Nuraliyeva xafiza otaevna
Download 1.95 Mb. Pdf ko'rish
|
Гигиена дарслик ПДФ
112 Jadval 5.1 Xonalarning insolyasiya tartibining turlari Insolyasiya tartibi Orientatsiya Insolyasiyani vaqti Xona yuzasini Insolyasiyasi (%) Maksimal Janubiy, Sharqiy Janubiy-G‗arbiy 5-6 soat 80% O‗rtacha Janubiy, Sharqiy 3-5 soat 40-50% Minimal Shimoliy-Sharqiy Shimoliy-G‗arbiy 3 soatdan kam 30% kam Binolar g‗arb tomonga qaratilganda insolssiya tartibi turli bo‗ladi. Davomi bo‗yicha u o‗rtacha, havoni isitish bo‗yicha esa u maksimal insolyasiya tartibiga to‗g‗ri keladi. Sun‟iy yorug„lik bilan yoritishga qo„yiladigan gigiyenik talablar Sun‘iy yorug‗lik manbalari xonalar xamda ulardagi ishchi o‗rinlarining etarlicha va bir tekis yoritilishini ta‘minlab beradigan bo‗lishi kerak. Sun‘iy yorug‗lik bilan yoritishning ikki sistemasi tafovut qilinadi: umumiy yoritish va aralash yoritish sistemasi aralash yoritishda umumiy yoritish manbaiga qo‗shimcha qilib mahalliy yorug‗lik qo‗shiladi. Ish o‗rinlarining yoritilishi, ish vaqtida ko‗z o‗tkirligi, mayda jismlarni farq qilish tezligi xamda doim ravshan ko‗rishni etarli ta‘minlab berishi kerak. Yorug„likni ko„rish a‟zolari faoliyatini baholash Qarama-qarshi kontrast sezuvchanlik. Bironta buyumni ko‗rish uchun u ravshanligi hamda rangi bilan boshqa buyumlardan farq qilishi kerak. Buyum ravshanligi va rangi bilan boshqa buyumlardan farq qilishini ko‗z ajrata olsa, unga kontrast sezuvchanlik chegarasi deyiladi. Ish joylarining bir tekis yoritilmasligi tufayli, yorug‗lik bir xil tushmasligidan har xil soyalar paydo bo‗lib, ish qobiliyati pasayadi. Shu bois ish joyini to‗g‗ri yoritish zarur. 113 Ko„z o„tkirligi deb ko‗zning mayda detallarni ajrata olish xususiyatiga aytiladi. Ko‗z o‗tkirligi ko‗zdan kechirilayotgan ikki ob‘ektni alohida-alohida deb idrok etish uchun ketadigan eng kam vaqt oralig‗i bilan ta‘riflanadi. Farq qilish tezligi deb ko‗zning detalni ko‗ra olishi xamda shaklini aniqlay olishi uchun sarflanadigan eng kam vaqtga aytiladi. Doim ravshan ko„rish ko‗ruv analizatorining ko‗zga chalingan detallarni aniq holda uzoq saqlab qolish xususiyatini ta‘riflab beradi. Ko‗zning bu funksiyasi ko‗z bilan ko‗rib qilinadigai ishni bajarishda muhim axamiyatga ega bo‗ladi va ko‗p jihatdan ish qobiliyatini belgilaydi. Sun‟iy yoritish manbalari va uni baholash usullari Standartlar bo‗yicha eritilganlik nazorat nuqtalarida o‗lchanadi: xona O‗rtasida, devor yonlarida, yoritgichlar ostida, ularni o‗rtalarida va qatorlari orasida o‗lchanadi. Nazorat nuqtalari soni 5 tadan kam bo‗lmasligi kerak. Me‘yordagi shartli ish yuzalarida yoki amaldagi ish yuzalarida o‗lchash o‗tkazish mumkin. O‗lchashni o‗tkazishdan avval barcha kuygan lampochkalarni yangisiga almashtirish kerak. Su‘niy yoritilganlik qorong‗i paytda o‗lchanadi (tabiiy yoritilish aralashganligi 0,1 dan oshmasligi kerak). Mahalliy va umumiy yoritilish manba‘lari bo‗lganda avval umumiy yoritgichlar ostida, keyin mahalliy yoritgichlar yoqiladi va ular tagida o‗lchaniladi, o‗lchanganlar natijalari yig‗indisi ishlatiladi. Sun‘iy yoritilganlik bir qancha omillarga bog‗liq bo‗ladi, xonaning kattaligi (o‗lchamlari), foydalanilgan chiroqlarning turi, quvvati va soniga, ularning sozligi, osilish balandligi, tozaligi, armaturalarning turi, xonadagi yuzalarning nurni qaytarish xususiyatiga bog‗liq bo‗ladi. Xonalarning sun‘iy yoritilish xolatini baxolashda birinchi navbatda yuqoridagi xamma omillarni tavsiflash kerak bo‗ladi. Sun‘iy yoritilganlikka quyidagi gigienik talablar qo‗yiladi: - yoritilish etarli bo‗lishi; - tushayotgan nurlar tarqoq bo‗lishi; - ish joyidagi yoritilganlik bir tekis va keskin ko‗lankalarsiz (soyalarsiz) bo‗lishi kerak. Ko‗lankalar tushganda ish qobiliyati pasayadi va yoritilganligi 114 bo‗yicha keskin farq qiladigan bir yuzadan ikkinchisiga qaralganda ko‗zning moslashuvi tez bo‗lganligi sababli ko‗zning toliqishi kuchayadi. Yorug‗lik manbalari va yuzalar odamning ko‗ruv maydoniga tushib, ko‗zni qamashtiradi va funksiyasini buzadi. Juda ravshan yorug‗lik manbalari va yuzalar ko‗zdan yosh oqizadi va hatto og‗riq sezgisini paydo qiladi. Ko‗z yordamida zo‗riqib ishlashda yoritilish etarlicha bo‗lmaganda kishida, ayniqsa bolalarda yaqin masofadan ko‗ra olmaslik rivojlanadi. Turar joy xonalarida o‗rtacha yoritilganlik 30-50 lyuksdan kam bo‗lmasligi, o‗qish va yozishda ish joyidagi yoritilganlik esa 150-300 lyuksdan kam bo‗lmasligi kerak (sinflar uchun). Hozirgi vaqtda yorug‗lik manbalari sifatida cho‗g‗lanma va lyuminitsent lampalardan foydalaniladi. Cho‗g‗lanma lampalarda issiqlik energiyasi yorug‗lik energiyasiga aylanadi. Lyuminitsent lampa oddiy shishadan yasalgan simob bug‗lari va argon to‗ldirilgan naychadan iborat. Spektrning xilma xilligi lyuminitsent lampalarning gigienik afzalliklaridan xisoblanadi. Lyuminitsent lampalar gigiyenik jixatdan afzalroqdir, chunki tarqoq, bir tekkisda yorug‗lik beradi, ko‗zni qamashtirmaydi, kam elektr energiyasi sarflaydi, uzoq muddat ishlaydi. Lekin ularning qo‗shimcha salbiy xususiyatlari bor, ya‘ni tovush chiqaradi. Bundan tashqari nur chiqaradigan yuzasi katta bo‗lgan lyuminitsent lampalar ko‗lanka hosil qilmaydigan yumshoq tarqoq yorug‗likni vujudga keltiradi. Sun‘iy yoritish manbai sifatida lyuminetsent lampalar cho‗g‗lanma lampalarga nisbatan bir qancha afzalliklarga ega: 1) bir xil quvvatda cho‗g‗lanma lampalarga nisbatan 2 barobar yorug‗lik ko‗p ajratadi 2) uning spektri quyosh spektriga yaqin 3) oz yorug‗lik quvvatini talab qilish bilan ifodalaniladi 4) keskin soyalar hosil qilmaydi 5) to‗g‗ri rang o‗tkazishni ta‘minlaydi 115 Xonalarda bir vaqtda lyuminetsent lampalar bilan cho‗g‗lanma lampalarni birgalikda ishlatishga ruxsat etilmaydi. Sun‘iy yoritilganlik ish joylarida gorizontal tekislikda lyuksmetr bilan aniqlanadi. Agar aniqlash kunduzi olib borilsa, avval aralash yoritilganlik (sun‘iy va tabiiy yoritilganlik), so‗ngra tabiiy yoritilganlik aniqlanadi. Xonaga kerakli lampalar miqdorlarini aniqlash uchun, uning solishtirma quvvatiga qarab hisob qilinadi. Solishtirma quvvati - bu lampalar umumiy quvvatining pol yuzasiga bo‗lgan nisbatidir (Vt/m 2 ). Lampa solishtirma quvvatining kattaligi lampaning jihozlanishiga, balandligiga, pol sathiga va shu xonada (bajariladigan ishga qarab) kerak bo‗lgan yoritish miqdoriga bog‗liq. Xonaga kerakli lampalarning miqdorini aniqlash uchun solishtirma quvvatini xona sathiga ko‗paytirib, 1 ta lampaning quvvatiga bo‗linadi (SK-300 lampada-300 Vt, ShOD-2-80-100 Vt, ShOD-2-40 da 80 Vt). Sun‘iy yoritish qurilmalaridan yoritilganlikni o‗lchash (shu jumladan kombinatsiyalashgan yoritish rejimida ishlaganda) kechasi (binolarda joylashgan tabiiy yorug‗ligi bo‗lmagan xonalar bundan mustasno) amalga oshirilishi kerak. Yoritilganlik o‗lchovlari lyuksmetrlar yordamida amalga oshiriladi. Lyuksmetr bilan ishlaganda quyidagi talablarga rioya qilish kerak: - fotoelementni ish stoli yuzasida (gorizontal, vertikal, qiya) joylashtirish kerak; - fotoelementga odamlardan va ish uskunalaridan tasodifiy soyalar tushmasligi kerak; agar ish joyiga ishchining o‗zi yoki uskunaning qismlari tomonidan soya tushadigan bo‗lsa, unda yorug‗likni haqiqiy sharoitda o‗lchash kerak; - o‗lvochi asbobni metall yuzalariga o‗rnatish mumkin emas. Download 1.95 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling