Nukus davlat pedagogika instituti
ng tovushi bo‘yicha taklif
Download 3.96 Mb.
|
-----ORFOGRAFIYA УМК 2020-2021
ng tovushi bo‘yicha taklif:
ng birikmasini yaxlit harfga aylantirmasdan, alifbodan tashqarida fonetik birikma sifatida o‘rgatish-o‘rganish. IV. Ss harfi bilan bog‘liq muammolar Bu belgini yoqlovchi va rad etuvchi ikki zid qutb bor. Ss ni rad etuvchilar uni alifbomizga kiritmasligimiz kerak, sababi, bu harf turli xalqlarda turlicha tovushlar (s, k, j, ch, s) ni ifodalaydi, unga qaysi tovushni yuklamaylik, xalqaro atamalarni o‘qishda chalkashliklar yuzaga keladi, deyishadi. Ss ni yoqlovchilar bu harf alifbomizda mavjud bo‘lmagani bilan ma’naviy-ma’rifiy, ilmiy-ijtimoiy hayotimizda baribir ishtirok etyapti, masalan, pasport seriyasi, test savolnomasi, avtomashina raqamlari kabi ro‘yxat bandlarini alifbo asosida tartiblashda va boshqa holatlarda Ss harfidan foydalanyapmiz, shuning uchun bu harfni alifboga qabul qilishimiz shart, deyishadi. Ss ni yoqlovchilarning aksariyati bu belgidan kirill alifbosidagi Ss tovushini ifodalash uchun foydalanaylik, deyishadi va o‘z qarashlarini asoslash uchun qator dalillar keltiradi. Jumladan: 1) til jonli hodisa sifatida muntazam rivojlanadi: o‘tgan asrda tilimizga chet tillar, xususan, rus tili orqali s harfi qatnashgan juda ko‘p o‘zlashma so‘zlar kirib keldi — s harfi yoki ts birikmasi esa bu tovushni hamisha ham to‘la aks ettirmaydi; 2) xalqaro tabiatga ega bo‘lgan so‘zlar, xususan, ko‘p ilmiy-tibbiy atamalarda Cc (s) harfi juda faol ishtirok etadi; 3) o‘zga millat vakillarining ism-familiyasidagi s tovushini to‘g‘ri aks ettirish imkoniyati yo‘qligi bois ba’zan muayyan noqulaylik, chalkashliklar yuzaga kelmoqda. Masalan: Soy — Soy; 4) qadimiy lotin tiliga mansub bo‘lgan s harfli ko‘p so‘zlar asliyatda ham Ss harfi bilan yozilgan. Masalan: sirk (circus), sement (caementum), konsert (concerto), litsey (lyceum) va hak. Va bugun ham lotin alifboli ko‘p xalqlar bu so‘zlarni asliyatga muvofiq yoki yaqin tarzda yozadi. Masalan: Lotin Ingliz Ispan Fransuz Chex Polyak cirkus circus circo Cirque cirkus cirk caementum cement cemento Ciment cement cement concerto concert concierto Concert koncert koncert lyceum lyceum liceo Lycce lyceum liceum 5) dunyodagi ko‘p xalqlar alifbosiga faqat o‘zlashma so‘zlar uchun maxsus harflar kiritilgan. Masalan, vengr alifbosida — Q, W, X va Y harflari; 6) alifboga Cc (s) harfining kiritilishi kirill yozuviga o‘rganib qolgan katta avlod vakillarining ham lotin yozuviga tezroq moslashib ketishiga, rasmiy alifbomizning keng qo‘llanilishiga zamin yaratadi. Mabodo, Cc tarafdorlarining yuqoridagi dalillari asosli deb topilsa va alifbomizga Cc (s) harfi qabul qilinsa ham, bizningcha, rus tili qonuniyatlariga ko‘r-ko‘rona ergashmasdan, o‘zlashma so‘zlarning etimologiyasi hamda tilimiz tabiatidan kelib chiqqan holda o‘ziga xos qoidani joriy qilishimiz lozim. Ehtimol, bu qoida shunday bo‘lar: «Cc harfi o‘zlashma so‘zlarda qo‘llaniladi. U so‘z boshida yoki undosh tovushdan keyin kelsa, Ss harfi kabi (cirk, lekciya), unli tovushdan keyin kelsa, ts (licey, administraciya) tarzida o‘qiladi». Shunda Cc li o‘zlashma so‘zlarni asliyatga muvofiq yozib, tilimiz tabiatiga ko‘ra talaffuz qilamiz. Download 3.96 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling