Nuraliyeva xafiza otaevna


 DORIXONA XODIMLARINING SHAXSIY GIGIYENASI


Download 1.95 Mb.
Pdf ko'rish
bet47/121
Sana19.02.2023
Hajmi1.95 Mb.
#1215029
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   121
Bog'liq
Гигиена дарслик ПДФ

4.3. DORIXONA XODIMLARINING SHAXSIY GIGIYENASI. 
Dorixona ishchi-xodimlariga qo‘yiladigan sanitariya-gigiyena talablari. 
Dorixona xodimlari ishga kirishdan oldin dastlabki va ish jarayonida davriy 
tibbiy ko‗riklardan o‗tishlari kerak va ko‗rik natijalari sanitariya daftarchasiga 
qayd etiladi. Farmatsevtika xodimlari bir yilda bir 
marta terapevt, 
dermatovenerolog nazoratidan o‗tishi, flyurografiya qildirishi, jinsiy yo‗l bilan 
yuqadigan kasalliklarga analiz topshirishi lozim. Ishlab chiqarish sohasida 
ishlaydigan xodimlar qo‗shimcha yiliga bir marta oftalmolog, nevropatolog, 


102 
otorinolaringologga tashrif buyurishlari, leykotsit formulasini aniqlash uchun 
umumiy qon testini o‗tkazishlari kerak. Bundan tashqari, har bir xodim o‗z sog‗ligi 
to‗g‗risidagi ma‘lumotlarni rahbariyatga ma‘lum qilib borishi kerak. Yyqumli 
kasalliklar bilan kasallangan, teri va ko‗z, burun shilliq pardalarining shikastlanishi 
bo‗lgan ishchi xodimlar ishga qo‗yilmaydi. Kasallik aniqlangan ishchi xodimlar 
davolanish va sog‗ligini qayta tiklash uchun yuboriladi va davolash profilaktika 
muassasasi tomonidan sog‗ligi tiklanganligi to‗g‗risidagi ma‘lumotnoma 
bo‗lsagina ishlashga ruxsat beriladi.
Shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya qilish har bir inson uchun albatta 
bajarilishi shart va bu odatiy bo‗lishi lozim. Dorixona xodimlarining shaxsiy 
gigiyena qoidalariga rioya qilishi katta ahamiyatga ega, chunki sanitariya 
qoidalarini buzilishi dorixona ichidagi infeksiyaning tarqalishi va dorilarni 
ifloslanishiga olib keladi. Bundan tashqari dorixona xodimlarining tashqi 
ko‗rinishi, kiyim va qo‗llarining tozaligi, soch turmaklashi, gigiyenik bilimlarga 
amal qilishi sanitariya oqartuvida katta rol o‗ynaydi. Dorixona xodimlarining 
xaridorlar bilan bo‗lgan muomalasi, gapirish madaniyati namunali bo‗lishi kerak. 
Dorixona xodimi ish vaqtida doimo xalatda va bosh kiyimda (ro‗mol yoki 
qalpoq) bo‗lishi kerak. Shuning uchun u uchta xalat va uchta bosh kiyimi bo‗lishi, 
kamida ikki marta almashtirishi, sochlarini bosh kiyim ostiga olishi, qo‗llarini 
sovunlab va dezinfeksiyalovchi moddalar bilan yuvishi lozim. Xalat va shahsiy 
kiyimlar alohida saqlanishi lozim. Dorixona xodimlari ishga kelganlarida oyoq 
kiyimlarini almashtirishlari lozim. 
Dorixona 
xodimlari 
hojatxonaga 
kirayotganlarida 
xalatni 
echishi, 
chiqqandan so‗ng qo‗llarni sovun, dezinfeksiyalovchi modda bilan yuvishi kerak. 
Hojatxona oldida sovuq va issiq suv keltirilgan rakovina, dezinfeksiyalovchi 
moddali eritma, elektr quritgich, xalat va sochiq uchun ilmoqcha, bularning 
hammasi hojatxonadan oldingi xonada bo‗lishi kerak. 
Xalatda ishlab chiqarish xonalaridan, dorixonadan tashqariga chiqishi, 
ishlab chiqarish xonalariga xalatsiz kirishi, dastro‗moldan tashqari begona 


103 
narsalarning xonaga olib kirish, saqlash mumkin emas. Shkafda shahsiy kiyim va 
ishlab chiqarish kiyimlarini saqlash ta‘qiqlanadi. 
Terining tozaligi shaxsiy gigiyenaning asosiy talablaridan hisoblanadi. 
Ayniqsa tirnoq osti tozalik holatiga e‘tibor berish lozim. 
Aseptik sharoitida dori tayyorlaydigan xodimlar shaxsiy gigiyena 
qoidalariga rioya qilishlari lozim. Steril dorilarni tayyorlash shaxsiy gigiyena 
qoidalariga rioya qilgan holatlarda tayyorlanilishi kerak. Ish vaqtida tananing 
barcha qismi yopiladigan (jarrohlik) xalat, bosh va oyoq kiyim, dokali niqob 
kiyilishi shart. Kiyimlar aseptika (shlyuz) xonasiga kirish oldida almashtirilishi 
kerak. 
Ishlab chiqarish xodimlari oziq-ovqat, chekish materiallari yoki shaxsiy 
dori-darmonlarni dorixonalar ishlab chiqarish sohalarida va tayyor mahsulotlarni 
saqlash joylarida iste‘mol qilmasligi va saqlamasligi kerak. Xalatlarining 
cho‗ntaklarida ro‗molchadan tashqari shaxsiy buyumlar bo‗lmasligi kerak. 
Spasokukotskiy-Kochergin usulida 100 ml suv va 0,5ml 10% ammiak 
eritmasi solingan ikkita sirli tog‗arachada qo‗l zararsizlantiriladi. Qo‗lni dokali 
salfetka yoki paxta bilan avval birinchi, so‗ng ikkinchi tog‗arachada 
zararsizlantiriladi. Agarda ikkinchi tog‗aradagi suv xira bo‗lsa zararsizlantirishni 
yana takrorlash lozim. Qo‗l yuvilganidan so‗ng quruq steril sochiq, so‗ng 3-5 
daqiqa 70
0
S etil spirti bilan artiladi.
Bu omillarni oldini olish uchun avvalambor ish joyini to‗g‗ri jihozlash, 
kompleks va kichik mexanizatsiyalangan texnologik va tashkiliy muhit 
ta‘minlanishini to‗g‗ri tashkil qilish kerak. Barcha kerakli jihozlar, dori tayyorlash 
uchun kerak bo‗ladigan qo‗shimcha materiallar va moddalar ortiqcha harakat 
qilmaslik, osonlikcha olish uchun ish stoliga maksimal darajada yaqin joyga 
joylashtirilgan bo‗lishi kerak. Ish joyi qulay, tanani noto‗g‗ri tutishga majbur 
qilmaydigan qilib tanlanishi kerak. 
Ishda qo‗llaniladigan jihozlar va buyumlar stol ustida qulay va ratsional 
joylashtirilishi lozim. Ish jarayonida o‗ng qo‗lda olinadigan barcha narsalar (tarozi 


104 
toshlari, ruchka va boshqalar) o‗ng tarafda joylashtirilishi kerak. Chap tarafda 
tarozi, signaturlar, dorixona shisha idishlari va boshqalar joylashtiriladi. 
Stol va stul konstruksiyasi organizmning fiziologik holatiga mos kelishi va 
ishlashga qulay bo‗lishi kerak (harakatlanadigan, aylanadigan va boshqa). 
Ish turini va faoliyatini almashtirib turish maqsadga muvofiqdir. Kukunli 
dori shakllarini qadoqlashda, idishlarni to‗ldirishda, eritmalarni qadoqlashda va 
boshqa jarayonlarni qo‗l mehnati bilan bajarishni qisqartirish va iloji boricha to‗liq 
taqiqlash kerak. 
Ko‗pgina 
diqqatni 
ishlab 
chiqarish 
jismoniy 
mashgg‗ulotlarga, 
mikrotanaffusga, tana holatini o‗zgartirishga, mehnatning ilmiy elementlarini 
kiritishga qaratish lozim. Tahminiy va davriy tibbiy ko‗rikdan o‗tkazish, ko‗z, 
tayanch-harakatlantiruvchi apparatlardagi o‗zgarishlar va boshqa kasalliklarni 
oldini olishga imkon beradi. 
Ishlab chiqarishda aseptik sharoitda ishchi xodimlarni ishlashga tanlash va 
tayyorlashga alohida e‘tibor qaratish lozim. Aseptik bo‗limda ishlaydigan xodimlar 
ishlab chiqarish jarayonidagi noqulayliklarga, ya‘ni qo‗llarni doimiy tozalashga,
kiyimni qat‘iy belgilangan ketma-ketlikda o‗zgartirishlarga, yuzga taqiladigan 
niqoblarga, qo‗ldagi rezina qo‗lqoplarga ko‗nikishlari shart bo‗ladi. Xodimlarning 
salomatlik holatiga alohida e‘tibor beriladi va quyidagilarga aseptik bo‗limda 
ishlash taqiqilanadi: tanasidan ter va epidermis ko‗p ajratuvchilar, allergik 
kasalliklarga chalinganlar, surunkali yo‗talga chalinganlar, bakteriya tashuvchilar. 
Xodimning og‗iz va burun bo‗shlig‗i dastlabki sanatsiyadan o‗tkazilishi zarur. 
Xodimning shaxsiy psixologiyasiga xam alohida e‘tibor beriladi. Tinch, 
muvozanatli xarakterga ega bo‗lish talab etiladi, chunki hissiy odam odatda tezroq 
harakat qiladi, ko‗proq nafas oladi, ko‗proq terlaydi va gapiradi, shuning uchun 
ko‗proq zarrachalarni va mikroorganizmlarni o‗zidan ajratadi.
Bundan tashqari, bu 
bo‗lim xodimlari ishning bir xilda (monotonlik) uzoq vaqt davom etishiga sabr 
toqat bilan chidashlari va bajarilayotgan xar bir jarayonga diqqatlarini jalb 
qilishlari kerak. Ko‗rsatmalardagi ko‗plab qoidalar va talablarga rioya qilish juda 
muximdir.


105 

Download 1.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   121




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling