonansdir. Adabiyotlarda assonans aynan yoki yaqin unlilarning takrorlanib kelishidan hosil bо‘ladigan ohangdoshlik ekanligi bayon qilingan. Unlilarning takrorlanishi maqollarda kо‘p kuzatiladi:
Ovni otsang, bilib ot,
Dol nishonga qо‘yib ot.
***
Non qon bо‘lsa, qon – jon.
***
О‘zing о‘yda bо‘lsang ham, о‘ying uyingda bо‘lsin.
***
Bir tup tok eksang, bir tup tol ek.

Assonans qofiyadosh sо‘zlar tarkibida kelib, she’riy nutqqa kо‘tarinki ruh va о‘ziga xos musiqiylik baxsh etadi:

Ruhimda yо‘qoldi qarorim,
Tanimda qolmadi madorim.
Bizlarni bir yо‘qlab kelibsan,
Vafo qilarmisan, bahorim?!

Yoz о‘tdi, kuz о‘tdi, qish о‘tdi,
Boshlardan savdoli ish о‘tdi.
Yurakka izg‘irin - nish о‘tdi,
Vafo qilarmisan, bahorim?!

Yam-yashil qirlarni sog‘indim,
Chechakzor yerlarni sog‘indim,
U inja sirlarni sog‘indim,
Vafo qilarmisan, bahorim?!

Lolaning lablari xandadir,
Dog‘i ham tubida – andadir.
О‘xshashi ruh ila tandadir,
Vafo qilarmisan, bahorim?!

Intiqmiz dо‘st bilan, yor bilan,
She’r bilan, soz bilan – tor bilan.
Diydorlash bizningdek xor bilan,
Vafo qilarmisan, bahorim?! (A.Oripov)

GeminatsiY. Badiiy nutqda keng qо‘llaniladigan fonetik usullardan yana biri – geminatsiyadir. «Tilshunoslik terminlarining izohli lug‘ati»da mazkur hodisa «qо‘sh undoshlik – ikki aynan bir xil undoshli holatning yuzaga kelishi» sifatida izohlanadi. «О‘zbek tili tarixiy fonetikasi» о‘quv qо‘llanmasida esa bu hodisa «qо‘shoqlanish» yoki «ikkilangan undosh» deb yuritiladi: «Qо‘shoqlanish – undoshlarning chо‘zilishi, ikkilanishi hodisasini fonetik о‘zgarishlar sirasida kо‘rib chiqish о‘ta shartlidir. Lekin bu hodisa faqat ikki unli orasidagi yakka undoshda sodir bо‘la olishi bilan fonetik о‘zgarishlarga о‘xshaydi. Qо‘shoqlanish, asosan, ikki unli orasida kelgan k, q, t, l tovushlarida va faqat 2, 7, 8, 9, 30, 50 sanoq sonlarini nomlashda sodir bо‘ladi. Bu sonorlarni bir undosh bilan ham, ikkilangan undosh bilan ham talaffuz etish mumkin bо‘lgan. Sanoq sonlar nomidagi bu xil qо‘shoqlanish sabablari haligacha ochilmagan. Lekin katta, latta, yakka, yalla, chakki, ukki kabi sо‘zlardagi ikkinchi t, l, k lar tarixan morfologik kо‘rsatkich bо‘lib, ulardagi qо‘shoqlanish singish (adaptatsiya) natijasidir degan fikr mavjud.» Adham Abdullayev esa «undoshlarni qavatlash» atamasini ishlatgan. Undoshlarni qavatlab qо‘llash orqali badiiy asarda qahramon ruhiyatidagi xursandlik va xafalik holatlari tugal tasvirlashga erishiladi. Masalan, Ayyorlikda uchchiga chiqqanman deb maqtansam yolg‘on emas (Oybek). Uni ayblashga sizning ma’naviy haqqingiz yо‘q, uka! - dedi g‘azab bilan (gazetadan). Keltirilgan misollardagi undashlarning qavatlanishi qahramonlar tabiatidagi subyektiv holatni ifodalashga xizmat qilgan. Ya’ni, birinchi gapdagi qahramonning о‘z «ishi-hunaridan» mamnunligi, «anoyi» emasligini ta’kidlash istagi qavatlangan «ch» undoshi orqali yanada aniq ifodalangan. Ikkinchi gapdagi qahramonning qahr-g‘azabi esa «q» geminatasi bilan kо‘rsatib berilgan.
Yuqorida ta’kidlaganimizdek, undoshlarning qavat- lanishi alohida uslubiy vositadir. Duch kelgan tovushni qavatlab qо‘llab bо‘lmaganidek, sо‘zda turli sabablar bilan yonma-yon kelgan barcha undoshlar ham lingvopoetik jihatdan ahamiyatga ega bо‘lavermaydi. Masalan: – Ukaginam, bu kennoyingizga (kelin oyingizga – ellipsis) zagsda patta (sо‘z imlosida mavjud) kesilmagan. Birinchisidan tо‘qqizta (sо‘z imlosida mavjud) bola bor. Bechora giroy bо‘laman rosa tug‘di. Tо‘qqizinchisini tug‘diyu о‘zimizning tilda aytganda brakka (brak+ga/ka) chiqib qoldi. (S.Ahmad)

Download 3.96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   78




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling