Nukus davlat pedagogika instituti
Download 3.96 Mb.
|
-----ORFOGRAFIYA УМК 2020-2021
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1995 — hozirgi vaqt
1929—1934
Oʻzbek yozuvini arab grafikasidan lotin grafikasiga oʻtkazish haqidagi dastlabki qaror 1929-yil 15—23 may kunlari Samarqand shahrida boʻlib oʻtgan respublika adiblari, til-imlochilari va umuman yetakchi ziyolilar ishtirokidagi konferensiyada qabul qilingan va bu qaror 1929-yil 10-avgustda OʻzSSR Xalq maorif komissarligi hayʼati tomonidan tasdiqlangan edi. Ixtiyoriylikdan koʻra koʻproq majburiylikka asoslangan bu jarayon Moskvada ishlangan reja asosida Moskva vakillari kuzatuvida amalga oshirilgan edi. 1934—1940
Samarqand konferensiyasida qabul qilingan „lotinlashtirilgan oʻzbek alifbosi“ 33 harf va bir belgi (apostrof)dan iborat boʻlgan. Konferensiyada singarmonizm oʻzbek adabiy tili uchun xos hodisa deb topilishi va alifboga 9 ta unli uchun alohida harflar kiritilgani, shu asosda ishlab chiqilgan imlo qoidalari keyinchalik oʻzini oqlamadi, amalda imloda boshboshdoqlik vujudga keldi, ayni bir soʻz bir necha xil yoziladigan boʻldi. Natijada 1934-yilning yanvar oyida til va imlo masalalari boʻyicha oʻtkazilgan respublika qurultoyida oʻzbek alifbosidan Ө ө, Y y, Ь ь harflarini olib tashlashga, hamda Ə ə harfidan foydalanishni cheklashga va uning oʻrniga aksar hollarda A a harfidan foydalanishga qaror qilingan. Bu qaror Oʻzbek SSR hukumati tomonidan 1934-yil 13-martda tasdiqlangan. Lekin oʻtgan asrning 30-yillari 2-yarmidan oʻzbek yozuvini rus grafikasi asosida shakllantirish ishlari boshlanib, bu jarayon 1940-yilda yangi kirillcha alifbo qabul qilinishi bilan yakunlangan. 1993-1995
Harflarning alifbodagi asl tartibi: A a, B b, C c, D d, E e, F f, G g, H h, I i, J j, K k, L l, M m, N n, O o, P p, Q q, R r, S s, T t, U u, V v, X x, Y y, Z z, Ç ç, Ğ ğ, Ɉ ɉ, Ñ ñ, Ö ö, Ş ş, ʼ O‘zbekiston mustaqillikka erishgandan so‘ng respublikada o‘zbek yozuvini rus grafikasidan yana lotin grafikasi asosidagi yozuvga o‘tkazish haqida fikr-mulohazalar o‘rtaga tashlandi. Bu masala bir yil davomida ommaviy axborot vositalarida keng jamoatchilik ishtirokida atroflicha muhokama qilinib, 1993-yil 2-sentyabrda O‘zbekiston Respublikasining „Lotin yozuviga asoslangan o'zbek alifbosini joriy etish to'g‘risida“gi qonuni e'lon qilindi. Yangidan qabul qilingan o‘zbek alifbosi 31 harf va bir tutuq belgisi (apostrof)dan iborat deb belgilandi. 1995 — hozirgi vaqt
Harflarning alifbodagi asl tartibi: А а, B b, D d, Е е, F f, G g, H h, I i, J j, K k, L l, М m, N n, О о, P p, Q q, R r, S s, Т t, U u, V v, X x, Y y, Z z, O o, G g, Sh sh, Ch ch, ng, 1993-yilda joriy etilgan alifboni va shu asosda tayyorlangan „O‘zbek tilining asosiy imlo qoidalari“ni muhokama qilish jarayonida bir qator taklif va tavsiyalar qilindi, tanqidiy fikrlar bildirildi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi 1995-yil 6-may kuni alifboga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida qonun qabul qildi. Bu hujjatga binoan 1) yangi o‘zbek alifbosi 26 ta harf, 3 ta harflar birikmasidan iborat ekanligi belgilandi; 2) C c, harflari alifbodan chiqarib tashlandi; 3) Ç ç, Ğ ğ, Ş ş, Ñ ñ harflarning shakliga esa isloh kiritildi. Yangi alifbo asosida ishlash 1996-yildan boshlanishi qayd etilgan edi. 2004—05 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi va Vazirlar Mahkamasi tomonidan „Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini joriy etish to‘g‘risida“gi qonunni amalga oshirish ishlarini yanada jadallashtirish va takomillashtirish bo‘yicha muhim qarorlar qabul qilindi.[1] Singarmonizm Qadimgi turkiy tilda singarmonizm qonuni amaldagi qonuniyat bo‘lgan. Bu davrda birinchi bo‘g‘inning qattiq va yumshoqligiga ko‘ra so‘z yoki butun bir jumla qattiq va yumshoq talaffuz qilingan. Singarmonizm deb so‘zdagi tovushlarning bir-biriga hamda o‘zakka qo‘shimchalarning talaffuz jihatdan uyg‘unlashishiga aytiladi. Masalan: kөrur, kөzum kөrməztəg, bilir biligim bilməz təg boltї. Qadimgi turkiy tilda singarmonizmning ikki qonuni mavjudligi aniq: 1) tanglay uyg‘unligi yoki palatal attraktsiya; 2) lab uygunligi yoki labial attraktsiya. Tanglay uyg‘unligi — so‘zdagi tovushlarning bir-biriga va qo‘shimchalarning o‘zakka qatorda va qalin-ingichkalikda moslashuvidir: Yashїmqa (yoshimda) әlig (elni, davlatni) ilgәrү (oldinga) og‘uzg‘aru (o‘g‘uzga) bәrtimiz (bordik) bilig (bilim) Lab uyg‘unligi - birinchi bo‘g‘indagi unliga keyingi bo‘g‘indagi unlining yoki o‘zakdagi unliga qo‘shimchadagi unlining lablanish jihatdan moslashuvidir. ishig (ishni) kүchүg (kuchni) inim (ukam) kөzүm (ko‘zim) әlimiz (davlatimiz) sүmүz (lashkarimiz) Demak, singarmonizm qonunida so‘zning birinchi bo‘g‘inidagi unli fonema qanday bo‘lsa, qolgan bo‘g‘inida ham shu unli fonemaga moslashadi, ya’ni so‘zning birinchi bo‘g‘inida til orqa unlisi bo‘lsa, uning hamma bo‘g‘inlarida ham til orqa unlisi bo‘ladi. So‘zning birinchi bo‘g‘inida til oldi unlisi bo‘lsa, qolganlarida ham til oldi unlisi bo‘ladi. Qadimgi turkiy tilda singarmonizm qonuniyatining ba’zan tanglay yoki lab garmoniyasi buzilganligi ham kuzatiladi, biroq uning qattiq-yumshoqligi har doim saqlanib qoladi. Masalan: …budunlїg‘ yoңshurtuqin үchүn Tүrk budun әllәdүk (T). YOpiq bo‘g‘inli so‘zlarda lablangan unlilarning ishlatilishi doimiy hodisa sifatida saqlanib qoldi. Lab garmoniyasi ko‘proq fe’lning shaxs-son formalarida uchraydi. SHuningdek, egalik, so‘roq yuklamasi, ravishdosh, sifatdosh, fe’l zamonlari qo‘shimchalarida ham ko‘rinadi. Masalan: əzum, өzuң, ichikdim, olur va h. Mahmud Qoshg‘ariy lablangan va lablanmagan unlilarning o‘rni haqida fikr yuritib, bunga o‘tgan zamon fe’lining birinchi shaxs birligini misol qilib ko‘rsatadi. Uning ma’lumotiga ko‘ra, fe’lning bu formasi turklarda bardїm, o‘g‘uzlarda esa bardum shakliga ega. Bundan ko‘rinadiki, o‘sha davrdayoq dialektlarda singarmonizm qonunining buzilishi boshlangan. Singarmonizm hodisasi hozirgi bir guruh turkiy tillarda to‘la aks etgan bo‘lsa-da, hozirgi bir guruh turkiy tillarda kuchsizroq xususiyatga ega. Turkiy tillarda singarmonizm qonuni mavjudligini birinchi bo‘lib XI asrdayoq M.Qoshg‘ariy tasdiqlagan. U turkiy so‘zlarning o‘zak xarakteriga qarab qattiq o‘zakli so‘zlarga qattiq affikslar, yumshoq o‘zakli so‘zlarga yumshoq affikslar qo‘shilishini aytib o‘tgan. Download 3.96 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling