Nuraliyeva xafiza otaevna


 GEN-MODIFIKATSIYALANGAN OZIQ-OVQAT


Download 1.95 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/121
Sana19.02.2023
Hajmi1.95 Mb.
#1215029
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   121
Bog'liq
Гигиена дарслик ПДФ

2.5. GEN-MODIFIKATSIYALANGAN OZIQ-OVQAT 
MAHSULOTLARI VA ULARNING ORGANIZMGA TA’SIRI
TO‘G‘RISIDA MA’LUMOTLAR. 
Hozirgi kunda yangidan yangi texnologiyalar va yangi oziq-ovqatlar ishlab 
chiqarilmoqda, bu esa xar xil kasalliklarni yuzaga kelishiga sabab bo‗lmoqda va 
ko‗plab muammolarni keltirib chiqarmoqda. Shuni aytish joizki, qishloq xo‗jaligi 
va oziq-ovqatlarni qayta ishlash texnologiyalarini globallashuv jarayoni sababli
o‗simlik va xayvonlarni genetik jihatdan o‗zgartirilishi katta o‗zgarishlarga olib 
kelmoqda. 


42 
Genetik o„zgartirilgan oziq-ovqat. Oziq-ovqat sanoatining eng bahsli 
mavzularda biri genetik o‗zgartirilgan (GO‗) oziq-ovqat, ya‘ni muhandislar 
tomonidan ishlab chiqarilgan o‗simliklar genidir.
GO‗ o‗simliklar yoki ularning mahsulotlarini genlarni o‗z ichiga oladi, ya‘ni
boshqa o‗simlik, hayvon yoki bakterial turlarini yoki laboratoriya sharoitida ishlab 
chiqilgan genlar maqsadli ravishda ishlab chiqariladi. Bundan maqsad bir yoki bir 
necha kun uchun emas, balki uzoq muddatli yaxshi genni o‗zgartirilishi bilan shu 
o‗simlikdan olinadigan hosilni ko‗paytirish va yuqori samara erishishdir. Bu bilan 
o‗simliklarda qurg‗oqchilikka va tuproq sharoitiga chidamlilik qobiliyatini 
oshirish, turli xil o‗simliklarda uchraydigan chidamliligini oshrish bilan birga
ularni ozuqaviy qiymatini xam oshirishni ta‘minlaydi. Ba‘zi taxminlarga ko‗ra 
pestitsidlardan foydalanish kamroq samara beradi. 
SanQvaM №0361-18 ―Gen injeneriya usuli bilan olingan oziq ovqat 
mahsulotlarining inson hayoti va salomatligi uchun havfsizligini baholash‖ - 
ushbu sanitariya qoidalari respublikada ishlab chiqariladigan va olib kiriladigan, 
iste‘mol bozoriga etib keladigan gen injeneriya usuli bilan olinadigan oziq-ovqat 
mahsulotlari va oziq-ovqat xom ashyosi xavfsizligini nazorat qilishning samarali 
mexanizmlarini joriy etilishini ta‘minlaydi va iste‘molchilarning hayoti va sog‗lig‗i 
uchun ularning xavfsizligini baholash tartibini belgilaydi. 
Sanitariya qoidalarida qayd etilgan talablar respublika hududiga olib kirishni 
muvofiqlashtirish bosqichida yoki geninjeneriya usuli bilan olingan oziq-ovqat 
xom ashyosi va oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish uchun me‘yoriy 
hujjatlar (standartlar) loyihalarini muvofiqlashtirish bosqichlarida qo‗llaniladi. 
SanQ va M № 0366 – 19 ― Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligining 
gigiyenik normativlari‖ da bolalar ovqatlanish mahsulotlarida tarkibida oziq-ovqat 
mahsulotlaridagi mahsulot hajmining 0,9% dan ziyod GMO dan tarkib topishi va 
tarkibida GMO bo‗lishiga ruxsat etilmasligi keltirilib o‗tilgan.
Oxirgi paytlarda ifloslangan oziq-ovqatlardan zararli infeksiyalar keng 
tarqalmoqda, bularning oldini olish uchun Butun Dunyo Sog‗liqni Saqlash 


43 
Tashkiloti o‗z e‘tiborini shu masalalarga qaratgan. Ular tomonidan xavfsiz oziq-
ovqat tayyorlash va iste‘mol qilish uchun 10 ta qoida ishlab chiqilgan.
1. Xavfsizlik uchun oziq-ovqat yaxshisini qayta tanlang. 
2. Oziq-ovqatlardan sabzavotlarni ko‗proq tanlash. 
3. Yangi pishirilgan oziq-ovqat iste‘mol qilish. 
4. Yangi pishirilgan oziq-ovqatni maxsus idishlarda saqlash. 
5. Pishirilgan ovqatlarni me‘yorda isitish. 
6. Xom va pishirilgan oziq-ovqat o‗rtasida chegara saqlash. 
7. Qo‗llarni yuvish. 
8. Barcha oshxonalarni tozaligiga sinchiklab qarash. 
9. Hasharotlar, kemiruvchilar va boshqa hayvonlardan oziq-ovqatni himoyalash. 
10. Toza suvdan foydalanish. 
Amerika Qo‗shma Shtatlarida davlat va mahalliy tashkilotlar tekshirish, 
nazorat ostiga olish va monitoring qilishni o‗z zimmasiga oladi. Bular o‗z 
huquqidan kelib chiqqan xolatda restoranlar, chakana oziq-ovqat sotadigan 
muassasalar, don maxsulotlari bilan shug‗ullanuvchilar va oziq-ovqat 
muassasalarini tekshiradi. Ularning maqsadlari oziq-ovqat maxsulotlarini 
xavfsizligini tekshirish va ulardan to‗g‗ri foydalanish, ularni chakana va ulgurji 
savdoga chiqarish va marketing sohasini nazoratga olishdan iborat. Bu vazifalarni 
bajarishda maxsulotlarni ishlab chiqarish yoki qayta ishlash usullarini tekshirish, 
eksertiza qilishni tashkillashtirish va oziq-ovqat muassasalarni litsenziya uchun 
ruxsat berishdir. Ishlab chiqarishda va qayta ishlashda har bir joyda oziq-ovqatni 
tekshirish va tarqatish imkoniyati mavjuda emas. Shu tufayli imtiyozli qoidalarga 
rioya qilish kerak bo‗ladi. Uzluksiz ishlab chiqarish va ehtimoliy ishlab 
chiqarishda birinchi navbatda talablarga mos kelmaganligi uchun jarima va 
ma‘muriy javobgarlikka tortiladi.

Download 1.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   121




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling