Nuraliyeva xafiza otaevna


Download 1.95 Mb.
Pdf ko'rish
bet116/121
Sana19.02.2023
Hajmi1.95 Mb.
#1215029
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   121
Bog'liq
Гигиена дарслик ПДФ

 
 


264 
13.2. KIYIM BOSH VA OYOQ KIYIMI GIGIYENASI. 
Kiyim kechak biz uchun birinchidan ahloqiy ehtiyojni qondirish uchun zarur 
bo‗lsa, ikkinchi tarafdan nomuvofiq, noqulay havodan asrovchi birdan – bir vosita 
hisoblanadi. Past harorat, quyosh nurining to‗g‗ridan - to‗g‗ri ta‘siri, qor, yomg‗ir, 
shamol va boshqalar. Kiyish uchun tavsiya qilingan kiyim kechakdan birinchi 
navbatda tana haroratini boshqarish va tashqi muhit bilan hamkorliqda organizm 
uchun mikroiqlim yaratish talablarga javob berishi nazarda tutiladi. Kiyim bosh 
juda og‗ir va harakatini chegaralamasligi kerak. Bundan tashqari kiyim kechak 
odamning badanini tashqaridan bo‗ladigan ifloslanishdan saqlashi lozim. 
Ayrim turdagi kiyimlarga bo„lgan gigiyenik talablar. 
1. Ichki kiyimlar badanni turli tashqi qitiqlovchi, qo‗zg‗atuvchi ta‘siridan va turi 
tuman ifloslanishlardan saqlaydi. 
2. Ichki kiyimlar issiqni himoya qiluvchi yumshoq, pishiq hamda oq rangda 
bo‗lishi kerak. 
3. Qish fasli uchun yupqa yoqi qanopli matolardan tikilishi kerak. 
4. Issiq fasllar uchun viskozali matolardan tikilishi ma‘qul. 
5. Kuylaklar- asosan paxta, ipak va sherst matolardan tikilgan bo‗lishi kerak. 
6. Kostyumlar - tabiiy asosga ega bo‗lgan jun va sintetik tolalar aralashmasidan
tikilgan bo‗lishi kerak. 
7.Tashqi muhit sharoitlariga organizmning holati va bajariladigan ishning turi va 
hususiyatiga mos kelishi kerak. 
8. Kiyim boshni umumiy og‗irligi tana og‗irligining 10% gacha miqdorida 
bo‗lishi kerak. 
9. Kiyim boshni tikilishi va bichilishi tana harakatini cheklamasligi kerak. 
10. Chang va turli iflosliklardan oson tozalanishi lozim. 
11. To‗qilgan yoki tikilgan mato yumshoq, shu bilan birga pishiq bo‗lsin. 
12. Estetik talablarga javob berishi kerak.
Polimer materiallarning – hozirgi vaqtda kundaliq turmushda plastika va 
kimyoviy talablar, plyonkalar, emallar, laklar ko‗plab ishlatilmoqda. Bu materiallar 
ko‗p miqdorda uy- joy va sanoat qurilishlarida, santexnika jihozlarini tayyorlashda, 


265 
mebel ishlab chiqarishda, oziq-ovqatda ishlatiladigan yangi idishlar, buyumlarni 
solishda ishlatiladigan qop va yashiklar, kiyim bosh va oyoq kiyimlari 
tayyorlashda keng ko‗lamda ishlatilmoqda. 
Polimer materiallari – deganda yuqori malekulali murakkab organik 
birikmalar tushuniladi. Ko‗pgina kartonlarni olishda asosiy mahsulot sifatida 
ko‗mir, neft, va tabiiy gaz ishlatiladi. Kiyim bosh tayyorlashda ishlatiladigan 
su‘niy tolalar sellyuloza asosiy bunyodga keladi ( viskoza , atsetat, triatsetat). 
Bundan tashqari sintetik poliakrilamid asosida nitron tolalari ham keng 
ko‗lamda ishlatiladi. Nisbatan kam miqdorda polivinilxlorifen ( xlorin) 
polipropilenli, polivinil spirti tolalari qo‗llaniladi. 
Bo‗shliqda harorat 34-37 
0
S etar ekan. Havoning harorati pasayishi bilan 
kiyim osti bo‗shlig‗i harorati ham pasaya borar ekan. 
Paxtadan to‗qilgan matolardan tikilgan kiyimlar osti bo‗shlig‗idan xarorat 
40
0
S dan ham oshib ketar ekan va natijada organizmni issiqlab ketishini vujudga 
keltirar ekan. Shoyi o‗zidan juda ham issiqlikni o‗tkazadi, shuning uchun badanni 
sovuq olishdan himoya qiladi. 
Sintetik gazlamalarda o‗ziga namni olish xususiyati past. SHuning uchun 
yilning issiq kunlarida sintetik tolalardan tikilgan kiyimlarda odam o‗zining xuddi 
sovut kiyib olganday his qiladi. 
Allergik va teri kasalligiga duchor bo‗lgan qariyalar va bolalar sintetik 
tolalardan tikilgan kiyimlarni kiymasliklari kerak. Sintetik tolasi bor kiyimlarni 
uzoq vaqt kiyib yurish mumkin emas, balki ularni har quni yuvib turish tavsiya 
etiladi. Bunday kiyimlarni kir holda ham saqlash mumkin emas, chunki kir 
tolalarga shimishib qolib, uning rangini va ko‗rinishini o‗zgartirib yuboradi. 
Oyoq qiyimlariga qo„yiladigan gigiyenik talablar. 
Oyoq qiyimlari – oyoq kaftini eng qulay holatini ta‘minlashi lozim hamda 
oyoqni, sovuqdan, namliqdan ifloslanish va jarohatlanishdan saqlashi qeraq, 
yurgan paytda oyoq panjalari 1,5 sm ga uzunlashib va 1,7 sm ga kengayadi, oyoq 
kiyimning tovon poshnasi 1,5 sm dan oshmasligi shart, ingichka tor va kalta oyoq 
kiyimlari oyoq panjalarini o‗zgartiradi. Oyoq kiyimlari tabiiy materiallardan 


266 
charm, jun va sitetik materiallardan tayyorlanadi. Foydalanishga chiqariladigan 
oyoq kiyimlarining 63 foizida sintetik materiallar ishlatiladi. 
Oyoq kiyimlari qanday materialdan va qaysi formada ishlab chiqarilganidan 
qa‘tiy nazar, shu erning iqlimiga mos kelishi kerak. Issiq iqlim sharoiti uchun oyoq 
kiyimlarni tagligi charmdan ishlangani ma‘qul. 
Muomulaga chiqarilgan oyoq kiyimlari kiyish uchun qulay va engil o‗zidan 
bug‗ni yaxshi o‗tkazuvchan, suvni kam o‗tkazuvchan, kimyoviy jihatdan 
mustahqam, tez tozalanadigan va iqlimga mos bo‗lishi kerak. 
Bizga ma‘lumki, odamni oyoq kafti gumbaz yoki kuba shakliga ega va 
uning asosini va orqa tayanchini tovon suyagi tashkil qilib, old tarafdan 1 va 2 kaft 
suyakdan va 100 tadan ortiq bo‗g‗indan iborat. Oyoq kaftni gumbaz shaklida 
tuzilganligi, tana og‗irligi butun kafti barobar taqsimlab, ressora kabi yurishdagi 
har bir siltovni yumshatib beradi. SHuning uchun kundalik kiyish uchun keng, past 
poshnali oyoq kiyimi bo‗lishi kerak. Bu holda tana og‗irligi oyoq kiyimiga bir 
hilda taqsimlanib, yurganda oyoqni charchatmaydi, oyoq panjalari bemalol 
joylashadi. 
Ko‗p holda yosh qizlarga va ayollarga ko‗zimiz tushadi, ular baland 
poshnali, to‗lishig‗i haddan tashqari ingichka va uzun yoki qisqa qilib aytganda ― 
modadagi tufli kiyganlar‖ buni nimasi yomon? Bunday oyoq kiyimini oyoq 
panjalarida qadoq paydo bo‗lishi, oyoq barmoqlarini shaklini va joylashishini 
o‗zgartiradi. Tirnoqlarni noto‗g‗ri o‗sishiga imkon yaratadi va yassi tovonlikni 
keltirib chiqaradi. Baland poshnali oyoq kiyimi umuman zararli, qachon-ki uni 
doimo kiyib yurilsa, ayniqsa yosh o‗suvchi organizm uchun, baland poshnali 
tuflida yurishni qadam tashlashni, omonat qilib oyoq bo‗g‗imlari va oyoq paylari 
buzilib ketishi hafini tug‗diradi. Bundan tashqari yurganda gavda orqa tomonga 
tashlanib turadi. Chunki baland poshna siljiydi. Natijada mushaklar o‗ta zo‗riqadi, 
vaqt o‗tishi bilan gavdani holati ham o‗zgarib, ichki organning siljishiga sabab 
bo‗ladi. Umurtqa pag‗onasining bel qismidagi egilgan joyi, ko‗piroq egiladi va 
natijada tazning uzunasiga kesimi kamayadi, xomiladorliqda, tug‗ishda biroz qiyin 
bo‗ladi. SHuning uchun oyoq kiyimni xarid qilar ekanmiz, o‗zimizni oyoq 


267 
panjalarining 
kun 
davomida 
uzayib 
va 
torayib 
turishligini 
yoddan 
chiqarmasligimiz kerak. Yomg‗irli kunlarda mikropona poshnali ( suv 
o‗tkazmaydigan ) etiklardan, yozda esa havoni yaxshi o‗tkazadigan sandallardan 
foydalanish lozim. 
Xonadon a‟zolari uchun gigiyenik tavsiyalar: 
1. Xonadoningizda doimo ozodalik bo‗lishiga harakat qiling. 
2. Oila a‘zolaringiz uchun alohida o‗rin-ko‗rpa tuting. 
3. Doimo yostiq, ko‗rpa-to‗shak, ko‗rpachalar ustidan choyshablar solinishni odat 
qiling.
4. Kamida haftada bir marta choyshablarni almashtiring. 
5. Oshxona, vanna va hojatxonalarni xar kuni tozalang. 
6. Tez buziladigan oziq-ovqat mahsulotlarini (go‗sht, sut va sut mahsulotlari, 
kremli pishiriqlar va boshqalar) sovutgichlarda saqlang. 
7. Suvni qaynatib iching. 
8. Meva va sabzavotlarni iste‘mol qilishdan oldin yaxshilab iliq suvda yuving. 
9. Axlatlarni qopqog‗i bor idishlarda yig‗ing va yig‗ilgan axlatlarni xar kuni 
axlatxonaga tashlashga odatlaning. 
10. Xonalarga pashshalar kirmasligini oldini oling. 

Download 1.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   121




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling