Nuraliyeva xafiza otaevna


Download 1.95 Mb.
Pdf ko'rish
bet104/121
Sana19.02.2023
Hajmi1.95 Mb.
#1215029
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   121
Bog'liq
Гигиена дарслик ПДФ

Nazorat savollari 
1. Suv manbalarining turlari.
2. Suvning gigiyenik axamiyati. 
3. Suvning fiziologik ahamiyati. 
4. Ichimlik suvi sifatiga qo‗yiladigan gigiyenik talablar. 
5. Suv qaysi kasalliklarning tarqalishida manba bo‗ladi? 
6. Suvning organoleptik xossalariga nimalar kiradi? 
7. Ichimlik suv sifatini yaxshilash usullari. 
8. Ichimlik suvni tozalash usullariga nimalar kiradi? 
9. Suvni zararsizlantirishning qanday usullari bor? 
10. Suvning epidemiologik xavfsizligiga qaysi ko‗rsatgichlar bilan baho beramiz? 
11. Ichimlik suvining sifatini baholash qaysi xujjat asosida olib boriladi? 
12. 
Farmatsevtik maqsadda qo‗llaniladigan suvning tayyorlanishiga qo‗yiladigan 
gigiyenik talablar. 
13.Tozalangan suvni saqlash va taqsimlash. 
14. Suvni tozalangan holda olish usullari.
15. Teskari osmosning ikki bosqichli tizimi. 
16. In‘eksiyalar uchun suvga qo‗yiladigan gigiyenik talablar. 
17 . Distillyasiya jarayonlarining turlari.
 
 
 


239 
XII BOB. BOLALAR VA O‘SMIRLAR GIGIYENASI 
Bolalar va o‗smirlar gigiyenasi- bu o‗sib kelayotgan avlodlarning 
salomatligi va mustaxkamligi haqidagi fandir. 
Fanning asosiy maqsadi - bolalar va o‗smirlarning salomatligini va jismoniy 
rivojlanishini ta‘minlovchi kompleks sog‗lomlashtirish tadbirlarini shu bilan birga 
bolalarni o‗qitish hamda tarbiyalashdagi zarur sanitariya-gigiyenik sharoitlarni 
ishlab chiqish va uni ilmiy jihatdan asoslashdan iboratdir. 
Bolalar va o‗smirlar gigiyenasini boshqa gigiyenalardan farqi shundaki, bu 
fan barcha ishlab chiqadigan me‘yor va sog‗lomlashtirish chora-tadbirlari o‗sishi 
va shakllanishi tugallanmagan organizm uchun, o‗suvchi organizmning 
morfologik, funksional va ruhiy xususiyatlarini hisobga olgan holda ishlab chiqadi. 
Bu me‘yorlash quyidagi prinsip asosida bo‗lishi kerak: 
1. Har bir tashqi muhit ta‘siriga nisbatan yo‗l qo‗yiladigan me‘yor o‗suvchi 
organizmning yoshiga mos va unga xizmat qilishi kerak. 
2. Birinchi prinsipni hisobga olgan holda, bolalar va o‗smirlar gigienasida 
me‘yorlar doimiy emas, shuning uchun ham har xil omillarda me‘yorlar 
almashinishi bir vaqtda sodir bo‗lmasligi kerak. 
3. Gigiyenik me‘yorlashning asosiy vazifasi nafaqat bolalar va o‗smirlar 
salomatligini saqlash va mustahkamlash, balki ularni me‘yorda o‗sishi va 
rivojlanishini ta‘minlashdir. 
Bolalar va o„smirlar gigiyenasi quyidagi bo„limlardan tashkil topgan: 
1. Bolalar va o„smirlar salomatligi va jismoniy rivojlanish. Bu bo‗lim bolalar 
va o‗smirlar organizmining biologik va ijtimoiy omillariga bog‗liq bo‗lgan o‗sish 
va 
rivojlanishining 
umumiy 
qonuniyatlarini 
belgilash,turmushning 
turli 
sharoitlarining bolalar salomatligiga,shu jumladan jismoniy rivojlanishga bo‗lgan 
ta‘sirini o‗rganish bilan shug‗ullanadi. 
2. Bolalar va o„smirlar faoliyati -bu bo‗lim bolalar va o‗smirlar faoliyatini 
yuqori darajada bo‗lishini ta‘minlash uchun qattiq toliqishni oldini olish,barcha 
yoshdagi bolalar uchun kun tartibini to‗g‗ri tuzib chiqish bilan bog‗liq 


240 
muammolarni o‗rganish,jismoniy tarbiyani bolalar salomatligiga ta‘sirini 
o‗rganishdan, sport turlari bilan bog‗liq bo‗lgan jarohatlanish va 
shikastlanishnilarning oldini olishda vrach nazoratini o‗rnatishdan iboratdir. 
3. Tashqi muhit gigiyenasi-bu bo‗limning vazifasi har xil bolalar va o‗smirlar 
muassasalarini loyihasini ishlab chiqish, muassasalaridagi havo almashinuvi, 
yorug‗lik va issiqlik bilan etarli miqdorda ta‘minlashlash, bolalar o‗yinchoqlarini, 
o‗quv qurollarini va boshqalarni sanitariya nazoratidan o‗tkazishdan iboratdir. 
4. Bolalar va o„smirlarning ovqatlanish gigiyenasi - bu bo‗lim o‗sayotgan 
organizmning me‘yorda o‗sishida va salomatligida ovqatlarni rolini va har xil 
sharoitda, har xil yoshdagi bolalar uchun ovqatlanish tartibini ishlab chiqadi. 
5. Bolalar va o„smirlarga tibbiy xizmatni ko„rsatish bo„limi - bu bo‗limlarni 
asosiy vazifasi bolalar va o‗smirlarga tibbiy sanitariya xizmatini tashkil qilish, 
sog‗lomlashtirish tadbirlarini va epidemiyaga qarshi chora-tadbirlarni ishlab 
chiqadi va aholini gigiyenik tarbiyalaydi. 
Demak, bolalar va o‗smirlar organizmi bu to‗xtovsiz o‗sib rivojlanib turuvchi 
organizm hisoblanadi. Shunday ekan bolalar va o‗smirlar salomatligini o‗ylaganda, 
biz nafaqat qandaydir bir kasallik bo‗lmasligi, balki bolalarni me‘yorda garmonik 
va yoshiga yarasha rivojlanishi tushunishimiz kerak. Shuning uchun bolalar va 
o‗smirlar salomatligini yaxshilash va mustahkamlashga qaratilgan tadbirlarni 
amalga oshirilayotganda bola organizmida bo‗layotgan biologik jarayonlarni 
hisobga olish lozim. 

Download 1.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   121




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling