Nuraliyeva xafiza otaevna
Download 1.95 Mb. Pdf ko'rish
|
Гигиена дарслик ПДФ
91 IV BOB. DORIXONA GIGIYENASINING UMUMIY ASOSLARI. 4.1. DORIXONA LOYIXASI, QURILISHI VA JIHOZLANISHIGA QO‘YILADIGAN GIGIYENIK TALABLAR. Dorixona sog‗liqni saqlash tizimiga taalluqli muassasalaridan biri bo‗lib, u davolash-profilaktika muassasalarini va aholini dori preparatlari, sanitariya va boshqa tibbiyot vositalari bilan o‗z vaqtida ta‘minlaydi. Dori preparatlarini tayyorlash va saqlashda gigiyenik rejimlarga qattiq rioya qilish zarur. Shuning uchun dorixonada olib boriladigan gigiyenik tekshiruvlarning natijasiga ko‗ra, dorixonaga qo‗yiladigan gigiyenik talablarni o‗rganish ishning asosiy maqsadi hisoblanadi. Dorixona gigieynasining vazifalariga dorixonada sanitar-gigiyenik talablarining buzilishlarini aniqlash, shuningdek zararli ishlab chiqarish omillarining dorixona ishchi xodimlariga salbiy ta‘siri natijasida kelib chiqadigan kasb kasalliklarini aniqlash va ularni oldini olish chora tadbirlarini ishlab chiqishdan iborat. Dorixonaga qo‗yiladigan gigiyenik talablar SanQ va M № 0337-16 ―Dorixonalarni joylashtirish, jixozlash va ekspluatatsiya qilish bo‗yicha sanitar qoida va me‘yorlari ‖ va SanQ va M № 0319-15 ―Dorivor moddalarni va tibbiyot uchun mo‗ljallangan buyumlarni saqlash omborlarini joylashtirish, jihozlash va ekspluatatsiya qilish bo‗yicha sanitar qoida va me‘yorlari‖da keltirilgan bo‗lib, bular quyidagilardan iborat : – dorixona er maydoniga gigiyenik talablar; – dorixona jihozlari, xonalar ichining loyihalashga va jihozlashga qo‗yiladigan gigiyenik talablar; – xonalarni tozalash, dorixona jihozlarini saqlash va avaylashga qo‗yiladigan sanitariya talablari; – tozalangan suv va ineksiya uchun suvlarni qabul qilish, saqlash va jo‗natishga qo‗yiladigan sanitariya talablari; – dori preparatlarini aseptik sharoitda tayyorlashga qo‗yiladigan gigiyenik talablar; 92 – steril dori shakllarini tayyorlashga qo‗yiladigan gigiyenik talablar. Dorixona vazifasiga ko‗ra dorixonalar 2 turga bo‗linadi: 1. Kasalxona dorixonalari – bu kasalxonada davolanayotgan bemorlarga xizmat qiladi. 2. Ambulator bemorlarga xizmat qiladigan dorixona. Kasalxona dorixonasining vazifasiga davolash-profilaktika bo‗limlari uchun dori preparatlarini tayyorlash, nazorat qilish va dori preparatlarini etkazib berishdan iborat. Kasalxona dorixonalarini ratsional loyixalashtirish uchun kasalxona o‗rinlari soniga qarab dorixonalar 5 guruxga bo‗linadi: 200 gacha, 400, 600, 800 va 1000 o‗rin. Kasalxona dorixonalarini asosiy binoning birinchi qavatida, davolash-profilaktika bo‗limida joylashtirish maqsadga muvofiqdir. Dorixonani tashqari bilan bog‗laydigan aloxida chiqish eshigi bo‗lishi kerak. Download 1.95 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling