Nuraliyeva xafiza otaevna


Dorixonalarning er maydoniga qo‘yiladigan gigiyenik talablar


Download 1.95 Mb.
Pdf ko'rish
bet44/121
Sana19.02.2023
Hajmi1.95 Mb.
#1215029
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   121
Bog'liq
Гигиена дарслик ПДФ

Dorixonalarning er maydoniga qo‘yiladigan gigiyenik talablar. 
Dorixonalar uchun agar dorixonani filiali bo‗lsa 54 m

dan kam bo‗lmagan, 
agar dorixonani filiali bo‗lmasa 34 m

dan kam bo‗lmagan hajmga ega bo‗lgan 
maydonga, qishloq joylarida vrachlik puntlari binolarida 8 m
2
kam bo‗lmagan 
maydon ajratilishi kerak (
SanQ va M № 0337-16
).
Ajratilgan er maydoni ifloslanmagan, quruq, yaxshi insolyasiyali va tinch 
relefli bo‗lishi kerak, qisman og‗ishmaga ega bo‗lgan va janubga qaragan 
maydonni tavsiya qilish mumkin. Bu nafaqat qulay insolyasiya sharoitini ta‘minlab 
qolmasdan, balki atmosfera yog‗inlarining tabiiy oqib ketishini ta‘minlaydi. 
Shimoliy va g‗arbiy og‗ma maydonlar dorixona qurish uchun tavsiya etilmaydi. Er 
osti grunt suvlari - er yuzasiga yaqinlik darajasi 1,5 m dan kam bo‗lmasligi kerak. 
Bunday suvlarning er yuzasiga yaqin turishi dorixona erto‗lasiga suv toshishi, 
devorlarda, fundament va bino xonalarida namlik paydo bo‗lishiga ta‘sir ko‗rsatib, 
dori preparatlarining holati va xossasiga ta‘sir qiladi, chunki ularning ko‗pchiligi 
namlikka sezgir bo‗ladi. Dorixona er maydoni atmosfera chiqindilaridan, shovqin 
va sanoat korxonalari, aeroport, kommunal manbalar faoliyati bilan bog‗liq tashqi 
muhitning salbiy omillaridan himoyalangan bo‗lishi kerak. Shuning uchun, 
dorixona maydoni salbiy ta‘sirlarga ega bo‗lgan manbalar orasida sanitariya 
himoya maydonlari bo‗lishi lozim. Atmosfera havosini ifloslantiruvchi manbalar 
dorixonaning shamol esmaydigan (shamol guli, ya‘ni shamolning esishi) tomoniga 
joylashtiriladi. Er maydoni atmosfera havosida zararli moddalar miqdori havo 
uchun belgilangan REK dan oshmasligi kerak. 
Dorixona binosidan tashqari maydonda omborxona, mashinalar turar joyi
germitizatsiyalangan ahlatxona va oqava suvlar o‗rasi bo‗lishi kerak. Dorixona 
bilan funksional bog‗liq bo‗lmagan qurilish binolarini maydonga joylashtirish 
ruxsat etilmaydi. Markazlashgan suv bilan ta‘minlanishi mumkin bo‗lmaganda 
quvurli quduq o‗rnatiladi, agar shaxtali quduq o‗rnatilgan bo‗lsa Sanitariya 
epidemiologiya nazorat markazi tomonidan doimiy, qat‘iy nazorat qilib borish, 
quduqni vaqti -vaqti bilan tozalash va zararsizlantirish lozim. Ifloslantirish manbai 
va quduq orasidagi oraliq 25 m dan kam bo‗lmasligi kerak. Dorixonada 


97 
kommunikatsiya o‗rnatishning iloji bo‗lganda, xovlida yaxshi jihozlangan va suv 
o‗tkazmaydigan o‗rali hojatxona joylashtiriladi. Dorixona er maydonining 15-25% 
qurilish binolari va 60% dan kam bo‗lmagan qismi ko‗kalamlashtirilgan maydonga 
to‗g‗ri kelishi kerak. Yyk tushirish maydonchasi va qulay kirish yo‗lakchalarini 
qurilishi maqsadga muvofiqdir. 

Download 1.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   121




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling