Nukus davlat pedagogika instituti


Oʻ va Gʻ harflari bo‘yicha taklif


Download 3.96 Mb.
bet64/78
Sana12.10.2023
Hajmi3.96 Mb.
#1699979
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   78
Bog'liq
-----ORFOGRAFIYA УМК 2020-2021

Oʻ va Gʻ harflari bo‘yicha taklif:
№ Hozirgi Yangi ko‘rinish Yunikod kodi
1 Oʻ / oʻ Ó / ó U+00D3/ U+00F3
2 Gʻ / gʻ Ǵ / ǵ U+01F4/ U+01F5
II. Ch va Sh harfiy birikmalari va muammolari
Hozirgi alifbomizda C harfi yo‘q, lekin Ch harfiy birikmasida o‘z-o‘zidan paydo bo‘lib qoladi. Holbuki, mantiq talabiga ko‘ra, harfiy birikmalar alifbodagi mavjud harflardan tashkil topishi kerak edi. Qolaversa, bu harfiy birikmalar xalqimiz o‘rgangan «bir tovush — bir harf» tamoyiliga mos tushmaydi, shu bois ba’zi noqulayliklar yuzaga kelmoqda.
Ingliz tilida «Charles Dickens» degan yozuvchining ismi bosh harf bilan yozilganda ular «Ch.Dickens» emas, «C.Dickens» deb yoziladi. O‘zbek tilida esa unday emas, masalan, «Shuhrat Chinberdiyev» degan ism-familiyani faqat bosh harflari bilan yozmoqchi bo‘lsak, «Sh.Ch» deb yozishga majburmiz.
Ba’zan hafta kunlarining qisqartma nomlarini ishlatishga to‘g‘ri kelib qoladi. Bitta harfli qisqartmalar: D, S, C, P, J, S, Y. Bunda, C — Chorshanbaning qisqartmasi, biroq o‘zbek lotin yozuvida C harfi ham, C harfi bilan boshlanadigan hafta kuni ham yo‘q. J dan keyin kelgan S — Shanbaning qisqartmasi, bunda ham shu muammo: Sh deb yozsak 2 ta harf bo‘lib ketadi.
Eng asosiy muammo — o‘zbek tilida Ch va Sh tovushlari juda faol tovushlar sanaladi. Qiyoslaydigan bo‘lsak, ona tilimizda Ch va Sh tovushlari ingliz tiliga nisbatan 3−5 barobar ko‘p uchraydi va bu hol Ch, Sh ning matnda ketma-ket, g‘uj bo‘lib kelishiga sabab bo‘lyapti va o‘qish-yozishni qiyinlashtiryapti.
Shoshish, xushchaqchaq, ishchi, sharshara, achchiqtosh kabi so‘zlarimizning o‘zida 2−3 tadan Ch va Sh bor. Bundan tashqari, o‘zbek tilida harakat nomlarining -sh, -ish qo‘shimchalari bilan yasalishi ham Sh va Ch harfli so‘zlar sonining oshishiga xizmat qiladi. Xullas, inglizlarga qulay bo‘lgan Ch, Sh birikmalari o‘zbek tilida izma-iz kelib, noqulay holatlarni yuzaga keltirmoqda. Fikrimiz isbotsiz bo‘lmasligi uchun Ernest Xemingueyning dunyoga mashhur «Alvido, qurol!» romanining ilk jumlalarini avval ingliz, so‘ng o‘zbek tilida beramiz:
In the late summer of that year we lived in a house in a village that looked across the river and the plain to the mountains.In the bed of the river there were pebbles and boulders, dry and white in the sun, and the water was clear and swiftly moving and blue in the channels.Troops went by the house and down the road and the dust they raised powdered the leaves of the trees.The trunks of the trees too were dusty and the leaves fell early that year and we saw the troops marching along the road and the dust rising and leaves, stirred by the breeze, falling and the soldiers marching and afterward the road bare and white except for the leaves.The plain was rich with crops; there were many orchards of fruit trees and beyond the plain the mountains were brown and bare. There was fighting in the mountains and at night we could see the flashes from the artillery. In the dark it was like summer lightning, but the nights were cool and there was not the feeling of a storm coming.
O‘sha yili yoz oxirlarida biz qishloqda, kulbada turardik. Kulbadan narida daryo bilan vodiy, ulardan ham olisroqda tog‘lar yastanib yotardi. Daryoning o‘zani oftobda oqargan, quruq qayrag‘ochlar va mayda shag‘al bilan qoplangan, daryo shoxobchalarida esa suv tip-tiniq va ko‘m-ko‘k bo‘lib, sho‘x shaldirab oqib borardi. Kulba oldidagi yo‘ldan qo‘shinlar o‘tib borar, ularning oyog‘idan ko‘tarilgan to‘zon og‘ochlarning barglariga o‘tirardi. Og‘ochlarning barglari ham changga burkangandi, o‘sha yili yaproqlar erta to‘kila boshlagandi, biz bo‘lsak yo‘ldan qo‘shinlarning o‘tib borishini, chang-to‘zonning ko‘kka o‘rlashini, shamol yaproqlarni yulqib-sulqib uchirib ketayotganini, soldatlarning odimlarini, so‘ngra esa kimsasiz, bo‘m-bo‘sh tuproq yo‘lda yolg‘iz yaproqlargina to‘kilib yotishini tomosha qilardik. Vodiy yerlari hosildor edi, unda bog‘zorlar serob edi, vodiy etagidagi tog‘lar esa taqir qo‘ng‘irtog‘lar edi. Tog‘larda jang ketmoqdaydi, kechalari portlashdan yolqinlar ko‘tarilardi. Qorong‘ida ular shafaqqa o‘xshab ko‘rinardi: faqat tunlari etni junjiktirib sovuq turar, havo quruq edi.
Ushbu matnlardagi Ch va Sh birikmalarini sanab, qiyoslaydigan bo‘lsak, o‘zbekcha matnda inglizcha matndagidan 5 barobar ko‘p ekani ma’lum bo‘ladi.
Inglizcha matn O‘zbekcha matn
Ch harfi Sh harfi Ch harfi Sh harfi
4 ta 1 ta 8 ta 18 ta
Jami: 5 ta Jami: 26 ta
Shu qiyosning o‘ziyoq ingliz tili uchun juda qulay bo‘lgan Ch va Sh birikmalarining o‘zbek tili uchun qanchalik noqulay ekanini ko‘rsatib turibdi.
Bu muammolarni bartaraf etish uchun yana diakritik belgili harflarga murojaat qilamiz. Quyidagi jadvalda diakritik belgili S va C harflarini ko‘rib chiqamiz.
Harflar Nomi Harflar Nomi
Ş / ş sedilla belgili
S / s Ç / ç sedilla belgili
C / c
Ś / ś akut belgili S / s Ć / ć akut belgili
C / c
Ŝ / ŝ sirkumfleks belgili S / s Ĉ / ĉ sirkumfleks belgili C / c
Š / š karon belgili
S / s Č / č karon belgili
C / c
Ṡ / ṡ ustida nuqtasi bor S / s Ċ / ċ ustida nuqtasi bor C / c
Ṣ / ṣ ostida nuqtasi bor S / s — mavjud emas
Quyida har bir juftlikni tahlil qilib o‘tamiz.
(1) Ş / ş va Ç / ç juftligi. Ost belgisi harf o‘zagiga qo‘shilib yoziladigan Çç va Şş harflari yozish va o‘qishga qulay hamda milliy xarakterga ega: ular 1929 — 1940 hamda 1993 — 1995 yillardagi alifbomizda ham bo‘lgan. Bizningcha, Ch va Sh tovushlari uchun eng maqbul harflar — Çç va Şş. Ularning ost belgisi bir xil ekani o‘zaro uyg‘unlikni ta’minlaydi.
(2) Ś / ś va Ć / ć juftligi. Bu harflardagi diakritik belgini S va C harflari ustida yozma holatda ifodalash noqulay. Bu tovushlar, ayniqsa, Sh tovushi tilimizda ko‘p uchragani uchun matnni mitti diakritik belgilarga to‘ldirib tashlaydi. Shu bois bu harflarni qabul qilish maqsadga muvofiq emas.
(3) Ŝ / ŝ va Ĉ / ĉ juftligi. Bu harflarning ust belgilarini yozma shaklda ifodalash o‘ng‘aysiz.
(4) Š / š va Č / č juftligi. (3) va (4) bandlardagi harflarning diakritik belgilari bir-biriga yaqinligi bois, ularni adashtirish ehtimoli yuqori, shuningdek, ular o‘quvchining ko‘ziga qadaladi, shuning uchun ularni ham ro‘yxatdan chiqaramiz.
(5) Ṡ / ṡ va Ċ / ċ juftligi. Nuqta belgisi harflarning asosiga nisbatan o‘ta mitti bo‘lgani uchun alohida harf tasavvurini bermaydi — Ṡ / ṡ va Ċ / ċ ni mos ravishda S va C bilan chalg‘itish xavfi kuchli.
(6) Ṣ / ṣ harfining C bilan bog‘liq jufti yo‘qligi bois, uni ham ro‘yxatdan chiqaramiz.

Download 3.96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   78




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling