Nuqtaning murakkab harakati


Aylanma harakat qilayotgan jism nuqtasining tezligi


Download 0.58 Mb.
bet12/20
Sana15.12.2022
Hajmi0.58 Mb.
#1007788
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   20
Bog'liq
Nuqtaning murakkab harakati

Aylanma harakat qilayotgan jism nuqtasining tezligi.

Qattiq jismning aylanish o’qidan h masofada joylashgan М nuqtasini ko’rib chiqamiz (14-rasm). Jism aylanma harakatlanayotganida, М nuqta aylanish o’qiga perpendikulyar tekislikda radiusi h ga teng bo’lgan markazi aylanish o’qida yotgan aylana chizadi. Jism dt vaqt oralig’ida d burchakka burilsa, М nuqta aylana bo’ylab harakatlanib ds =h d yoy koordinatasini o’tadi. U holda nuqtaning tezligi quyidagicha aniqlanadi.

yoki (37)

Ayrim hollarda tezlikni chiziqli tezlik deb ham ataydilar.
Shunday qilib, aylanma harakat qilayotgan qattiq jism nuqtasining tezligi miqdor jihatdan jism burchak tezligini aylanish o'qidan nuqtagacha bo'lgan masofaga bo'lgan ko'paytmaga teng.
Nuqtaning chiziqli tezligi nuqta chizayotgan aylanaga harakat yo'nalishi bo'yicha o'tkazilgan urinma bo'ylab yo'naladi.


Jism barcha nuqtalarining burchak tezliklari har onda o’zaro teng bo’ladi. Shu sababli qo’zg’almas o’q atrofida aylanuvchi jism nuqtalarining chiziqli tezliklari mazkur nuqtalardan aylanish o’qiga bo’lgan masofalarga proporsional bo’ladi (14-rasm).

14-rasm 15-rasm

Aylanma harakat qilayotgan jism nuqtasining tezlanishi.
М nuqtaning tezlanishini formulalar yordamida aniqlaymiz. deb olib, tezlikning (37) tenglikdagi qiymatini yuqoridagi tengliklarga qo'yib, quyidagilarni hosil qilamiz.

yoki
(38)
Urinma tezlanish nuqtaning traektoriyasiga urinma bo’ylab yo’nalgan bo’ladi (tezlanuvchan aylanma harakatda nuqtaning harakat yo’nalishi bilan, sekinlanuvchan aylanma harakatda esa unga teskari yo’nalgan bo’ladi); normal tezlanish doimo МС radius bo’ylab aylanish o’qi tomon yo’nalgan bo’ladi (15-rasm).

Download 0.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling