Nuraliyeva xafiza otaevna
Download 1.95 Mb. Pdf ko'rish
|
Гигиена дарслик ПДФ
Nazorat savollari 1. Ratsional, to‗g‗ri ovqatlanish nima? 47 2. Ovqat ratsioni nima? 3. Ovqat ratsioniga qo‗yiladigan gigiyenik talablar. 4. Oziq-ovqat mahsulotlarining tarkibiy qismlarini me‘yorlari va manbalari. 5. Bir kunlik energiya nimalarga sarflananadi? 6. Energiya sarfi qaysi usullar yordamida aniqlanadi? 5. Ovqatlik moddalarni organizm uchun biologik ahamiyati. 6. Birlamchi alimentar kasalliklarning sabablari. 7. Ikkilamchi alimentar kasalliklarni kelib chiqish sabablari 8. Ovqatdan zaharlanish turlari. 9. Ovqatdan zaharlanishni oldini olish chora tadbirlari nimalardan iborat? 10. Vitamin S miqdorini aniqlash usullari. 11.Toksikoinfeksiyalarning kelib chiqish sabablari. 12. Stafilokokk intoksikatsiyasida kuzatiladigan klinik belgilar. 13. Stafilokokk toksinidan zaxarlanishning oldini olish yo‗llarini aytib bering. 14. Botulizm kasalliginig sababchisi. 15. Botulizm kasalligi bilan kasallagan bemor qanday klinik belgilardan shikoyat qiladi? 16. Septik anginaning o‗ziga xos klinik belgilari. 17. Ichak tayyoqchasi va protey qo‗zg‗atadigan toksikoinfeksiyalarning profilaktikasiga nimalar kiradi? 48 III. BOB. MEHNAT GIGIYENASINING UMUMIY ASOSLARI VA MEHNATNI MUHOFAZA QILISH. ISHLAB CHIQARISH MUHITIDAGI FIZIKAVIY, KIMYOVIY VA BIOLOGIK OMILLAR. 3.1. MEHNAT GIGIYENASI ASOSLARI TO‘G‘RISIDA TUSHUNCHA. Mehnat gigiyenasi — umumiy gigiyena fanining bir qismi bo‗lib, mehnat jarayoni va ishlab chiqarish muhiti sharoitlarining organizmga ta‘sirini o‗rganish bilan bir qatorda ishchi xodimlarning sog‗lig‗ini saqlash, ish qobiliyatini va mehnat unumdorligini oshirishni ta‘minlaydigan gigiyenik va profilaktik tadbirlarni ishlab chiqadi. Mehnat gigiyenasining asosiy maqsadi mehnat sharoitlarini yaxshilash va ishchilar salomatligini muhofazasiga qaratilgan sanitar – gigiyenik, davolash profilaktik chora tadbirlar kompleksini yaratishdir. Mehnat gigiyenasining asosiy vazifalari : 1) optimal ish sharoiti yaratish; 2) umumiy kasallanish va jarohatlanishni pasaytirish, kasb kasalliklarini oldini olish; 3) mehnat unumdorligini oshirish. Ish sharoiti - ishchini o‗rab turgan muhitni va ishlab chiqarish jarayonining omillari ta‘sir majmuidir. Ish sharoiti va mehnatni tashkil etilgani bu ishlab chiqarishdagi zararli va xavfli omillar, ish davomiyligi, dam olish davomiyligi va ularning almashinib turishi hisoblanadi. O‗zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksida ish vaqti tushunchasiga quyidagicha ta‘rif berilgan ―Ish vaqti deb, ishchining ish tartibi yoki grafigiga yoki kelishuv asosida o‗zining ish majburiyatini o‗tashi tushuniladi.‖ Kasb kasalligi ayni shu kasb uchun spetsifik hamda ishlab chiqarish muhitining yoki ish jarayonining zararli va havfli ta‘siri natijasida orttirilgan kasallik. Respublikamizda ishlab chiqarish korxonalarida ish sharoitini va mahsulot sifatini yaxshilash, unumdorlikni oshirish, kasb kasalliklarini oldini olish maqsadida bir qancha me‘yoriy xujjatlar ishlab chiqilgan: 49 1. SanQvaM № 0325-16 ―Ish joylarida shovqin darajasiga bo‗lgan sanitar me‘yorlar‖ 2. SanQ va M № 0326-16 ―Ish joylaridagi umumiy va mahalliy vibratsiyaning sanitar me‘yorlari‖. Kasb tufayli salbiy ta‘sir etuvchi omillarni 4 guruhga bo‗lish mumkin. 1. Mehnatni noto‗g‗ri tashkil qilishga aloqador zararlar: a) tananing uzoq vaqtgacha bir vaziyatda bo‗lishi; b) harakat boshqaruvi va ayrim sezgi a‘zolari (ko‗rish, eshitish) ning ortiqcha zo‗riqishi; v) noto‗g‗ri mehnat tartibi. 2. Ishlab chiqarish jarayoniga aloqador zararlar: a) fizikaviy omillar (noqulay mikroiqlim, atmosfera bosimining o‗zgarishlari va boshqalar); b) kimyoviy omillar (gazlar, zaharli birikmalar va boshqalar); v) biologik omillar (mikroorganizmlar, gijjalar ularning tuxumlari va boshqalar); g) radiologik omillar va boshqalar. 3. Mehnat sharoitiga aloqador zararlar: havo almashinishi ya‘ni ventilyasiya, yoritilish, maydon sathi, uning hajmi va boshqalarning etarli bo‗lmasligi. 4. Asab tizimining me‘yoridan ortiqcha zo‗riqishi. Ishchi organizmiga bu omillarning ta‘siri natijasida kasbga aloqador kasalliklar rivojlanishi mumkin (pnevmokoniozlar, tebranish va korxona shovqini natijasida karlik va boshqalar). Hozirgi vaqtda kasb kasalliklari sonining o‗sishiga asosan, surunkali kasalliklar va zaharlanishlar sabab bo‗lmoqda. Kasb kasalliklarining oldini olish maqsadida O‗zbekiston Respublikasi Sog‗liqni saqlash vazirligining ―Xodimlarni tibbiy ko‗rikdan o‗tkazish tartibi to‗g‗risidagi nizomni tasdiqlash haqida‖ 2012yil 10 iyuldagi 200- sonli buyrug‗iga binoan Respublikada ishga qabul qilishdan oldin va ishlash paytida takroriy tibbiy ko‗riklardan o‗tkazish tizimi joriy etilgan. Buyruqda tibbiy ko‗rikni o‗tkazish tartibi to‗g‗risida ma‘lumotlar batafsil keltirilgan.Unda Ish beruvchi hududiy davlat sanitariya-epidemiologiya xizmati va tashkilotning kasaba uyushmasi qo‗mitasi bilan birgalikda har kalendar yilning 1 dekabrigacha tashkilotdagi tibbiy ko‗rikdan o‗tkazilishi shart bo‗lgan xodimlarning lavozim bo‗yicha kontingentini aniqlashi va bu haqda mazkur Nizomda keltirilgan shaklga muvofiq dalolatnoma tuzishi lozim. Ish beruvchi tibbiy ko‗rikdan 50 o‗tkazilishi shart bo‗lgan xodimlarning lavozim kontingentidan kelib chiqib hududiy sanitariya-epidemiologiya xizmati va tashkilotning kasaba uyushmasi qo‗mitasi bilan kelishgan holda tibbiy ko‗rikdan o‗tishi shart bo‗lgan xodimlarning ro‗yxatini tuzadi va tibbiy ko‗rikni o‗tkazuvchi davolash-profilaktika muassasasiga taqdim etadi. Tibbiy ko‗rikdan o‗tishi shart bo‗lgan xodimlarning ro‗yxatida tashkilot nomi, xodimning kasbi, u ishlayotgan sex yoki boshqa bo‗linma nomi, ishlab chiqarishning xavfli va zararli omillari hamda xodimning ushbu omillar ta‘siridagi ish staji ko‗rsatiladi. Xodimlarni tibbiy ko‗rikdan o‗tkazish maqsadida tibbiy ko‗rikni o‗tkazuvchi davolash-profilaktika muassasasining rahbari tomonidan hududiy sanitariya-epidemiologiya xizmati bilan kelishilgan holda mazkur Nizomda keltirilgan shaklga muvofiq xodimlarning tibbiy ko‗rikdan o‗tkazishning kalendar rejasi tuziladi. Agar xodim o‗z sog‗lig‗ining holati mehnat sharoiti bilan bog‗liq holda yomonlashgan deb hisoblasa, u navbatdan tashqari tibbiy ko‗rikdan o‗tkazishni talab qilish huquqiga ega. Dastlabki tarzda tibbiy ko‗rikdan o‗tishi shart bo‗lgan xodimlar tashkilot tomonidan tibbiy ko‗rikni o‗tkazuvchi davolash-profilaktika muassasasiga mazkur Nizomda keltirilgan shaklga muvofiq taqdim etilgan yo‗llanma asosida tibbiy ko‗rikdan o‗tkaziladi. Mehnat sharoiti va ish jarayoni quyidagicha: 1. Ishlab chiqarish va texnologik jarayon turi (mashina qurilishi, kimyoviy sanoat qurilishi). 2. Mehnatni tashkil qilinishi (mexanizatsiya darajasi, stanokda ishlash, dam olish, mehnat). 3. Kasbga ta‘luqlilik. Download 1.95 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling