Nuraliyev ismoiljon


-mavzu. Qishlоq хo`jаligidа yer rеsurslаri vа ulаrdаn


Download 1.28 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/39
Sana14.02.2023
Hajmi1.28 Mb.
#1198944
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   39
Bog'liq
Qishloq xojaligi iqtisodiyoti fanidan mustaqil talim Nuraliyev I

10-mavzu. Qishlоq хo`jаligidа yer rеsurslаri vа ulаrdаn 
fоydаlаnish sаmаrаdоrligi

 
Yer resurslari – bu quruqlik yuzasining jami yig’indisi bo’lib, uning tarkibiga boshqa 
tabiiy obyektlar kiritiladi.Yer resurslari boshqa resurslar kabi o’z xususiyatlariga ega: 
Birinchidan, yer – tabiat mahsuli, in‘omi hisoblanib, u inson mehnati bilan 
yaratilmaydi. Inson faqatgina yerga o’z mehnatini yo’naltirib, yoki yerning 
ahvolini yaxshilaydi, yoki umuman yomon ahvolga solishi mumkin. Lekin 
inson o’z hohishi bilan yer resurslarini hosil qila olmaydi.
Ikkinchidan, yer chegaralangan tabiiy resursdir. Inson xohlagancha yerni 
ko’paytirib yoki kamaytira olmaydi. Shu sababli bosh maqsad - yerdan 
samarali va to’g’ri foydalanishdir. Bir mamlakat yer miqdori uning 
chegaralari bilan aniqlansa, umuman hududlar sifatida esa yer miqdori 
quruqlik yuzasi bilan belgilanadi. 
Uchinchidan, yer abadiy ishlab chiqarish vositasidir. Shuningdek, yer har 
doim ishlab chiqarishdagi eng asosiy omil sifatidagi o’rnini yo’qotmaydi. 
Undan mablag’ni ko’paytirish, ishlab chiqarishda zamonaviy texnologiyalar 
orqali qishloq xo’jaligidagi yerlardan unumli va samarali foydalanish, 
shuningdek sanoat va uy-joy qurilishi maqsadida ishlatish mumkin. Shu bilan 
birga texnika taraqqiyoti yuksak cho’qqilarga ko’tarilganiga qaramay, yerni 
boshqa ishlab chiqarish omillari bilan almashtirib bo’lmaydi.
O’zbekiston Respublikasining jami yer maydoni esa O’zbekistonning yer maydoni 
44,4 mln gektar. Shundan 20,8 mln gektari yaylov va pichanzorlar, 30-32 mln 
gektari haydaladigan yerlarni tashkil etadi va 3 % esa foydalanilmaydigan yerlar 
chunki bu yerlarda namlik juda kam hisoblanadi.
Yer resurslaridan samarali 
foydalanish, davlat organlari tomonidan yer va soliq siyosatining ratsional ravishda 
olib borilishi uchun avvalo, yer bahosini bilish zarur. Buning uchun eng avvalo
davlat tomonidan yer uchastkalarining kadastr bahosi hisobga olinadi.
Kadastr qiymatdeganda hisobdagi rentadan kelayotgan daromad ham tushuniladi. 
Albatta quyidagi ko’rsatkichlar tizimi yer resurslaridan foydalanishda ishlatiladi:
• ekin hosildorligi, s/ga;
• unumdorlik 1 ga yerdan olinadigan yalpi mahsulotning natural va qiymat 
shaklidagi ko’rinishi;
• 1 ga sarflangan xarajatlar, so’m;
• 1 ga yerdan olingan yalpi mahsulot qiymati, so’m;
• 1 ga yerning kadastr qiymati, so’m;
• yerni iqtisodiy baholash ko’rsatkichi ball-boniteti, ball;
sof foyda, so’m va hokazo


NURALIYEV ISMOILJON 
14 

Download 1.28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling