Nuraliyev ismoiljon


-mavzu. Qishlоq хo`jаligidа tаbiiy rеsurslаr vа ulаrdаn


Download 1.28 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/39
Sana14.02.2023
Hajmi1.28 Mb.
#1198944
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   39
Bog'liq
Qishloq xojaligi iqtisodiyoti fanidan mustaqil talim Nuraliyev I

9-mavzu. Qishlоq хo`jаligidа tаbiiy rеsurslаr vа ulаrdаn 
fоydаlаnish iqtisоdiy sаmаrаdоrligi. 
Qishloq xo’jaligida yer resurslaridan foydalanishning iqtisodiy samaradorligi 
xo’jaliklarga berkitilgan yer resurslardan foydalanish samaradorligi sifatida ham, 
qishloqxo’jaligiga yaroqli yer va uning alohida turlari bo’yicha foydalanishning 
samaradorligi sifatida ham xarakterlaydigan ko’rsatkichlar tizimi orqali ifodalanishi 
mumkin. Ko’rsatkichlarning bir qismi turli xil yer resurslari maydonlari hajmining 
miqdoriy o’zgarishlarini xarakterlaydi va ma’lum darajada ulardan foydalanishning 
ekstensiv xarakterini aks ettiradi, boshqa qismi yerdan foydalanishning intensiv 
darajasini xarakterlaydi, ya’ni 1 gektar maydon hisobiga to’g’ri kelgan u yoki bu 
ishlab chiqarish samarasini aks ettiradi. Qishloq xo’jaligiga yaroqli yerlardan 
foydalanish samaradorligini xarakterlaydigan ko’rsatkichlarga, shuningdek 
dehqonchilik, chorvachilik alohida mahsulotlarini ishlab chiqarishning, shuningdek 
tarmoqlar va butun qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishining rentabelligi ham kiradi. 
Taqqoslanadigan xo’jaliklarda yer resurslaridan foydalanishning samaradorligini 
baholashda qishloq xo’jaligiga yaroqli yer turlari (haydaladigan yer, pichanzor, 
yaylov) o’rtasidagi, ya’ni tuproq unumdorligi o’rtasidagi farqni hisobga olish zarur. 
Buning uchun yerni iqtisodiy baholash ballaridan foydalaniladi. Taqqoslama 
(kadastr) yer maydonidan olingan u yoki bu mahsulotni yoki hosildorlikni aniqlash 
uchun haqiqiy ko’rsatkichni 100 ga ko’paytirib va yer bahosi balliga bo’lish kerak. 
Masalan: 1 ga yerdan olingan g`alla hosildorligi 42 sentner bo’lib, shu yerning 
iqtisodiy bahosining balli 90 ga teng bo’lsa, u holda 1 gektar kadastr maydonidan 
olingan hosildorlik 46,7 (42x 100:90=46,7) sentnerni tashkil etadi. Qishloq xo’jalik 
mahsulotlari ishlab chiqarishni ko’paytirishning zaruriy sharti, hozirgi vaqtda ayni 
dolzarb masala bo’lgan, yer resurslaridan foydalanish samaradorligini sezilarli 
darajada oshirish hisoblanadi. Chunki hozirgi vaqtda respublikada ham, viloyatda 
ham asossiz ravishda qishloq xo’jaligidagi unumlm yerlar oborotdan chiqarilib
sanoat va grajdan qurilishiga, aholiga uy-joy qurish uchun berib yuborilmokda. 
Tuproq erroziyasi, yerdan xo’jasizlarcha foydalanish va boshqa omillar ham yerdan 
foydalanishga salbiy ta’sir ko’rsatmokda. Bozor munosabatlariga o’tish, yerga 
nisbatan davlat mulki monopoliyasini va markazlashtirishni bekor qilish, yer 
munosabatlarining bozor iqtisodiyoti tizimiga faol kirib borishini taqozo etadi. Yer 
resurslaridan yuqori, samarali foydalanish—qishloq xo’jaligi ekinlari hosildorligini 
ko’paytirish va tuproq unumdorligini oshirish ta’siri ostida bo’ladi. Unga ko`ra 
tuman fermer xo`jaliklarida hosildorlik darajasi turli darajada o`zgargan. 2012-yilda 
bug`doyning hosildorligi 57,4 ts/gani tashkil etib, 2010-yilga nisbatan 13,2 
tsentnerga oshgan.


NURALIYEV ISMOILJON 
13 

Download 1.28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling