Nuraliyeva xafiza otaevna


Xonalar havosi tarkibidagi chang miqdorini aniqlash


Download 1.95 Mb.
Pdf ko'rish
bet27/121
Sana19.02.2023
Hajmi1.95 Mb.
#1215029
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   121
Bog'liq
Гигиена дарслик ПДФ

Xonalar havosi tarkibidagi chang miqdorini aniqlash. 
Diametri 5 nm dan katta va 0,3—0,4 nm dan kichik bo‗lmagan, tarkibida 
ozod kremniy (II)- oksidini tutgan zarrachalar yuqori darajada fibrogen faollikka 
ega. Shu sababli korxonada (ish joylarida) changning disperslik darajasini, 
miqdorini, chang zarrachalarining morfologiyasini va uning tarkibidagi ozod 
kremniy (II)- oksidining miqdorini aniqlab, korxonaning havo muhitiga gigienik 
baho beriladi. Ish joylaridagi havo tarkibidagi chang sifati (chang zarrachalarining 
soni — konimetrik usul) va miqdori (ma‘lum bir hajmda changning miqdori — 


61 
gravimetrik usul) aniqlanadi. Chang miqdori aniqlanganda bir yo‗la uning 
morfologiyasini, kimyoviy tarkibini, organizmning biologik birikmalarida erishini 
va solishtirma og‗irligini ham aniqlash mumkin. 
Korxonalar havosining changlanganini ifodalash uchun xaritalar, respirator
analitik tarozi, allonj, AFA — FPP—15 filtrlari, rezina shlanglar, aspirator (chang 
tortuvchi), reometr, eksikator, Ouens-1 apparati, mikroskop, lupa, mikrometr
changdan namuna olish uchun oyna va unga qoplama, psixrometr, barometr, ozod 
kremniy (II)- oksidining miqdori to‗g‗risida ma‘lumot, yuqori konsentratsiyali 
sulfat kislotasi. 
1. Konimetrik usul. Bu usul bilan ma‘lum hajmda chang zarrachalari sonini 
aniqlash bilan bir qatorda uning kattaligini, shaklini, rangini, o‗tkir qirralari 
borligini aniqlash mumkin. Demak, bu usul chang zarra-chalariga sifat jihatdan 
baho berishga imkon beradi. Aksariyat chang zarrachalari mayda bo‗lganligi 
tufayli, mikroskop, lupa va h. k. lardan foydalaniladi. 
Chang zarrachalarining katta-kichikligini aniqlashda Ouens-1 asbobi 
qo‗llanadi. Ouens-1 asbobining ishlashi quyidagilarga asoslangan: avvalo tarkibida 
chang zarrachalarini tutgan havo asbobning naysimon qismida suv parlari bilan 
to‗yintiriladi (1), so‗ng nasos (2) yordamida tor tuynuk orqali (3) katta bo‗lmagan 
kameraga (4) tortiladi, tortilgan havo tor tuynuk qarshisiga o‗rnatilgan shisha 
plastinkaga (5) uriladi. Kameraga nasos orqali tortilib kirgan havo kengayadi, 
harorati pasayadi, buning natijasida chang atrofidagi par bilan qoplanadi 
(kondensatsiyalanadi), so‗ng tarkibida chang zarrachalarini tutgan mayda suv 
tomchilari oyna sathiga yo‗lchaga o‗xshash shaklda joylashadi, tez orada suv 
zarrachalari parlanib, chang shisha plastinkaga o‗rnashib qoladi. 
Chang zarrachalarini mikroskopda sanash uchun maxsus kesilgan 
mikroskopik oynaga o‗rtasi ochiq halqa shaklida qirqilgan qog‗oz yopishtiriladi, 
so‗ng halqa ustiga asbobdan olingan (chang yo‗li tushgan) qoplagich-yupqa shisha 
plastinka (chang yo‗lini ichkariga qilib) yopishtiriladi. Chang zarrachalarini 100 
marta katta qilib ko‗rsatuvchi zarrabin (mikroskop) da sanash mumkin. Chang 


62 
zarrachalari mikroskop okulyariga o‗rnatilgan mikrometrik to‗r (setka) orqali 
sanaladi. Chang zarrachalarining miqdori quyidagi formulaga ko‗ra aniqlanadi: 
X = N x S/ S
Bu erda: X- 1 ml havo tarkibidagi chang zarrachalarini soni 
N- 1 satxda chang yo‗li bo‗yicha ko‗ndalang yotgan chang zarrachalari soni 
S-butun chang yo‗li orqali tortilgan havoning hajmi 
S- nasos orqali tortilgan havoning hajmi 

Download 1.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   121




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling