(O’.Hoshimov) ...Bu tushning oxiri emas edi. Bu ibtidosi edi. (N.Eshonqul).
8.Sarlavha vazifasida qo’llangan gaplardan keyin mazmun taqozosiga
muvofiq ko’pnuqta qo’yiladi:
14
Bir yigit kuylar ekan... (Oybek. She’r sarlavhasi)
Yoshlikni eslab... (Oybek. She’r sarlavhasi)
Iztirob ekan-ku muhabbat!.. (X.Do’stmuhammad. Hikoyalar turkumining
nomi).
9. Suhbatdoshining gapi javobsiz qoldirilsa.
— Manavi dub eshiklaringizni yelkamda tashib kelganman. Tushundingizmi?
— ...
— Tushundingizmi, deyapman? (X.Sultonov)
10. Tushirib qoldirilgan harf, so‘z yoki boshqalar o‘rnida:
Nuqtalar o‘rniga kerakli harfni qo‘yib ko‘chirib yozing.
Xayri...x, a...loq, ...abar.
11. Tutilib aytilgan so‘z va iboralarni aks ettirish uchun yozma nutqda
ko‘pnuqta qo‘yiladi.
Masalan: - Xurshida bonu?... Siz ... Sizmu?
KO’P NUQTA VA UNING QO’LLANISH O’RINLARI
1. Mazmunan tugallanmagan gaplar oxirida ko’p nuqta fikrda uzilish borligini ko’rsatadi va gapning oxirida yoki, umuman, u qo’yilgan o’rinlarda uzun va ba'zan qisqa pauza bo’ladi: Devorda viloyat xaritasi, tuman hududining rejasi turli-tuman chizgilar, foto xujjatlar... Hammasi ham unib o’sdi: biri kolxoz raisi, biri rayon madaniyat bo’limining mudiri, biri deputat... Axir men... qo’limdan kelmaydi. Ayol boshim bilan...– dedi-yu, u yog’ini aytolmadi. (Misollar A.Qahhordan) Yo, Tohirga biror zahmat yetdimi... Yo... (S.Abd.)
2. Personajlarning turli his-hayajoni, emotsiyasini ifodalaydigan o’rinlarda ko’p nuqta qo’llaniladi: Hmm... dedi u va bir nima demoqchi bo’lib, fikr to’playotgan edi... (A.Q.) Saida... qop-qora va yopishqoq bir narsaga toyib yiqildi. Qon!... (A.Q.)
Do'stlaringiz bilan baham: |