Nuraliyeva xafiza otaevna
Xonalar havosi tarkibidagi chang miqdorini aniqlash
Download 1.95 Mb. Pdf ko'rish
|
Гигиена дарслик ПДФ
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1. Konimetrik usul.
Xonalar havosi tarkibidagi chang miqdorini aniqlash.
Diametri 5 nm dan katta va 0,3—0,4 nm dan kichik bo‗lmagan, tarkibida ozod kremniy (II)- oksidini tutgan zarrachalar yuqori darajada fibrogen faollikka ega. Shu sababli korxonada (ish joylarida) changning disperslik darajasini, miqdorini, chang zarrachalarining morfologiyasini va uning tarkibidagi ozod kremniy (II)- oksidining miqdorini aniqlab, korxonaning havo muhitiga gigienik baho beriladi. Ish joylaridagi havo tarkibidagi chang sifati (chang zarrachalarining soni — konimetrik usul) va miqdori (ma‘lum bir hajmda changning miqdori — 61 gravimetrik usul) aniqlanadi. Chang miqdori aniqlanganda bir yo‗la uning morfologiyasini, kimyoviy tarkibini, organizmning biologik birikmalarida erishini va solishtirma og‗irligini ham aniqlash mumkin. Korxonalar havosining changlanganini ifodalash uchun xaritalar, respirator, analitik tarozi, allonj, AFA — FPP—15 filtrlari, rezina shlanglar, aspirator (chang tortuvchi), reometr, eksikator, Ouens-1 apparati, mikroskop, lupa, mikrometr, changdan namuna olish uchun oyna va unga qoplama, psixrometr, barometr, ozod kremniy (II)- oksidining miqdori to‗g‗risida ma‘lumot, yuqori konsentratsiyali sulfat kislotasi. 1. Konimetrik usul. Bu usul bilan ma‘lum hajmda chang zarrachalari sonini aniqlash bilan bir qatorda uning kattaligini, shaklini, rangini, o‗tkir qirralari borligini aniqlash mumkin. Demak, bu usul chang zarra-chalariga sifat jihatdan baho berishga imkon beradi. Aksariyat chang zarrachalari mayda bo‗lganligi tufayli, mikroskop, lupa va h. k. lardan foydalaniladi. Chang zarrachalarining katta-kichikligini aniqlashda Ouens-1 asbobi qo‗llanadi. Ouens-1 asbobining ishlashi quyidagilarga asoslangan: avvalo tarkibida chang zarrachalarini tutgan havo asbobning naysimon qismida suv parlari bilan to‗yintiriladi (1), so‗ng nasos (2) yordamida tor tuynuk orqali (3) katta bo‗lmagan kameraga (4) tortiladi, tortilgan havo tor tuynuk qarshisiga o‗rnatilgan shisha plastinkaga (5) uriladi. Kameraga nasos orqali tortilib kirgan havo kengayadi, harorati pasayadi, buning natijasida chang atrofidagi par bilan qoplanadi (kondensatsiyalanadi), so‗ng tarkibida chang zarrachalarini tutgan mayda suv tomchilari oyna sathiga yo‗lchaga o‗xshash shaklda joylashadi, tez orada suv zarrachalari parlanib, chang shisha plastinkaga o‗rnashib qoladi. Chang zarrachalarini mikroskopda sanash uchun maxsus kesilgan mikroskopik oynaga o‗rtasi ochiq halqa shaklida qirqilgan qog‗oz yopishtiriladi, so‗ng halqa ustiga asbobdan olingan (chang yo‗li tushgan) qoplagich-yupqa shisha plastinka (chang yo‗lini ichkariga qilib) yopishtiriladi. Chang zarrachalarini 100 marta katta qilib ko‗rsatuvchi zarrabin (mikroskop) da sanash mumkin. Chang 62 zarrachalari mikroskop okulyariga o‗rnatilgan mikrometrik to‗r (setka) orqali sanaladi. Chang zarrachalarining miqdori quyidagi formulaga ko‗ra aniqlanadi: X = N x S/ S Bu erda: X- 1 ml havo tarkibidagi chang zarrachalarini soni N- 1 satxda chang yo‗li bo‗yicha ko‗ndalang yotgan chang zarrachalari soni S-butun chang yo‗li orqali tortilgan havoning hajmi S- nasos orqali tortilgan havoning hajmi Download 1.95 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling