Nuraliyeva xafiza otaevna


Download 1.95 Mb.
Pdf ko'rish
bet111/121
Sana19.02.2023
Hajmi1.95 Mb.
#1215029
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   121
Bog'liq
Гигиена дарслик ПДФ

Jadval 12.1 
Bolalar va o‘smirlar salomatlik holatiga ta’sir etuvchi ijtimoiy gigiyenik 
omillar 
Ijobiy 
(sog‘lomlashtiruvchi) 
Salbiy 
(xavf tug‘diruvchi) 
1. Atrof-muhitning gigienik 
me‘yorlariga mosligi. 
2. Optimal harakat tartibi. 
3. Chiniqtirish. 
4. Mutanosib ovqatlanish. 
5. Oqilona tuzilgan kun tartibi. 
6. Sog‗lom turmush tarzi.
1. Atrof muhit omillarining va yashash 
sharoitining gigiyenik me‘yorlariga 
javob bermasligi. 
2. Harakat faolligining oshib yoki 
kamayib ketishi. 
3. Kun tartibi va o‗quv-tarbiya 
jarayonining buzulishi. 
4. Ovqatlanishni tashkillashtirishdagi
kamchiliklar. 
5. Sog‗lom turmush tarzini olib 
borishda gigiyenik ko‗nikmalarning 
etishmasligi. 
6. Oila va jamoadagi noqulay 
psixologik muhit. 
Barcha yosh guruhlarida bolalarning salomatligiga salbiy ta‘sir ko‗rsatuvchi 
biologik omillar orasida onaning homiladorlik davrida kasallanishi, homiladorlik 
va tug‗ruqlarning asoratli kechishi katta ta‘sir ko‗rsatadi. 
12.4.TURLI YOSHDAGI BOLALAR KUN TARTIBINING 
GIGIYENIK ASOSLARI 
To‗g‗ri tuzilgan kun tartibi asosida shartli refleks faoliyati yotadi. Asab 
tizimining takomillashib borishi, uyg‗oqlik paytining uzayishi va tashqi olam bilan 


253 
bo‗lgan aloqa kengayib borishi mobaynida bolalarning faoliyati o‗zgarib, 
shakllanib boradi. 
O‗z zamonida Abu Ali ibn Sino kun tartibining bolalar rivojlanishi va 
salomatligiga ta‘sirini, bunda asab sistemasi katta ahamyat kasb etishini aytib 
o‗tgan edi. Keyinchalik I.P.Pavlov stereopit shartli va shartsiz reflekslar o‗z 
vaqtida va muayyan tartibda bajariladigan ko‗nikmalardir degan. Kun tartibining 
tarkibiy qismlarini boshlash va tugatish vaqtini doimo bir mahalda bajarish 
bolalarda vaqtga nisbatan barqaror shartli reflekslar hosil bo‗lishi to‗g‗risida N.I. 
Krasnagorskiy: «Bolalar orasida vaqtni to‗g‗ri taqsimlash kun tartibini 
rejalashtirish va tashkil etishda katta amaliy ahamiyatga ega» deb uqtirgan edi. 
To‗g‗ri tashkil etilgan kun tartibi bolada tetik va yaxshi kayfiyat, o‗qish va 
ijodga, turli o‗yinlar va mashg‗ulotlarga qiziqish uyg‗otadi, uning rivojlanishiga 
yaxshi ta‘sir ko‗rsatadi. 
Kun tartibi tuzishda quyidagi qoidalarga amal qilish lozim: 
1) turli xil faoliyatlar, ularning eng ma‘qul davomiyligini, bir-biri bilan 
navbatlashuvi va vaqtini aniqlash; 
2) dam olish vaqtini iloji boricha ochiq havoda tashkil etish; 
3) o‗z vaqtida sifatli ovqatlanish; 
4) gigiyenik to‗laqonli uyqu. 
Bolalarning yoshiga qarab kun tartibining asosiy qismlari quyidagicha: 
1. Kichkintoylar uchun-ovqatlanish, uyqu va tetiklik holati. 
2. Bog‗cha bolalari uchun-kerakli mashg‗ulotlar, o‗yinlar, sayrlar, ratsional 
ovqatlanish, uyqu, o‗qishga tayyorlanish tarbiya. 
3. Maktab yoshidagi bolalar uchun-kichik maktab yoshi uchun: o‗quv 
mashg‗ulotlari, ochiq havoda dam olish, vaqtida ovqatlanish, yaxshi uyqu va 
tanaffuslar. 
4. O‗rta yoshdagi o‗quvchilar uchun-yuqorida ko‗rsatilgan tartiblarga yana 
qo‗shimcha: to‗garak mashg‗ulotlari, imtixonga tayyorgarlik, kasbni egallash 
uchun o‗qish. 


254 
5. Katta yoshdagi o‗quvchilar uchun-o‗quv mashg‗ulotlarining ko‗payishi, 
harakat faoliyatining oshishi, jismoniy tarbiya va sport va boshqalar. 

Download 1.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   121




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling