Nuraliyeva xafiza otaevna
Download 1.95 Mb. Pdf ko'rish
|
Гигиена дарслик ПДФ
1. Bartaraf etish yoki almashtirish. Bunday yondashuv zaharli bir
moddaning qo‗llanilishini butunlay bartaraf etish yoki boshqa shu moddani o‗rnini bosuvchi kam zaharli moddadan foydalanishni o‗z ichiga oladi. 2. Jarayon yoki uskunalarni o„zgartirish. Bu holatda ish jarayonida xavfli materiallarga duch kelganda uskunalarni o‗zgartirish va texnik vaziyatni xisobga olib, unga bog‗liq xavfni kamaytirish muhimdir. Tez-tez professional sog‗liq standartlariga javob bermaydigan uskunalarni o‗zgartirib borish zarur. 3. Izolyasiya yoki to„siq. Juda zaharli materiallarni o‗z ichiga olgan operatsiyalar davomida xavf manbai va uning ta‘sir ko‗rsatishidan ishchilarni himoya qilish maqsadida to‗siq qo‗yish orqali ob‘ekt xavfsiz holatga 88 keltiriladi. Ko‗pincha ishchining bu jarayondagi izolyasiyasini amalga oshirish uchun robotlardan foydalanish mumkin bo‗ladi. 4. Mahalliy ventilatsiya va havo tozalash. Havodagi gazlar yoki barcha sanoat operatsiyalaridagi zaharli moddalarva zarrachalar shamollatish tizimi orqali yo‗q qilinishi mumkin. Uskunalar ikki turda bo‗lishi mumkin: qo‗lqop qutisiva laboratoriya qaytarma qalpog‗i. Chiqarish tizimi orqali havo tozalanadi va bu esa faqat havo tozalash qurilmalari orqali amalga oshirilishi kerak (masalan, filtr, havo respiratori va havo so‗rg‗ich kabi). Ba‘zi hollarda, olib tashlangan ifloslantiruvchi moddalar jarayonning o‗zida qayta ishlanishi mumkin. 5. Shahsiy himoya vositalari. Ishlab chiqarish jarayonida ishchilar shahsiy ximoya vositalaridan foydalanishlari kerak. Og‗ir uskunalar bilan ishlaydigan ishchilar og‗ir zarblardan ximoyalovchi qaytaruvchi anjom, ko‗zoynak, va xavfsizlik poyafzali bilan ta‘minlash kerak. O‗yuvchi va zaharli kimyoviy moddalar bilan ishlaydigan ishchilar esa yuzga taquvchi niqob bilan himoyalanishlari kerak. 6. To„g„ri ish tajribasi va ozodalik. Ushbu ikkala tadbirlar nazorat qilish strategiyasining muhim samarali tarkibiy qismlaridan biridir. To‗g‗ri ish tajribasi operatsion uskunalarning to‗g‗ri dizaynini o‗z ichiga oladi, ular zararli ta‘sir va chiqindilarni kamaytirish uchun xizmat qiladi. Biron bir xavfli ish jarayonini bajarishdan oldin texnika xavfsizligi bo‗limidan ruxsatnoma olinishi talab qilinadi. Ozodalikda shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya qilish nazarda tutilgan. Download 1.95 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling