Nuraliyeva Xafiza Otayevna, Qodirova Dildora Ergashevna, Fayzullayeva Zamira Raxmatovna
Gravimetrik usul - havo tarkibidagi chang zarrachalarining miqdorini
Download 1.91 Mb. Pdf ko'rish
|
Гигиена қўлланма лотин7 май 18 йил
2. Gravimetrik usul - havo tarkibidagi chang zarrachalarining miqdorini
aniqlash . Bu usul tarkibida chang zarrachalarini tutgan ma‘lum hajmdagi havoni suzgichdan (filtrdan) o‗tkazish natijasida tutib qolingan chang miqdoriga qarab baho berishga asoslangan. Hozirgi kunda havo tarkibidagi chang va tutun miqdorini aniqlash uchun hoki yo‗q filtr qog‗oz, perxlorvenil tolasi (FPP—15), oyna, mineral yoki paxta tolasidan foydalaniladi. Qog‗oz filtr yoki FPP—15 maxsus patronga (allonjga) o‗rnatiladi . Patronlar rezina naychalar orqali reometrga, u o‗z yo‗lida elektr chang tortuvchi asbobga ulanadi . Elektr chang tortuvchi yordamida reometr ko‗rsatkichiga qarab (1 daqiqada 15-20 litrdan ko‗p bo‗lmagan) havo patronga o‗rnatilgan filtr orqali ma‘lum daqiqa tortiladi. Olingan natija: filtrni ishlatgandan keyingi og‗irligidan ish boshlanguncha bo‗lgan og‗irligi ayiriladi. 1 daqiqada necha litr havo o‗tkazilgan bo‗lsa, bu ko‗rsatkich elektr chang tortuvchi necha daqiqa ishlaganiga ko‗paytirilib, m 3 ga aylantiriladi. Havodagi chang miqdorini aniqlashda elektr chang tortgichdan tashqari aspiratorlardan ham foydalanish mumkin. Havoni aspiratsiya qilish uchun kerak bo‗ladigan vaqt, uning qanchalik changlanganligiga qarab aniqlanadi. Bunda filtr og‗irligi 3-5 mg dan (FPP dan 1 mg) kam bo‗lmasligi kerak. Aspiratsiya vaqtida so‗rilgan havo hajmi oddiy sharoitlarga keltiriladi. Buning uchun quyidagi formuladan foydalaniladi: V 0 = V t – 273 x B/(273 + t) x 760 Bu erda: V 0 – oddiy sharoitga keltirilgan aspiratsiyalangan havo V t – aspiratsiyalangan havo hajmi, litrlarda t- xonadagi havo harorati B-xonadagi barometrik bosim Changning miqdori quyidagi formula yordamida mg/m 3 ko‗rsatishida aniqlanadi: 64 X = Q 0 – Q x x 1000 / V 0 X —namuna olingan joydagi changning miqdori mg/m 3 Q 0 —aspiratsiya qilingandan keyingi filtrning vazni Q x — filtrning aspiratsiya qilinguncha bo‗lgan vazni V 0 —oddiy sharoitga keltirilgan aspiratsiyalangan havo Korxona sharoitida chang ta‘sirida kuzatiladigan pnevmokoniotik o‗zgarishlar asosan chang tarkibidagi ozod kremniy (II)-oksidi hisobiga bo‗lganligi tufayli, uning ruxsat etilgan miqdori (PDK) — chang tarkibidagi ozod kremniy (II)- oksidining miqdoriga bog‗liq. Tarkibida ozod kremniy (II)-oksidini tutishiga qarab aerozollarning korxona sharoitida (ish joylarida) ruxsat etilgan miqdori (PDK) Davlat standartida ko‗rsatilgan: - kristall tarkibida ozod kremniy (II)-oksidining miqdori 70% dan ortiq bo‗lganda - 1 mg/m 3 ; -10% dan 70% gacha ozod kremniy oksidini tutuvchi changlar uchun - 2 mg/m 3 - chang tarkibidagi ozod kremniy (II)-oksidining miqdori 2 dan 10% gacha bo‗lganda (mis sulfidli rudalar, uglerod va ko‗mir changi, loy va h. k.)—4 mg/m 3 ; -kondensatsiya aerozoli ko‗rinishidagi amorf kremniy (II)-oksidi —1 mg/m 3 ; -tarkibida 2% dan kam ozod kremniy (P)-oksidi tutgan chang aralashmasi; — 6 mg/m 3 ; Silikat tutuvchi chang: asbest — 2 mg/m 3 , asbestotsement, sement, apatit, loy — 6 mg/m 3 , talk, chugun — 6 mg/ m 3 . Korxonalarning ish zonalarida o‗simliklardan hamda zaharsiz mineral birikmalardan hosil bo‗ladigan, tarkibida ozod kremniy (II)-oksidi tutmagan aerozollar PDK 10 mg/m 3 ; dan oshmasligi kerak. Download 1.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling