Nuraliyeva xafiza otaevna
Download 1.95 Mb. Pdf ko'rish
|
Гигиена дарслик ПДФ
Kasallik 2 turga bo‗linadi: mahalliy va umumiy vibratsiya kasalligiga. Mahalliy tebranish ta‘siriga ko‗pincha qo‗llar uchraydi, umumiy tebranishda esa butun tana (transport haydovchilari), ishchilarga ko‗pincha ham umumiy ham mahalliy tebranish ta‘sir qiladi (stanokda ishlovchilar). Mahalliy vibratsiya 3 bosqichga bo„linadi: I bosqich – boshlang„ich davr. Bunda qon tomirlarning shikastlanishi kasallikning asosiy belgisi hisoblanadi. Jumladan periferik qon tomirlari faoliyati xamda umumiy gemodinamika, kapillyarlar maromi buziladi. Bemor sovuq qotganda yoki qo‗lini suvda yuvganda to‗satdan barmoqlari oqarganini payqaydi II bosqich – o„zgarishlar deyarli yuzaga chiqqan davr. Bunda qon tomirlar qisqarishi natijasida to‗qimalarning oziqlanishi buzilib, barmoqlar shishadi, sovuq qotib uvishadi, sezuvchanlik kamayadi. III bosqich – kasallikning rivojlangan davri. Bunda vibratsiya kasalligining polinevropatik alomatlari yuzaga keladi. Qo‗l ezib,mijg‗ib uzoq muddat og‗riydi, asosan kechasi uxlab yotganda, yoki dam olganda qo‗l uvishib qoladi. Sezgirlik yo‗qoladi, qo‗llar muzdek bo‗lib qoladi. Kasallikning bu bosqichida ta‘m bilish va og‗riqni sezish susayadi. Suyak sistemasida: artroz, artritlar, kista, o„smalar paydo bo‗ladi. Umumiy vibratsiya kasalligi xam 3 ta bosqichda kechadi. I bosqich- boshlang„ich davrda angiodistoniya sindromi (markaziy yoki periferik); vegetativ-vestibulyar sindromi; sensor sindromi (vegetativ-sensorlik); oyoqlarda polinevropatiya alomatlari bo‗ladi. II bosqich- kasallikning rivojlangan davri, bunda serebral periferik angiodistoniya sindromi: sensor sindromi (vegetativ sensorlik) hamda polinevropatiya radikulit alomati bilan, umurtqaning bel va dumg‗aza bo‗limlarida osteoxondroz alomatlari, asab sistemasi o‗zgarishlari paydo bo‗ladi. 73 III bosqich- kasallikning o„ta rivojlangan davri, sensomotor polinevropatiya va periferik sindromi polinevropatiya bilan birga ditsirkulyator- ensefalopatiya sindromi o‗zgarishlari bilan qayd qilinadi. Tebranish odam organizmiga ko‗zga ko‗rinarli ta‘sir ko‗rsatish xususiyatiga ega. Organizmda kelib chiqadigan o‗zgarishlarning xarakteri va chuqurligi, tebranish darajasiga, uning chastotali tarkibi va organizmga ta‘sir qilish muddatiga bog‗liqdir. Tebranishning uzoq muddatli ta‘sir ko‗rsatishi, ayniqsa boshqa turdagi nomuvofiq omillar bilan qo‗shilib ta‘sir etganda (sovutuvchi mikroiqlim, shovqin) vibratsion kasallikning shakllanishiga sabab bo‗ladi. Bu kasallik mahalliy, umumiy tebranish ta‘sir etganda rivojlanadi, ammo eng ko‗p ahamiyatga mahalliy tebranish ta‘siri egadir, chunki u ishchining qo‗llariga ta‘sir etadi. Kasallikning rivojlanish asosi murakkab mexanizmga ega bo‗lib, neyroreflektor va neyrogumoral buzilishlar hisoblanadi, shu bilan birga eng ko‗p darajada qon tomirlari tonusining boshqarilishi izdan chiqadi. Kapillyarlarning uzoq muddatli spastik holati natijasida asta-sekinlik bilan nerv - mushak va suyak - bo‗g‗in apparati jarohatlanib, polinevropatiya, sezgilarning buzilishi, mushaklarning o‗zgarishi, suyak to‗qimasining degenerativ - distrofik o‗zgarishlari, bo‗g‗inlarning o‗zgarishlarida namoyon bo‗la boshlaydi. Alohida (chegaralangan) tebranishlarning surunkali ta‘siridan organizmda quyidagi funksional o‗zgarishlar yuzaga keladi: tebranishga va tashqi muhit ta‘siriga bo‗lgan sezgirlik yo‗qoladi, kapillyarlarda tropik o‗zgarishlar, jumladan ularning qisqarishi, oxiriga etmay uzilishi va h.k. kuzatiladi. Qo‗llarning hajmi vena qon tomirlarida qonning sekin siljishi (dimlanishi) natijasida kattalashadi, harorati pasayadi. Uzoq vaqt davomida tebranishlarning ta‘siri tufayli, tebranish kasalligi (tomir tortishi, mayda tomirlarning siqilishi, mushak-suyak va biriktiruvchi to‗qimalarning o‗zgarishi) kelib chiqadi. Umumiy tebranish ta‘sir etganda ko‗pincha vestibulopatiya belgilari namoyon bo‗lib, bosh aylanishi, bosh og‗rishi, gipergidroz holatlari kuzatiladi. 74 Har qanday holda ham vibratsion kasallik umumiy kasallik hisoblanib, yuqorida keltirilgan kasallik belgilaridan tashqari MNS, hazm qilish organlari, jinsiy organlar faoliyatidagi o‗zgarishlari qayd qilinadi. Vibratsiyani gigiyenik baholash usullari, me‟yorlashtiriladigan parametrlar va ularning ruxsat berilgan kattaliklari Odamga ta‘sir qiluvchi vibratsiyani gigiyenik baholash quyidagicha amalga oshiriladi: - me‘yorlanayotgan parametrning chastotali (spektral) tahlili bo‗yicha; - me‘yorlanayotgan parametr chastotasi bo‗yicha integral baholash orqali; - vibratsiya dozasi bo‗yicha. Odamga umumiy va mahalliy vibratsiya ta‘sirini tavsiflovchi asosiy usul bu chastotali tahlil hisoblanadi; omilning taxminiy bahosini berish uchun chastotali usulga integral bo‗lgan usul bilan baholanadi, ta‘sir vaqtini hisobga olgan holda vibratsiyani baholash uchun vibratsiya dozasi aniqlanadi. Chastotali (spektral) tahlilda me‘yorlashtiriladigan parametrlarga kiradi: vibratsiya tezligining o‗rtacha kvadratik kattaligi «v», yoki vibratsion tezlanish «a», (yoki ularning logarmik darajalari Lv, La), ular chastotalar oktav qatorlari bo‗yicha o‗lchanadi. Me‘yorlashtiriladigan parametrlarni chastotalar oktav qatorlari 1/3 qismi bo‗yicha o‗lchashdan foydalanish ruxsat beriladi. Tebranish vibrometr yoki vibrograf asboblar bilan aniqlanadi. Ularning uslubi, shovqin o‗lchaydigan asboblar bilan bir xilda, shuning uchun tovush o‗lchash asboblaridan foydalaniladi (IShV-10), faqat o‗tkazuvchi (datchik) o‗rniga mikrofon ulanadi. Agar tebranish takrorlanishi 10 Gs dan kam bo‗lsa, bu asboblarni ishlata olmaymiz, shuning uchun tebranishni aniqlashda quyi takrorlanuvchi vibroo‗lchagich asboblari NVA -1 ishlatiladi, bu asboblar diapazoni 1,4-355 Gs ga teng tebranishlarni aniqlaydi.Tebranishlar odam gavdasiga ta‘siri tufayli har xil organlar va to‗qimalarning qo‗zg‗alishi kuzatiladi, buning natijasida organizmning funksional holati o‗zgaradi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling