Nuraliyev ismoiljon


-mavzu.Yеr rеsurslаridаn sаmаrаli fоydаlаnishni


Download 1.28 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/39
Sana14.02.2023
Hajmi1.28 Mb.
#1198944
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   39
Bog'liq
Qishloq xojaligi iqtisodiyoti fanidan mustaqil talim Nuraliyev I

11-mavzu.Yеr rеsurslаridаn sаmаrаli fоydаlаnishni 
yaхshilаsh vа rаg`bаtlаntirish.
Bugungi kunda respublikamizning jami yer maydoni 44,9 mln. gektarni tashkil etib, 
shundan qishloq xo‘jaligi yerlari 20,2 mln ga (45 %)ni va shundan 4,3 mln. gektari 
yoki 9,5 foizi sug‘oriladigan ekin yer maydonlarini tashkil etadi hamda ushbu yerlar 
respublikamizning “oltin fondi” hisoblanadi. Oziq-ovqat mahsulotlari va iqtisodiyot 
tarmoqlari uchun zarur xom-ashyoning katta qismi mazkur suvli yerlar hissasiga 
to‘g‘ri keladi. Bugunda nafaqat respublikamiz ehtiyoji uchun oziq-ovqat va asosiy 
sanoat xom-ashyosi bazasini taʼminlab kelmoqda, balki jahon bozorlarida ham katta 
hajmda eksport yo‘lga qo‘yilgan. Shu sababdan ham respubilkamizdagi 
sug‘oriladigan yerlar alohida muhofaza etiladi. Respublikamiz mustaqillikka 
erishganidan so‘ng agrar sohasini yanada isloh qilinishi, yerga bo‘lgan mulk 
huquqini o‘zgarishi sharoitida yer resurslaridan samarali foydalanish tamoyillariga 
alohida eʼtibor qaratildi. Birinchidan, mustaqillikning dastlabki davrlarida 
respublikamiz qishloq xo‘jaligida iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish
qishloqda ishlab chiqarish munosabatlarini takomillashtirish, qishloq xo‘jalik ishlab 
chiqarishini boshqarishning bozor tamoyillariga mos keladigan tashkiliy tuzilmasini 
tadbiq etish maqsadida sobiq kolxoz va sovxozlar bosqichma-bosqich tugatilib, 
uning bazasida yangi mulkdorlar sinfi - fermer xo‘jaliklari tashkil etildi. Sug‘orma 
dehqonchilik hamda sug‘oriladigan ekin maydonlari cheklanganligi sharoitida 
mulkchilikning ijara shakllari va shartnomaviy munosabatlarga asoslangan xo‘jalik 
yuritish tizimi tashkil etildi. Ikkinchidan, fermer xo‘jaliklari faoliyati 
samaradorligini yanada oshirish, yer va suv resurslaridan oqilona foydalanilishini 
taʼminlash, yerning ekologik holatini yaxshilashga qaratilgan zamonaviy 
innovatsion va resurs tejamkor texnologiyalarni keng joriy etish, mahsulot ishlab 
chiqarish hajmlarini ko‘paytirish, fermer xo‘jaliklarining moliyaviy va iqtisodiy 
holatini mustahkamlash maqsadida fermer xo‘jaliklari tasarrufidagi yer uchastkalari 
maydonlari maqbullashtirildi. Uchinchidan, sug‘oriladigan yerlarning meliorativ 
holatini yaxshilash, ularning unumdorligini oshirish, qishloq xo‘jaligi ekinlari 
hosildorligini ko‘paytirish, shuningdek melioratsiya ishlarini tashkil qilish 
maqsadida 2007 yilda Sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash 
jamg‘armasi tashkil etildi. Har yili qabul qilinadigan Davlat dasturlari asosida davlat 
byudjeti mablag‘lari hisobiga jami 1,7 mln. gektardan ortiq sug‘oriladigan 
maydonlarning suv taʼminoti hamda 2,5 mln. gektar maydonlarning meliorativ 
holatining yaxshilanishiga erishildi. Aksariyat hududlarda tuproqning ball boniteti 
2-3 ballga ko‘tarildi. To‘rtinchidan, so‘ngi ikki yilda qishloq xo‘jaligida yangi 
tizim, klaster tizimi joriy etila boshlandi.


NURALIYEV ISMOILJON 
15 

Download 1.28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling