Nuraliyeva xafiza otaevna
Download 1.95 Mb. Pdf ko'rish
|
Гигиена дарслик ПДФ
Akseleratsiya
Akseleratsiya (lot. accelaratio – tezlashish) rivojlanishining ma‘lum bosqichlarida uning ayrim a‘zolari shakllanishining tezlashuvi. Bolalar va o‗smirlar o‗sishi hamda jismoniy rivojlanishining tezlashishi. Hozirgi bolalar va o‗smirlar har bir yoshda ancha oldingi yillardagi tengqurlariga nisbatan bo‗ychan bo‗lib, vazni og‗irroqdir. Bolalar katta bo‗lgan sari, bu farq shunchalik seziladi. Ularning sut tishlari oldin bo‗rtadi, doimiy tishlar bilan tezroq almashinadi, skeletining suyaklanishi ham oldinroq yuz beradi. Og‗ir mehnatning kamayishi, umumiy hayot tarzi, maishiygigiyenik shart-sharoitlarning yaxshilanishi, shuningdek yaqin qarindoshlar o‗rtasidagi nikohga yo‗l qo‗ymaslik va boshqa. XIX- XX asr boshlarida ko‘p masmlakatlarda bolalarning bo‘yiga o‘sishning tezlashganligi aniqlangan. Bu haqda 1875 yilda matbuotda elon qilingan. 1935 yilda nemis olimi Koh o‘sish va rivojlanishdandagi tezlashuvni akselerasiya deb aytgan. Akseleratsiya-yosh avlodning jismonan va ruxan o‘sishidir. So‘ngi 100 yil ichida yangi tug‘ilgan chaqal;oqning bo‘yi 5-6sm ga, kichik va o‘rta maktab yoshdagi bolalar bo‘yi 10-15 sm ga vazni esa 8-10 kg ga ortdi. Umruzayishi, hayz kechroq tugashi va odam rivojlanishidagi boshqa o‘zgarishlarni o‘z ichiga oladi. Akseleratsiya ko‘pgina olimlarni qiziqtirib kelgan. Bunga sabab: ultrabinafsha nurlar desa, ikkinchisi magnit to‘lqinlari, bazilari esa komik nurlar deb aytadilar. Oksidlar, tuzlar, vitaminlar ortishi, fan va tex ta‘lim-tarbiya, sport va jismoniy mexnat bilan shug‘illanish, genetik omillarni ham misol qilib keladilar. Mamlakatimizda mustaqillikga erishganimizdan so‘ng bolalarning individalosish va rivojlanishga katta etibor berilmoqda. Chunki bolalar salomatligini saqlash davlat ahamiyatiga ega bo‘lgan birinchi darajali ishlardan hisoblanadi. Akseleratsiya oqibatida jismoniy rivojlanishning erta boshlanishi, sportdagi muvaffaqiyatlarning ancha «yasharganini va shu bilan bir qatorda kattalarga xos kasalliklar deyarli yoshlarda, ayniqsa o‗smirlik davrida uchrashi qayd qilinadi. 255 Kuzatilayotgan akseleratsiyaning kelib chiqishi to‗g‗risida har xil farazlar mavjud, ularni shartli ravishda uch qismga bo‗lish mumkin. 1. Fizik-kimyoviy omillar ta‘sirida o‗sishning jadallashishi. E.Koxning fikricha, hozirgi zamon bolalariga quyosh nuri, jumladan, ultrabinafsha nurlar ijobiy ta‘sir ko‗rsatmoqda. R.Trayber radio-televizion stansiyalarning ko‗payishi ortiqcha eletromagnit to‗lqinlari hosil qilib, bu o‗z navbatida bolalarning o‗sishiga ijobiy ta‘sir ko‗rsatayapti, deb uqtiradi. De Rudder esa akseleratsiyani rentgen qurilmalarining, atom ustidan tekshirishlar olib borish hamda kosmik radiatsiyaning oshishi natijasi deb ta‘kidlaydi. 2. Ikkinchi faraz tarafdorlari fikricha, akseleratsiyaning asosiy sababi yashash sharoitlarining o‗zgarishidir, jumladan, V.Lens, Tanner va boshqalar akseleratsiya oziq-ovqat mahsulotlarining sifatli va to‗kin sochinlik natijasi deb hisoblaydilar. Ba‘zi olimlar o‗sishning jadallashishiga vitaminlarning (asosan vitamin V 6 ) sanoat usulida olinishi hamda emizikli onalar va bolalarning ularni etarli iste‘mol qilishi sabab bo‗lmoqda, deb biladilar. Tibbiyot xizmatining yaxshilanishi, ayniqsa, yuqumli kasalliklarning keskin kamayishi ham akseleratsiya sabablaridan biridir. Lekin yuqorida keltirilgan dalillarning birortasi ham akseleratsiya sabablarini to‗la ochib bera olmadi. Akseleratsiyaga bolalarning, o‗smirlarning turar joylari, yil fasli hamda ijtimoiy o‗zgarishlar asosiy va qo‗shimcha sabab bo‗lishi mumkin. Download 1.95 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling