Nukus davlat pedagogika instituti


AMALIY MASHG‘ULOTNING TEXNOLOGIK XARITASI


Download 3.96 Mb.
bet62/78
Sana12.10.2023
Hajmi3.96 Mb.
#1699979
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   78
Bog'liq
-----ORFOGRAFIYA УМК 2020-2021

AMALIY MASHG‘ULOTNING TEXNOLOGIK XARITASI



Ish bosqichlari va vaqti

Faoliyati mazmuni

Ta’lim beruvchi

Ta’lim oluvchilar

Tayyorgarlik bosqichi

  1. Mavzu bo‘yicha o‘quv mazmunini tayyorlash

  2. Birinchi amaliy mashg‘ulot uchun taqdimot slaydlarini tayyorlash

  3. Talabalar o‘quv faoliyatini baholash mezonlarini ishlab chiqish

  4. O‘quv fanini o‘rganish, vazifalarni tayyorlash uchun foydalaniladigan adabiyotlar ro‘yxatini tuzib chiqish




Mavzuga kirish
(15 daqiqa)

    1. O‘quv fani bo‘yicha amaliy va laboratoriya fanlari mavjud ekanligini aytadi, bugungi dars mavzusini e’lon qiladi. (1-ilova)

    2. Darsdan ko‘zlangan maqsad va o‘quv faoliyat natijalari bilan tanishtiradi.

    3. Talabalarni faollashtirish maqsadida savollar beradi (2-ilova)

    4. Mavzuga oid tayanch tushunchalar so‘raladi (3-ilova)




Asosiy bosqich (55 daqiqa)

2.1. Power Point dasturi yordamida slaydlarni namoyish qilish va izohlash orqali o‘tilgan mavzu so‘raladi:
2.1.1. Fanning maqsadi
2.1.2. Fanning vazifasi
2.1.3. Manbalari (4-ilova)
2.4. Mavzuga oid qo‘shimcha savollar beriladi

Ma’ruza va o‘quv qo‘llanmalaridan foydalangan holda yangi mavzu yuzasidan fikrlarini bayon qiladilar, qo‘shimcha savollarga javob beradilar

Yakuniy bosqich (10 daqiqa)

3.1. Mavzu bo‘yicha javoblar umumlashtiriladi va hozirgi o‘zbek adabiy tili bilan eski o‘zbek tili materiallari bir-biriga taqqoslanadi, o‘xshash va farqli holatlar aniqlanib, xulosalanadi.
3.2. Uyga vazifa topshiriladi (7-ilova), mustaqil o‘qish, ishlash uchun manbalar tavsiya etiladi. Matn tahlili (8-ilova)

Savollar berishadi, tinglaydilar.
Vazifani yozib olishadi.

1-ilova
Savol va topshiriqlar:
1995-yildagi yozuv islohatlari haqida nimalarni bilasiz?
1993-yildagi grafikaga oid qarorlar haqida qanday ma’lumotlarni bilasiz?
2010-yilgacha kutulgan lotin grafikasiga to‘liq o‘tishning yakunlanmay qolish sabablari haqida gapiring.
2017-yilldagi va 2019-yildagi grafikaga oid maqollarning grafikamizga tasiri haqida ma’lumot bering?
Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini isloh qilish bo‘yicha ishchi guruhning xulosalari e’lon qilindi
Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzurida ish olib borgan lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini isloh qilish bo‘yicha ishchi guruhning xulosalari ma’lum qilindi. Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzurida ish olib borgan lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini isloh qilish bo‘yicha ishchi guruhning xulosalari ma’lum qilindi. Bu haqda universitet kafedra mudiri Saodat Muhamedova feysbukdagi «O‘zbek tili jonkuyarlari guruhi"da ma’lum qildi.
2018 yil 15 mayda O‘zbekiston Respublikasi bosh vaziri A.Aripov va O‘zbekiston Respublikasi prezidenti davlat maslahatchisi X.Sultonov tomonidan «Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini keng joriy etish va yanada takomillashtirish bo‘yicha Harakatlar rejasi» tasdiqlandi. O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev huzurida 2018 yil 17 iyul kuni o‘tkazilgan majlis bayonining 28-bandida lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini tanqidiy qayta ko‘rib chiqish va uning qo‘llanishini osonlashtirish, o‘zbek tilining o‘ziga xos xususiyatlariga yanada moslashtirish yuzasidan takliflar kiritish topshirildi.

Ushbu masalaning naqadar dolzarb ekani va bu borada kechiktirmasdan zarur qadamlarni qo‘yishimiz shart ekani O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2018 yil 13 dekabr kuni bo‘lib o‘tgan o‘n yettinchi yalpi majlisida Senat raisi Nig‘matilla Yo‘ldoshev tomonidan ham qat’iy ta’kidlandi.
Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti qoshida tuzilgan ishchi guruh a’zolari tomonidan ikki yilda to‘plangan takliflar asosida ishlab chiqilgan bir necha alifbo loyihalarini yagona variantga keltirish, shuningdek, yuqorida qayd etilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida respublika jamoatchiligi, mutaxassis-olimlar, blogerlar va yoshlar ishtirokida 2018 yil 22 oktyabr kuni Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida «Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini keng joriy etish va takomillashtirish muammolari» deb nomlangan ilmiy-amaliy konferensiya tashkil etildi.
Konferensiyada davlat va jamoat arboblari, taniqli olimlar, ijodkorlar, turli soha vakillari qatnashib, ona tilimizga oid muammolarni hal etish, jumladan, alifbomizni isloh qilish bo‘yicha qizg‘in bahs yuritdilar. Konferensiya natijasida ilmiy takliflar birma-bir ovozga qo‘yilib, yagona fikrga kelindi.

Download 3.96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   78




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling