Nuraliyeva xafiza otaevna


Download 1.95 Mb.
Pdf ko'rish
bet108/121
Sana19.02.2023
Hajmi1.95 Mb.
#1215029
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   121
Bog'liq
Гигиена дарслик ПДФ

Og„irligini aniqlash. Tana vazni organizm a‘zo va to‗qimalarining jumladan, 
suyak-mushaklar, yog‗ to‗qimalari hamda ichki a‘zolar rivojalanishiga bog‗liq. 
Tana vaznini aniqlashda tibbiy tarozilardan foydalinladi. Kichik yoshdagi 
bolalar maxsus tarozilarda tortiladi. Tarozida ishlashdan oldin maxsus tarozilarda 
tortiladi. Tarozida ishlashdan oldin uning qanchalik to‗g‗ri ekanligini aniqlash 
uchun maxsus o‗lchov toshlari bilan tekislab olish tavsiya etiladi 
Yangi tug‗ilgan chaqaloqning o‗rtacha vazni 3500 g dir. Qiz bolaning vazni 
o‗g‗il bolaga nisbatan 100-150 g kam bo‗ladi. Tug‗ilgandan keyin birinchi yarim 
yilda bolaning vaznig har oyda o‗rtacha 400 g dan qo‗shiladi. Vazni shunga 
yarasha 1 yili 6-7 kg, 2-yili 2-3 kg, 3-yili 1,5-2 kg ga ortadi. 
O„pkaning hayotiy sig„imini aniqlash orqali uni qancha miqdorda havoni 
qabul qila olishi hamda nafas nafas olishda ishtirok etadigan mushaklarning 
rivojlanganligini bilish mumkin. O‗pkaning hayotiy sig‗imi kattalarda suvli, kichik 
bolalarda esa havoli spirometrlarda aniqlanadi. Bolani tekshirishdan oldin 
maksimal nafas olish tavsiya etiladi, nafasni ushlab turish, lab bilan mundshtukni 
mahkam ushlash va sekin trubkaga hamma nafasini chiqarish tavsiya etiladi. 
Chiqarilgan nafas ichki silindrni to‗ldirib uni ko‗taradi. Ichki silindrda chiqarilgan 
nafasni millilitrlarda o‗lchovi bo‗limlariga bo‗lingan. Tekshirish tugagandan keyin 


246 
silindr tushiriladi va havo chiqariladi. Tekshirish 2-3 marotaba o‗tkaziladi va eng 
katta natija hisobga olinadi. Tekshirish aniqligi 50-100 ml. Mundshtukni har bir 
tekshiruvchidan keyin qaynatib dezinfeksiya qilish kerak. 
Qo„l mushaklarining kuchini aniqlash. Bu ko‗rsatkich qo‗l mushaklarining 
rivojlaniganidan dalolat beradi. Ko‗rsatkichlar qo‗l dinamometrii yordamida 
aniqlanadi. Tekshirish uchun tekshiriluvchi tomonidan dinamometr to‗la panja 
bilan ushlanadi, qo‗l gorizontal holatda olingan yoki yonga uzatilgan holda qattiq 
qisiladi, qo‗shimcha harakatga ruxsat etilmaydi. Tekshirish alohida chap va o‗ng 
qo‗llarda o‗tkaziladi. 
Bel mushaklarining kuchini aniqlash. Buning uchun bel dinomometrini oyoq 
bilan bosib turgan holda ustki qismidan qo‗l bilan tortiladi. Bunda dinamometrning 
ushlaydigan qismi tizza balandligida bo‗lishi kerak. Bo‗yga to‗g‗irlash uchun 
asbobga mo‗ljallangan zanjirlardan foydalanish mumkin. 
Tayanch va harakat apparatlarining holati. Suyakning rivojlanishi uning 
ko‗rinishiga qarab 3 xil baholanadi. 1-ingichka yoki ―tor‖ suyak, bunday bolalarda 
ko‗krak qafasi va elkasi tor, barmoqlari va tovoni kichkina bo‗ladi, 3-keng yoki 
qo‗pol ko‗rinishli, bunday bolalarning elkasi keng, barmoqlari va tovoni katta; 2-1 
va 3-ning o‗rtacha ko‗rinishi darajasida. 
Umurtqa pog‗onasi tayanch vazifasini bajaradi. Umurtqa pog‗onasi 
oldindan, yondan hamda umurtqa pog‗onasi bo‗ylab vertikal yo‗nalishda barmoq 
yordamida o‗tkazilgan chiziq holatiga qarab, kuraklarning simmetrik joylashishi, 
elkaning turishi va qo‗lning tushirilgan holatidagi quymich gumbazigacha bo‗lgan 
oraliqda hosil bo‗ladigan uchburchak ko‗rinishiga qarab baholanadi. Bolalikning 
boshlang‗ich davridan boshlab, uning umurtqa pog‗onasida to‗rtta fiziologik 
egilma paydo bo‗ladi. 
Shundan birinchisi bola 6-7 haftalik davrida, boshini ko‗tara boshlaganida 
umurtqa pog‗onasining bo‗yin qismi oldinga qarab egilishi tufayli, ikkinchi va 
uchinchi bola 6 oylik bo‗lganda o‗tira boshlashi bilan ko‗krak va dumg‗aza 
qismlarida orqaga qarab egilishi hisobiga hosil bo‗ladi. 


247 
To‗rtinchi egilma bola yura boshlaganda umurtqa pog‗onasi bel qismining 
oldinga qarab egilishi tufayli yuzaga keladi. Lekin bola bu davrda ta‘sirotlarga 
beriluvchan bo‗ladi. Bu egilmalar balog‗atga etish davriga kelib to‗la shakllanadi. 
SHu yoshgacha og‗ir yuk ko‗tarilsa, egilish kuchayadi va umurtqa rivojiga salbiy 
ta‘sir ko‗rsatadi. Bolaning partada yoki stolda noto‗g‗ri o‗tirish natijasida umurtqa 
pog‗onasi yon tomonga egilib qoladi. Bunday holat skolioz deb ataladi. 
Skoliozlar chap yoki o‗ng, ba‘zida esa murakkablashgan chap va o‗ng 
hamda o‗ng va chap bo‗lishi mumkin. 
Bundan tashqari, bola umurtqa pog‗onasining qayishqoqlik davrida 
tepalikdan qattiq joyga tik yiqilsa-kifoz, ko‗krak qismidagi fiziologik egilmaning 
orqag‗a qarab jadal egilishi yoki bel qismidagi egilmaning oldinga qarab egilishi- 
lordoz shaklida o‗zgarishi mumkin. Bunday o‗zgarishlar bola o‗sishi va 
rivojlanishiga ta‘sir qiladigan eng salbiy omillardan hisoblanadi. 
Jismonan etilmagan bolalarda suyak sistemasi noto‗g‗ri rivojlanishi tufayli 
qator o‗zgarishlar (elkasi qisilgan yoki bukchaygan, boshi tushgan, ko‗krak yassi, 
ichiga kirgan va boshqa holatlarni uchratish mumkin) 
Oyoq kafti gumbazining shakllanishi. Bola hayotining birinchi yilidan 
boshlab oyoq kafti gumbazi (tovoni) shakllana boradi. Oyoq kafti gumbazining 
rivojlanishiga qarab-to‗g‗ri shakllangan, yassilashishga moyil va yassi bo‗ladi. 
Tovon shaklini aniqlash uchun tovon qismini kaft qismi bilan bog‗lovchi 
oraliqqa va uning kengligiga ahamiyati beriladi. Buning uchun har xil 
bo‗yoqlardan foydalanib, uning izini olish mumkin (plantografiya): tekshiriluvchi 
oyog‗ini bir yarim xlorli temir birikmasining 1% suvdagi eritmasi bilan namlangan 
mato ustiga qo‗yadi so‗ng 0,5% 
taninning spirtdagi 
eritmasi bilan namlangan 
qog‗oz ustida turadi. Bunda bola butun og‗irligini tekshirilayotgan oyog‗iga solishi 
kerak. Olingan shakl quritilib, tegishli belgilar qo‗yilgach, tahlil qilinadi. Shakli 
tushgan tovonning kengligi (a), tovoning perpindikuryal kengligiga (a+b) nisbati 
foizlar hisobida olinadi. Agar shakli tushgan tovonning kengligi umumiy 
kengligining 50% gacha bo‗lsa to„g„ri rivojlangan, 50-60% yassilanishga moyil
60% dan yuqori bo‗lsa, yassi tovon deyiladi. 


248 
Oyoq shaklini aniqlash uchun tekshiriluvchi tovonni birlashtirgan holda 
to‗g‗ri turishi kerak. Oyoqlar to‗g‗ri rivojlanganida tizza bo‗g‗imida birlashib 
turadi. «0» shaklidagi holatda esa tizzalar birlashmaydi. «X» shaklidagi holatida 
bir oyoqning tizzasi ikkinchisining ustiga chiqib turadi. 
Teri ostidagi yog‗ qatlamining yig‗ilishiga qarab, bolaning to‗laligiga baho 
berish mumkin. Yog‗ qatlamining rivojlanganligi suyak sathiga hamda yog‗ 
qatlami qalinligiga qarab aniqlanadi. Kam miqdorda yog‗ qatlami bo‗lsa (1 
darajali), bunda bilak va qovurg‗a suyaklarning qirralar aniq ifodalanadi, qorin 
tortilgan, teri ostidagi yog‗ qatlami juda yupqa, go‗yo teri ostida yog‗ qatlami 
yo‗qdek. 
Suyaklar sathi silliqlashgan bo‗lasa, teri ostida ozroq yog‗ qatlami borligi 
sezilsa, oragnizmda yog‗ning yig‗ilishi o‗rtacha hisoblanadi. Yog‗ miqdori ko‗p 
bo‗lganda suyak sathi sezilarli darajada silliqlashgan, tana ko‗rinishi dumaloq, 
yog‗ qatlami rivojlangan bo‗ladi. 
Teri ostidagi yog‗ qatlamini qo‗l bilan hamda suriluvchi pargar bilan ham 
aniqlasa bo‗ladi. Yog‗ qatlamini qorin bo‗shlig‗ining chekkalaridan kindik 
bo‗ylab, ko‗krak bezidan 2-3 sm pastdan hamda ko‗krak tagidan aniqlanadi. Yog‗ 
qatlamining rivojlanishiga baho berishda bolaning yoshini, jinsini hisobga olish 
zarur. 

Download 1.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   121




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling