Nukus davlat pedagogika instituti


Ch va Sh harfiy birikmalari bo‘yicha taklif


Download 3.96 Mb.
bet65/78
Sana12.10.2023
Hajmi3.96 Mb.
#1699979
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   78
Bog'liq
-----ORFOGRAFIYA УМК 2020-2021

Ch va Sh harfiy birikmalari bo‘yicha taklif:
Hozirgi Yangi Yunikod kodi
1 Sh / sh Ş / ş U+015E / U+015F
2 Ch / ch Ç / ç U+00C7 / U+00E7
III. ng tovushi bilan bog‘liq muammolar
«Ch va Sh harbiy birikmalarini isloh qilyapmiz, ng harfiy birikmasini nima qilamiz?» degan tabiiy savol paydo bo‘ladi.
E’tibor bersak, ng tovushi, boshqa tovushlarga qiyoslaganda, alohida xususiyatga ega: u hech qachon so‘z boshida kelmaydi. Bu tovushga arab alifbosida ham, kirill-o‘zbek alifbosida ham, amaldagi lotin alifbosida ham yaxlit harf ajratilmagan. 1993 yilda qabul qilingan lotin-o‘zbek alifbosida bu tovush ilk bor Ññ harfi bilan ifodalandi-yu, 1995 yilda yana undan voz kechildi. Sababi, Ññ harfini idrok etishda ko‘pchilik chalg‘idi. Ya’ni, kirill imlosiga ko‘ra qaysi so‘zda N va G harflari yonma-yon kelgan bo‘lsa, yoppasiga Ññ harfi bilan yozila boshlandi. Masalan: taña, mañu. Aslida, bu so‘zlardagi N va G harflari Ñ tarzida yoziladigan bo‘lsa, qo‘shimcha G harfi orttirilishi kerak, shunda talaffuz to‘g‘ri bo‘ladi: tañga, mañgu. Mashhur adibimiz Chingiz Aytmatovning ismi qirg‘iz tilida Chыӈgыz deb yozilishi bejiz emas. Yoki N tovushi bilan tugagan so‘zga -ga qo‘shimchasi qo‘shilsa ham, ñ emas, ng yozilishi kerak: menga, jonga, vatanga. Ñ va NG o‘rtasidagi bunday o‘ziga xos nozik, biroz e’tibortalab chegarani ilg‘amaslik oqibatida xatolar avj oldi.
Ikkinchidan, ng birikmasi yaxlit harfga aylanadigan bo‘lsa, kirill va hozirgi alifboda chop etilgan son-sanoqsiz kitoblarni hamda boshqa har xil matnlarni yangi alifbomizga o‘girish chog‘ida ko‘plab chalkashliklar yuzaga keladi — elektron dasturlar ӈ (ŋ) tovushiga qo‘shib, bir-biriga aloqasiz, ammo yondosh kelgan barcha N+G harflarini birvarakayiga bitta harfga o‘zgartirib yuboradi. Tilimizda ӈ (ŋ) tovushi va yonma-yon keladigan N+G harflari judayam ko‘p uchragani uchun ularni topib, qiyoslab to‘g‘rilash — muharriru musahhihlarga katta zahmat yuklaydi.
Qolaversa, tilimizda ba’zi so‘zlarda uchraydigan NG‘ tovushiga (qo‘ng‘ir, qo‘ng‘iz, to‘ng‘iz, qing‘ir, o‘ng‘ay) ham alifbomizda alohida harf ajratilmagan. Shunday ekan, hech qachon so‘z boshida kelmaydigan, boshqa tovushlarga qaraganda cheklangan NG tovushini ham alifbodan tashqarida fonetik birikma sifatida o‘rgansa bo‘ladi, deydi mutaxassislar.

Download 3.96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   78




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling