Nuraliyeva xafiza otaevna


Download 1.95 Mb.
Pdf ko'rish
bet106/121
Sana19.02.2023
Hajmi1.95 Mb.
#1215029
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   121
Bog'liq
Гигиена дарслик ПДФ

3– qonun. O„sish va rivojlanish jarayonida jinslararo tafovut farqlanadi. 
Masalan: barcha etilish o‗zgarishlar qizlarda 18-20 yoshgacha davom etadi, 
o‗g‗il bolalarda 22-25 yoshgacha davom etadi. 
Barcha asosiy morfologik ko‗rsatkichlar (bo‗yi, og‗irligi, ko‗krak aylanasi) 
yangi tug‗ilgan o‗g‗il bolalarda yuqori bo‗ladi, bu holat jinsiy etilish davrigacha 
davom etadi. O‗g‗il bolalarda 13-14 yoshdan jinsiy etilish davri boshlanadi, bo‗y 
o‗sishi jadallashadi. 
Bola rivojida bir davrdan ikkinchi davrga o‗tish muddati, ya‘ni morfologik, 
fiziologik va psixologik nuqtai nazaridan taraqqiyot davrini aniqlash muhim ilmiy 
nazariya hisoblanadi.


242 
Bolalarning taraqqiyot davri N.P.Gundobin tomonidan tavsiya qilingan 
bo‗lib, unga N.I.Krasnogorskiy ba‘zi bir o‗zgarishlarni kiritgan. Bolalar va 
o‗smirlar yosh guruhlari quyidagicha tavsiya qilingan: 
1. Yangi go‗daklik davr (1 – 10 kungacha) 
2. Emizikli yoki chaqaloqlik davri ( 11 kundan 1 yoshgacha) 
3. Dastlabki bolalik davri ( 1 – 3 yoshgacha)
4. Birlamchi bolalik davri (4 yoshdan -7 yoshgacha) 
5. Ikkilamchi bolalik davri: (7 – 11 yoshgacha qiz bolalar,7 – 12 yoshgacha 
o‗g‗il bolalar) 
6. O‗smirlik davri (12 - 15 yoshgacha qiz bolalar, 13 – 16 yoshgacha o‗g‗il 
bolalar). 
7. O‗spirinlik davri (16 – 20 yoshgacha) 
12.2. JISMONIY RIVOJLANISH SALOMATLIK KO‘RSATKICHI 
SIFATIDA. 
Aholi salomatligiga baho beruvchi ko‗rsatkichlardan biri bu bolalar va 
o‗smirlarning jismoniy rivojlanish ko‗rsatkichidir. Bundan tashqari jismoniy 
rivojlanish ko‗rsatkichi bolalarning salomatlik darajasini, tashqi muhit sharoitining 
bolalar salomatligiga ijobiy yoki salbiy ta‘sirini aniqlab beradi. Jismoniy 
rivojlanishni baholashni tibbiy ko‗rik o‗tkazish bilan olib borish kerak. 
Bolalar va o‗smirlarning bolalik davrining turli bosqichlariga qarab quyidagi 
muddatlarda tibbiy ko‗riklardan o‗tkaziladi. 
1. Chaqaloqlar har oyda bir marta 
2. Ilk bolalik davrida har 3 oyda bir marta 
3. Maktabgacha yoshda har 3 – 6 oyda bir marta 
4. Maktab yoshi davrida bir yilda bir marta 
Tibbiy ko‗rikdan o‗tkazib, har bir shahsning jismoniy rivojlanishiga baho 
berishda shu mintaqa uchun aniqlangan standartdan foydalaniladi. Bunda shahsiy 
antropometrik ko‗rsatkichlarni standart bilan taqqoslab, bolalar va o‗smirlarning 
jismoniy rivojlanishiga baho beriladi. Ijtimoiy turmushning o‗zgarib turishi tufayli, 


243 
bolalar va o‗smirlarning jismoniy rivojlanishini ifodalovchi standart vaqti-vaqti 
bilan dinamikada qayta aniqlab turiladi. 
Jismoniy rivojlanishni o„rganishda ko„pincha quyidagi antropometrik usullar 
ishlatiladi. 
1. Somatometrik belgilari: bo‗yi ( o‗tirganda, turganda), og‗irligi, ko‗krak va 
bosh aylanasi. 
2. Fiziometrik belgilari: o‗pkalarni hayotiy sig‗imi, qo‗l va bel 
mushaklarining kuchi. 
3. Samotoskopik belgilari: umurtqa pog‗onasining holati, ko‗krak qafasi, 
oyoq mushaklarining rivojlanishi, teri ostidagi yog‗ qatlamlarining miqdori, yassi 
tovonlik, jinsiy etilish holati va boshqalar. 
Antropometrik ko‗rsatkichlarni aniqlash kunning birinchi yarmida, asboblar 
yordamida yorug‗ xonalarda, qulay mikroiqlim sharoitida bolani yalang‗och qilgan 
holda o‗tkazish kerak. 

Download 1.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   121




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling