Nuraliyeva xafiza otaevna


Ishlab chiqarishga doir kimyoviy omillarning spetsifik ta’sirlariga


Download 1.95 Mb.
Pdf ko'rish
bet36/121
Sana19.02.2023
Hajmi1.95 Mb.
#1215029
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   121
Bog'liq
Гигиена дарслик ПДФ

Ishlab chiqarishga doir kimyoviy omillarning spetsifik ta’sirlariga 
gigiyenik tasnif 
Ayrim turdagi sanoat zaharlari umumzaharli ta‘sir samarasidan tashqari 
spetsifik ta‘sir ko‗rsatish xususiyatiga ham egadir - allergenlik, kanserogenlik, 
mutagenli, teratogenli, embriotoksik ta‘sir kabilar. 
Sanoat allergenlari - bu shunday moddalarki, ular organizmga tushganda
ma‘lum muddatlardan so‗ng organizmni allergizatsiya holatiga olib keladi. 
Allergenlik xususiyatiga ko‗pincha yuqori molekulali organik birikmalar ega 
bo‗ladi, ammo ma‘lumki ko‗pgina quyi molekulali moddalardan tortib, toki ayrim 
kimyoviy elementlargacha ana shunday ta‘sir ko‗rsatish xususiyatiga ega, masalan, 
kobalt, nikel birikmalari. Bu moddalar organizmda gaptenlik vazifasini o‗taydi, 
hujayralardagi oqsil molekulalari bilan birikib murakkab komplekslar hosil qiladi, 
bu moddalar o‗z o‗rnida organizmni autoallergizatsiya holatiga olib keladi. 
Ishchilar organizmida yuzaga keladigan allergik holatlar tez sodir bo‗ladigan va 


80 
sekinlik bilan yuzaga keladigan allergik reaksiyalar ko‗rinishida namoyon bo‗lishi 
mumkin. Tez sodir bo‗ladigan allergik reaksiyalarga bronxial astma, angionevrotik 
shish, eshakemi va sekinlik bilan yuzaga keladigan allergik reaksiyalarga - 
dermatitlar, ekzemani kiritish mumkin. Bunday reaksiyalarning kelib chiqishida 
nasldan-naslga o‗tuvchi moyillik, neyroendokrin kasalliklar va shaxsiy moyillik 
holatlari katta ahamiyatga egadir. 
Kasbiy allergozlarning profilaktikasi juda murakkabdir, chunki allergiyaning 
shakllanishida yoki ayrim hollarda allergik reaksiyalarni kelib chiqishida juda 
kichik miqdorlardagi allergenlarning ta‘siri ham etarli bo‗lib qoladi. Bunday 
vaziyatlarning oldini olish uchun allergik ta‘sir ko‗rsatuvchi moddalarning o‗zini 
yoki guruhini aniqlash va organizmni desensibilizatsiyalash juda muhimdir yoki 
bo‗lmasa shu organizmni allergenlar bilan bo‗ladigan aloqasiga umuman barham 
berish zarur. Birlamchi profilaktik tadbirlarni o‗tkazish uchun ishchilarga 
kimyoviy moddalarning ta‘sir etish mumkinligini kamaytirishga qaratilgan 
tadbirlar (umumzaharli ta‘sirlarning oldini olishga qaratilgan tadbirlar kabi) dan 
tashqari ishchilarni ishga qabul qilishda ularning allergiyalarga moyillik holatlarini 
tekshirish kerak bo‗ladi. 
Ayrim turdagi kimyoviy ishlab chiqarish omillari uzoq muddatlardan so‗ng 
yuzaga keladigan ta‘sir samarasini namoyon qiladi, ya‘ni patologik o‗zgarishlar bu 
moddalarning ta‘sir etganidan so‗ng tezlikda yuzaga kelmay, balki ta‘sir etilgandan 
ma‘lum muddat o‗tgandan so‗ng namoyon bo‗lishi mumkin. Ana shunday uzoq 
muddatdan so‗ng yuzaga keladigan samaralar qatoriga kanserogenli, mutagenli, 
teratogenli ta‘sirlarni ko‗rsatish mumkin. Ayrim hollarda teratogenli ta‘sirni 
embriotoksik ta‘sir deb ham ataladi. 
Kanserogenli ta‟sir - bu kimyoviy moddalarning xavfli o‗smalarni keltirib 
chiqarish xususiyatidir. Sanoat kanserogenlari ko‗p va xilma- xildir. Butun dunyo 
Sog‗liqni Saqlash tashkiloti tarkibiga kiruvchi guruhining tasnifiga ko‗ra (1982) 
barcha kanserogenlik xususiyatiga ega bo‗lgan moddalar ikki guruhga bo‗linadi: 
1-guruh - odam organizmi uchun kanserogenli ta‘siri aniqlangan moddalar; 
4-aminodifenil, margumush va uning birikmalari, asbest, benzol, benzidin, 


81 
xlormetilmetalli efir, xrom va uning birikmalari, 2- nafitilamin, qurum qatronlar
mineral yog‗, vinilxlorid va b.q. 
2 guruh - odam organizmi uchun kanserogenli xususiyati bo‗lishi mumkin 
bo‗lgan moddalar. Bu guruhga kiruvchi moddalar yana 2 guruhga bo‗linadi: 
a) odam organizmi uchun kanserogenli xususiyati yuqori bo‗lgan moddalar 
(akrilonitril, benz(a)piren, berilliy, dietilsulfat, 0-toluidin, nitrozoaminlar va b.q.); 
b) odam organizmi uchun kanserogenlik xususiyati past bo‗lgan kimyoviy 
moddalar (to‗rtxlorli uglerod, xloroform, xlorfenollar, dibro- metan, formaldegid, 
ayrim turdagi gerbitsidlar va b.q.) 
Kasb kasalliklari ro‗yxatiga yana badan terisida uchraydigan saraton 
kasalliklari kiritilgan, bundan tashqari nafas organlari, jigar, oshqozon, siydik 
pufagi, suyaklarda uchraydigan xavfli o‗smalar, 1 guruhga kiruvchi kanserogenli 
moddalar va 2 guruhdagi ayrim kanserogenli ta‘sirga ega bo‗lgan moddalar 
ta‘sirida yuzaga keladigan leykozlarni aytish mumkin. Xavfli o‗smalarni kelib 
chiqishida organizmning saratondan oldingi holati katta axamiyatga ega, masalan, 
mexanik va termik jarohatlar, zararli odatlar (spirtli ichimlik ichuvchilar, 
chekuvchilar). Xavfli o‗sma kasalliklarining oldini olishda umumiy tadbirlardan 
tashqari shu narsani inobatga olish zarurki, kanserogenli effekt kanserogenlarning 
juda kichik dozalar ta‘sirida ham yuzaga kelishi mumkin, buni kanserogenlarning 

Download 1.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   121




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling