Nuraliyev ismoiljon


-mavzu. Qishlоq хo`jаligidа yagоnа yer sоlig`ini bеlgilаsh vа


Download 1.28 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/39
Sana14.02.2023
Hajmi1.28 Mb.
#1198944
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   39
Bog'liq
Qishloq xojaligi iqtisodiyoti fanidan mustaqil talim Nuraliyev I

12-mavzu. Qishlоq хo`jаligidа yagоnа yer sоlig`ini bеlgilаsh vа 
uni to`lаsh tаrtibi. 
Qishloq xo'jaligi tovari ishlab chiqaruvchi korxonalar hamda qishloq xo'jaligi 
yo'nalishidagi ilmiy-tadqiqot tashkilotlarining tajriba-eksperimental xo'jaliklari va 
ta‘lim muassasalarining o'quv-tajriba xo'jaliklari yagona yer solig'ining to'lovchilari 
bo'lib hisoblanishadi. Soliq kodeksiga ko'ra quyidagi shartlarga javob beradigan 
yuridik shaxslar — soliq solish maqsadida qishloq xo'jaligi tovarlari ishlab 
chiqaruvchilar tarkibiga kiradi: — yer uchastkalaridan foydalangan holda qishloq 
xo'jaligi mahsulotini yetishtirish va o'zi yetishtirgan mazkur mahsulotni qayta 
ishlash yoxud yer uchastkalaridan foydalangan holda faqat qishloq xo'jaligi 
mahsulotini yetishtirish asosiy faoliyat turi bo'lgan yuridik shaxslar; — qishloq 
xo'jaligini yuritish uchun mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan o'zlariga 
belgilangan tartibda berilgan yer uchastkalariga ega boigan yuridik shaxslar; — 
qishloq xo'jaligi mahsulotini yetishtirish va o'zi yetishtirgan mazkur mahsulotni 
qayta ishlash ulushi realizatsiya qilish yoki qayta ishlash uchun olingan qishloq 
xo'jaligi mahsulotini o'z ichiga oluvchi qishloq xo'jaligi mahsulotini yetishtirish va 
qayta ishlash umumiy hajmida kamida 50 foizni tashkil etadigan yuridik shaxslar. 
O'rmon va ovchilik xo`jaliklari hamda yuridik shaxs tashkil etgan va tashkil 
etmagan holda tuzilgan dehqon xo'jaliklari yagona yer solig'ini to'lovchilari 
hisoblanishmaydi. Qishloq xo'jaligi tovar ishlab chiqaruvchilari o‗zlari ishlab 
chiqargan qishloq xo'jalik mahsulotlarini ishlab chiqarish va qayta ishlash bo'yicha 
mazkur faoliyat turidan yagona yer solig'ini to'laydilar va ular boshqa soliqqa tortish 
tizimini tanlash huquqiga ega emaslar. Yagona yer solig'ini to lovchi hisoblangan 
qishloq xo'jaligi tovar ishlab chiqaruvchilari uchun bojxona bojlari, davlat bojlari, 
litsenziya yig'im lari, davlat maqsadli jamg'armalariga ajratmalarni to'lashning 
amaldagi tartibi saqlanadi. Agar yagona yer solig'ini to'lovchi qishloq xo'jaligi tovar 
ishlab chiqaruvchilari o'zlari ishlab chiqargan qishloq xo'jaligi mahsulotlarini ishlab 
chiqarish va qayta ishlash bilan bir qatorda boshqa faoliyat turiari bilan 
shug'ullansalar, ular alohida hisob yuritishlari va boshqa faoliyat turiari bo`yicha shu 
toifadagi to'lovchilar uchun amaldagi qonun hujjatlari bilan nazarda tutilgan 
soliqlami to'lashga majburdirlar. Bunda, agar qishloq xo'jaligi tovar ishlab 
chiqaruvchilari mikrofirmalar va kichik korxonalar toifasiga kirsa, faoliyatning 
boshqa turiari bo'yicha (savdo va umumiy ovqatlanish korxonalari uchun 
belgilangan soliqlar va yig‗imlar to'lanadigan savdo va umumiy ovqatlanishdan 
tashqari) ular faoliyatning mazkur turi uchun nazarda tutilgan yagona soliq to‗lov 
yoki umumbelgilangan tartibda soliqlar to'laydilar.


NURALIYEV ISMOILJON 
16 

Download 1.28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling