Nuraliyeva xafiza otaevna
Download 1.95 Mb. Pdf ko'rish
|
Гигиена дарслик ПДФ
- Bu sahifa navigatsiya:
- V BOB. DORIXONALARDA YORITILGANLIK, HAVO ALMASHINUVI VA XONALAR HAVOSINING MIKROBLAR BILAN IFLOSLANGANLIGI. 5.1.
Nazorat savollari
1. Dorixona tarmoqlarining tarkibi. 2. Dorixona uchun er uchastkasi tanlashga qo‗yiladigan gigiyenik talablar. 3. Dorixona arxitektura – rejalashtirish echimi va jihozlariga qanday gigiyenik talablar qo‗yiladi? 4. Aseptik blok va sotuv zaliga qo‗yiladigan gigiyenik talablar. 5. Xodimlar shahsiy gigiyenasi. 6. Xodimlarni dastlabki va davriy tibbiy ko‗rigini ayting. 7. Dorixona assistent xonasini tashkil qilish, ishlatish va jihozlashga qo‗yiladigan gigiyenik talablar. 8. Aseptik blok havosini tozaligini ta‘minlashga qanday gigiyenik chora tadbirlar o‗tkaziladi? 9. Ishchi xodimlar sog‗ligiga ta‘sir etuvchi salbiy omillar. 10. Dorixona xonalari mikroiqlimiga qo‗yiladigan gigiyenik talablar. 11. Dorixona xonalaridagi yoritishga qo‗yiladigan gigiyenik talablar. 12. Dorixonani suv bilan ta‘minlashga qo‗yiladigan gigiyenik talablar. 13. Dorixona muassasalarida sanitar oqartuv usullari va formalarini ayting. 14. Dorixonalarda havo tozaligini yaxshilashda o‗tkaziladigan chora-tadbirlar. 15. Dorixona xodimlarining shahsiy gigiyenasi to‗g‗risida nimalarni bilasiz. 106 V BOB. DORIXONALARDA YORITILGANLIK, HAVO ALMASHINUVI VA XONALAR HAVOSINING MIKROBLAR BILAN IFLOSLANGANLIGI. 5.1. YORITILGANLIK VA UNGA QO‘YILADIGAN GIGIYENIK TALABLAR. Organizmga ta‘sir qiladigan tashqi muhit omillari orasida yorug‗lik dastlabki o‗rinlardan birini egallaydi. Yorug‗lik ko‗ruv organiga ta‘sir qilibgina qolmay, umuman butun organizmga ham ta‘sir ko‗rsatadi. Yorug‗lik ta‘siri ostida organizmning fiziologik va psixik reaksiyalari qayta tuziladi, organizmning umumiy tonusi o‗zgarib, u faol holatga o‗tadi. Tabiiy yorug‗likning organizmdagi xilma-xil jarayonlarga ta‘sir ko‗rsatib, o‗sishni tezlashtirishi, moddalar almashinuvi jarayonlarini jonlantirishi, gazlar almashinuvini kuchaytirishi aniqlangan. Yoritish sharoitlari yaxshi bo‗lmasa, odamning umumiy kayfiyati, ruhiyati yomonlashib, jismoniy va aqliy qobiliyati pasayib qoladi. Yaxshi yorug‗ tushib turmasligi tufayli ko‗zga doim zo‗r kelishi oqibatida maktab o‗quvchilari ko‗zining yaqindan ko‗radigan bo‗lib qolishini F. Erisman 1870 yildayoq ishonarli qilib isbotlab bergan edi. Quyosh nuri spektri tarkibiga kiradigan ultrabinafsha nurlarning bakteritsid ta‘siri gigiyenik jixatdan alohida ahamiyatga egadir. Ultrabinafsha nurlar ta‘siri ostida bakteriyalarning rivojlanishi susayib qoladi, bu nurlar etarlicha uzoq ta‘sir ko‗rsatib turganida esa, bakteriyalar halok bo‗lib ketadi. Tabiiy va sun‘iy yorug‗likning etarli darajada tushib turishi sog‗lomlashtiruvchi va madaniy ishlar orasida katta ahamiyatga ega. Download 1.95 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling