47
Guruxni 2-3 kishidan tashkil topgan kichik guruxlarga (kichik gurux-KG)
ajratiladi. Mavzuga taaluqli muammoli savolga har bir gurux savolga o‗z
javob
variantini taqdim qiladi. Xar bir kichik gurux berilgan savolga o‗z javob variantini
oq qog‗ozga yoki sinf doskasiga yozma ravishda tavsiya qiladi. So‗ng
kichik
guruxning javoblari muxokama qilinadi. Javoblarni muxokama qilishda o‗qituvchi
asosiy faoliyat ko‗rsatishi lozim, ammo muhokamaga talabalar xam jalb qilinadi.
Eng to‗liq optimal variant tanlab olinadi va ish javobini
bergan guruxga yuqori
ball, qolgan guruxlarga esa munosib bo‗lgan ball qo‗yiladi.
Taklif etilgan muammoli savollarga variantlar:
1. Odamning oqilona ovqatlanishi qaysi mezon bo‗yicha to‗g‗ri
deb aytish
mumkin?
2. Organizmning ovqatli moddalarga va energiyaga bo‗lgan
ehtiyojini
belgilovchi omillarning, ularning ahamiyati bo‗yicha to‗g‗ri joylashtiring
3. Nima uchun sog‗lom odamning bir marotabalik ovqatlanishida, agar ratsion
tarkibida qiymatli quyidagi mahsulotlar-go‗sht, tuxum, baliq va pishloq bo‗lsa, uni
oqilona deb bo‗lmaydi
KEYS.
1-Keys. Maxsus bolalar internatida kechga yaqin ayrim bolalarda ko‗ngil
aynishi, qusish,
ichak surishi, ich ketishi hollari kuzatilgan. Ma‘lum bo‗lishicha
ertalabki nonushtada shirin choy o‗rniga sut berilgan.
Keysni bajarish bo„yicha topshiriqlar:
1. Zaxarlanish qaysi turga taa‘lluqli?
2. Profilaktikasi.
Keys echimi uchun taklif etilgan g„oyalar taqdimoti uchun chizma namunasi.
Keysdagi muammoni keltirib chiqargan asosiy sabablar va hal etish yo‗llarini
jadval asosida izohlang (individual va kichik guruhda).