Nuraliyeva Xafiza Otayevna, Qodirova Dildora Ergashevna, Fayzullayeva Zamira Raxmatovna


Download 1.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet29/154
Sana20.12.2022
Hajmi1.91 Mb.
#1035747
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   154
Bog'liq
Гигиена қўлланма лотин7 май 18 йил

Ish uslubi va shakli. 
1. Ogohlantiruvchi Sanitariya Nazorati. 
- yangi qurilayotgan, kengaytirilayotgan va qurilgan ishlab chiqarish ob‘yektlari 
ustidan. 
- OSN ni texnologik jarayonlarni qo‗llashda, texnika apparatura, kimyoviy 
moddalar ustidan. 
2. Joriy Sanitariya Nazorati: 
- ishlab turgan ob‘yektlar ustidan sanitar me‘yor va qonunlarga amal qilish nazorat 
usuli. 
- sanitar rejali nazorat.
Miloddan avval IV asrda Gippokrat konchilar va metallurglar duch kelishi 
mumkin bo‗lgan kasalliklarni o‗z asarlarida keltirib o‗tgan. 1473-yilda, Ulrich 
Ellenbog ba‘zi metallarning xavfli tutuni va unga qarshi profilaktika chora-
tadbirlarini taklif qildi. 1500-yillarning boshida esa, shifokor va mineralogist 


56 
Georg Bauer (Georgius Agricola sifatida tanilgan) Karpat tog‗larida konchilar 
orasida o‗pka kasalligini mineral tuzlar va changlar bilan bog‗ladi. Uning 
aniqlashicha, ayrim turdagi nafas olish kasaliklariga chalingan konchilar kasallikka 
dosh bera olmagan va ularning ayollari beva qolgan. 1700-yilda, Bernardino 
Ramatsini «Kasb kasalliklari haqida to‗liq risola»ni chop etdi. Bu harakat 
natijasida Ramatsini "Kasbiy tibbiyot otasi" degan unvonga sazovor bo‗ldi. 1880 
yil o‗rtalarida Karl Bernhard Lehmann ham kasbiy kasaliklar ustida ishlarni davom 
ettirdi. Havodagi zaharli moddalarning ta‘siri bo‗yicha o‗tkazilgan tajribalarda 
hayvonlarga gazlar va bug‗lar beradigan toksik ta‘sir natijalari o‗rganildi. Shu 
davrda aynan kasbiy saraton Angliyada kuzatildi.
Bugungi kunda Amerika Qo‗shma Shtatlarida 135 milliondan ortiq erkak 
va ayollar ishlashadi. Qaysidir darajada, bu odamlarning barchasi kasb-hunar xavf 
ta‘sirida qolgan va ish bilan bog‗liq sog‗liqni saqlash xavfi mavjud. Afsuski, 
kichik kompaniyalarda odatda Kasbiy Sog‘liqni saqlash muammolarini 
aniqlashda bilim va nazorat qilish dasturlarini moliyalashtirish uchun mablag‗lar 
etishmaydi. Bundan tashqari, bir qancha federal davlat korxonalari sog‗liq va 
xavfsizlik qoidalaridan ozod etilgan. 
AQSh shifoxonalarida favqulodda idoralar tomonidan olib borilgan
hisobotlar asosida 10 million kasb-hunar jarohatlari va kasalliklar aniqlangan. 
Kasbdan jarohatlanishlar va kasalliklar natijasida har yili 65 000 nafar ishchilar 
vafot etai. Dunyo bo‗yicha jarohatlar tufayli dunyo bo‗yicha ish bilan bog‗liq 
kasalliklar va shikastlanishlardan har yili 1 milliondan ortiq odamlarni o‗lishi 
taxmin qilingan. Ushbu o‗limlar quyidagilardan surunkali kasalliklar, avtomobil 
hodisalari, yo‗l harakati bilan bog‗liq baxtsiz hodisalar, qotillik, va elektr urishi 
kabi ish joyida shikastlanishlar tufayli sodir bo‗ladi. 

Download 1.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   154




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling