M nuqta biror Охуz koordinatalar sistemasiga nisbatan harakatlanayotgan bo`lsin. O`z navbatida M nuqta bu koordinatalar sistemasi bilan birgalikda qo`zg`almas deb olingan koordinatalar sistemasiga nisbatan harakatlansin (128–rasm). Odatda har ikkala kordinatalar sistemasi ham ma‘lum jismlarga biriktirilgan deb qaraladi. Quyidagi qoidalarni kiritamiz.
1. M nuqtaning qo`zg`aluvchan Охуz koordinatalar sistemasiga nisbatan harakatiga nisbiy harakat deyiladi (bunday harakatni shu sanoq sistemasi bilan bog`liq bo`lgan va shu sanoq sistema bilan birgalikda harakatlanayotgan kuzatuvchi ko’radi). Nuqtaning nisbiy harakatida qoldirgan АВ traektoriyasiga nisbiy traektoriya deyiladi. M nuqtaning Охуz koordinata sistemasiga nisbatan harakat tezligiga nisbiy tezlik , tezlanishiga nisbiy tezlanishi deyiladi. va kattaliklarni aniqlashda Охуz koordinatalar sistemasini qo`zg`almas deb qarash mumkin.
2. Qo`zg`aluvchan Охуz koordinatalar sistemasi va u bilan o’zgarmas ravishda bog’langan jism (nuqta) ning qo`zg`almas О1х1у1z1 koordinatalar sistemasiga nisbatan harakati ko’chirma harakat deyiladi.
Vaqtning berilgan paytida harakatdagi M nuqta bilan ustma–ust tushuvchi qo`zg`aluvchi koordinatalar sistemasi m nuqtasining tezligi ko’chirma tezlik , tezlanishiga ko’chirma tezlanish deyiladi.
Shunday qilib quyidagini yozamiz:
, (52)
3. М nuqtaning qo`zg`almas О1х1у1z1 koordinatalar sistemasiga nisbatan harakatiga absolyut yoki murakkab harakat deyiladi. Nuqtaning harakat paytida qoldirgan СD traektoriyasiga absolyut traektoriya, tezligiga absolyut tezlik , tezlanishiga esa absolyut tezlanish deyiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |