Nuraliyev ismoiljon


-mavzu. O`simlikchilik tаrmоqlаri iqtisоdiyoti


Download 1.28 Mb.
Pdf ko'rish
bet37/39
Sana14.02.2023
Hajmi1.28 Mb.
#1198944
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   39
Bog'liq
Qishloq xojaligi iqtisodiyoti fanidan mustaqil talim Nuraliyev I

36-mavzu. O`simlikchilik tаrmоqlаri iqtisоdiyoti
.
Respublika qishloq xoʼjaligi tarkibida quyidagi yirik tarmoqlar mavjud: 

oʼsimlikchilik; 

chorvachilik. 
Oʼsimlikchilik mamlakat qishloq xoʼjaligining eng asosiy tarmogʼi hisoblanadi. 
Uning qishloq xoʼjaligida ishlab chiqarilgan jami yalpi mahsulotdagi salmogʼi 1998-
2001 yillarda 80-90 foizni, tovar mahsuloti tarkibidagi salmogʼi esa 80-82 foizni 
tashkil etgan. Qishloq xoʼjaligining oʼsimlikchilik tarmoqgʼi: 

don-gʼallachilik (bugʼdoychilik, sholichilik, …); 

texnika ekinlari (paxtachilik, kanopchilik, tamakichilik, lavlagichilik,

kartoshkachilik; 

sabzavotchilik (karamchilik, pamidorchilik; …); 

polizchilik (qovunchilik, tarvuzchilik; …); 

bogʼdorchilik (uzumchilik, oʼrikchilik, olmachilik; …) va boshqa 
tarmoqlardan iboratdir. 
Bu tarmoqlarda bugʼdoy, arpa, sholi, makka doni, mosh, paxta xomashѐsi, tamaki 
bargi, kanop, qand lavlagi, yer ѐngʼoq, kartoshka, pamidor, bodring, karom, sabzi, 
qovun, tarvuz, uzim, olma, oʼrik, ѐngʼoq, anor va boshqa mahsulotlar yetishtiriladi. 
Ular qayta ishlash sanoati tarmoqlari uchun xomashѐ, aholi uchun esa oziq-ovqat 
mahsulotlari hisoblanadi. Oʼsimlikchilik tarmoqlari orasida ichida paxtachilik bian 
gʼallachilik davlat miqѐsida strategik ahamiyatga egadir. Bu tarmoqlar 
respublikadagi yirik va muhim hisoblangan «Oʼzdonmahsulot», paxta tozalash 
sanoati, toʼqimachilik va yengil hamda non mahsulotlari korxonalarini xomashѐ 
bilan taʼminlaydi. Natijada millionlab ishchi- xizmatchilar ish hamda daromad bilan 
taʼminlanadi. Paxta tolasini sotish natijasida mamlakat valyuta tushumining 55 
foizga yaqini oinmoqda. Gʼallachilik asosan respublika aholisining don 
mahsulotlariga boʼlgan talabini qondirishga xizmat etadi. 2002 yilda 5,4 mln. tonna 
gʼalla yetishtirildi jon boshiga 216,5 kg. don toʼgʼri keldi. Tibbiѐt normativlari 
boʼyicha bir kishi-kuniga 124 kg. un va un mahsulotlarini isteʼmol qilishi lozim. 
Gʼallachilikda erishilgan natija respublikamiz bu boradagi talabni qondirish 
imkoniyatiga ega ekanligidan dalolat beradi. Bu Respublika Prezidenti I.А.Karimov 
tomonidan amalga oshirilaѐtgan gʼalla mustaqilligi siѐsatining natijasidir. 
Gʼallachilikning rivojlanishi chorvachilik va sanoat tarmoqlari yuksalishiga ham 
ijobiy taʼsir etishi mumkin. 


NURALIYEV ISMOILJON 
40 

Download 1.28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling