Nuraliyeva xafiza otaevna


Vibratsion kasallikning oldini olish tadbirlari quyidagilarni o‘z ichiga


Download 1.95 Mb.
Pdf ko'rish
bet34/121
Sana19.02.2023
Hajmi1.95 Mb.
#1215029
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   121
Bog'liq
Гигиена дарслик ПДФ

Vibratsion kasallikning oldini olish tadbirlari quyidagilarni o‘z ichiga 
oladi: texnik jihatdan bajariladigan og‗ir mehnatni avtomatlashtirish, tebranish 
bilan bog‗liq ishlarni ma‘lum masofadan turib boshqarish, agregatlarni yaxshilab 
tuzatish, ruxsat etilgan me‘yorga rioya qilish, amortizatorlar, ya‘ni tebranishni 
pasaytiruvchi ashyolarni ishlatish, tebranish asosida ishlaydigan mashinalarning 
uzluksiz ish vaqtini 15-20 daqiqadan oshmasligi kerak. 
Ishchilar ish boshlangandan 2 soat o‗tgach 20 daqiqa, tushlikdan hamda 2 
soatdan keyin 30 daqiqa dam olishlari, badantarbiya bilan shug‗ullanishlari zarur. 
Bundan tashqari, quyidagi profilaktik tadbirlar tavsiya qilinadi: 
- dam olish kunlari tebratuvchi moslamalar bilan ishlamaslik; 
- 2012yil 10 iyuldagi 200- sonli ―Xodimlarni tibbiy ko‗rikdan o‗tkazish 
tartibi to‗g‗risidagi nizomni tasdiqlash haqida‖ buyrug‗iga binoan ishga qabul 
qilishdan oldin va ishlash paytida davriy tibbiy ko‗riklardan 1 yilda 1 marta tibbiy 
ko‗rigidan o‗tish; 
- dam olish xonalaridagi miqroiqlim qulay sharoitda, ya‘ni harorati 18
0
, nisbiy 
namligi 40-60%, havoning harakat tezlgi 0,3 m/sek atrofida bo‗lishi; 
- shahsiy himoya vositalarini ishlatish (qo‗lqoplar, tebranishni kamaytiruvchi 
o‗tirgichlar va h.k.); 
- S, B, PP vitaminlariga boy taomlar iste‘mol qilish; 
- suv muolajalarini qabul qilish (bunda suvning harorati 38
0
S atrofida 
bo‗lishi); 
- uqalash muolajalarini qo‗llash. 
3.6. ULTRATOVUSH VA INFRATOVUSHLAR 
Shovqin va tebranish kabi ta‘sir tabiatini ultratovush namoyon qiladi. 
Ultratovush odamning qulog‗i qabul qilmaydigan 20 000 Gs yuqori bo‗lgan 
chastotadagi egiluvchi muhitlarning mexanik tebranishidir. Ultratovushlar 
sanoatda juda ko‗p sohalarda va tibbiyotda (davolashda, tashhislikda) qo‗llanadi. 
Ultratovush biologik to‗qimalarga ta‘sir etganda mexanik, termik va fiziko - 
kimyoviy samaralarni namoyon qiladi. Ultratovush bilan uzoq muddat davomida 
bevosita aloqada bo‗lganda ishchilarda asteno - vegetativ reaksiyalar kuzatiladi 


76 
(toliqish, achchiqlanish, bosh og‗rishi, uyquning buzilishi, eshitishning buzilishi), 
ayrim hollarda polinevrit belgilari kuzatilib, hattoki barmoq va bilaklarning 
parezini keltirib chiqaradi. Ultratovushning nomuvofiiq ta‘sirining oldini olish 
tadbirlariga quyidagilarni kiritish mumkin: 
- ultratovushni gigiyenik reglamentlash va ish joylarida uning darajasini 
nazorat qilish; 
- ultratovushlarni avtomatik holda boshqarish va o‗chirish; 
- masofa orqali boshqarish, generatorlarni izolatsiya qilish; 
- foydalanilmaydigan nurlanishlarni yo‗qotish; 
- shahsiy himoya vositalaridan foydalanish (rezinali qo‗lqoplar, antifonlar); 
- oqilona ish tartibi (har 1,5 soatda tanaffuslarni tashkil qilish); 
- fizioterapevtik muolajalar (massaj, iliq vannalar); 
- ovqatlarni vitaminlashtirish (B guruhidagi vitaminlar); 
- ishchilarni doimiy davriy tibbiy ko‗riklardan o‗tkazish. 
Zamonaviy korxonalarda yana bir muhim omil uchrab turadi, ya‘ni qattiq 
jismlarning mexanik tebranishi - infratovush. Bu chastotasi 20 Gs dan kam bo‗lgan 
akustik tebranish hisoblanadi va qoida bo‗yicha eshitiluvchi tovushlar bilan 
kuzatiladi. Infratovushning eng muhim manbai katta tebranishga ega bo‗lgan 
yuzalar hisoblanadi. Infratovushlar odam qulog‗i orqali qabul qilinmaydi. Ular 
katta masofalarga tarqalish xususiyatiga ega bo‗lib, har qanday to‗siqlardan ham 
o‗ta oladi va yirik ob‘ektlarning tebranishiga sabab bo‗ladi. 
Infratovush odam organizmiga ta‘sir etganda markaziy asab tizimi, yurak-
tomir sistemasi, nafas organlari va eshitish organlarining funksional o‗zga rishlari 
kelib chiqadi. Infratovushning eng diqqatga sazovor ta‘siri odamning emotsional 
holatiga ta‘siridir (qo‗rqish sezgisini chaqirishi). Infratovushning zararli ta‘sirining 
oldini olish tadbirlari: 
- infratovushlarga gigiyenik reglamentlar belgilash va uni nazorat qilish; 
- manbalarda infratovushni kamaytirish, kichik gabaritli mexanizmlardan 
foydalanish, transport harakatini cheklash, texnologik jarayonlardagi tezlikni 
oshirish; 


77 
- katta tebranishga ega bo‗lgan yuzalarni mustahkamlash; 
- ishchilarni tibbiy ko‗riklardan o‗tkazib turish. 

Download 1.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   121




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling