Nuraliyeva Xafiza Otayevna, Qodirova Dildora Ergashevna, Fayzullayeva Zamira Raxmatovna


Vibratsiya. Vibratsiya kasalligi va uning profilaktikasi


Download 1.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet36/154
Sana20.12.2022
Hajmi1.91 Mb.
#1035747
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   154
Bog'liq
Гигиена қўлланма лотин7 май 18 йил

3.5. Vibratsiya. Vibratsiya kasalligi va uning profilaktikasi 
Tebranishning manbai qattiq jismlarning mexanik tebranishi bo‗lib, ishchilar 
organizmiga shovqindan farqli o‗laroq qandaydir muhitlar orqali uzatilmay (havo, 
suv), balki ishchi tanasining tebranuvchi jismga bevosita tegishi orqali uzatiladi. 
Tebranish ham chastotasi va amplitudasi bilan ta‘riflanadi. Tebranishining 
chastotasi Gs larda ifodalaniladi. 1 Gs -1 sek ichidagi tebranish soni. Amplituda –
mm yoki sm da ifodalaniladi. Tebranish tezligi sm sek da ifodalaniladi Tebranish 
qiymatini vibro tezlanish ifodalaydi va u chastota va amplitudaning hosilasi 
hisoblanadi. SHovqin kabi tebranish qiymati nisbiy birlikda - dB ifodalanadi. 5 x 
10 sm tebranish tezligi 5 x 10 min sek nol hisobida olinadi 
Bunda 0 dB qilib 5.10 -5 m/sek vibro tezlanish qabul qilingan (eshitish 
bo‗sag‗asi - 5.10 -4 m/sek, og‗riq bo‗sag‗asi - 1 m/sek). Tebranishning odam 
organizmiga uzatilish nuqtasiga qarab umumiy va mahalliy ta‘sir farqlanadi. 
Mahalliy tebranishda uning ta‘siriga ko‗pincha qo‗llar uchraydi, umumiy 
tebranishda esa butun tana (transport haydovchilari), ishchilarga ko‗pincha ham 
umumiy ham mahalliy tebranish ta‘sir qiladi (stanokda ishlovchilar). Tebranish 
odam organizmiga ko‗zga ko‗rinarli ta‘sir ko‗rsatish xususiyatiga ega. Organizmda 
kelib chiqadigan o‗zgarishlarning xarakteri va chuqurligi, tebranish darajasiga, 


70 
uning chastotali tarkibi va organizmga ta‘sir qilish muddatiga bog‗liqdir. 
Tebranishning uzoq muddatli ta‘sir ko‗rsatishi, ayniqsa boshqa turdagi nomuvofiq 
omillar bilan qo‗shilib ta‘sir etganda (sovutuvchi mikroiqlim, shovqin) vibratsion 
kasallikning shakllanishiga sabab bo‗ladi. Bu kasallik mahalliy, umumiy tebranish 
ta‘sir etganda rivojlanadi, ammo eng ko‗p ahamiyatga lokal tebranish ta‘siri egadir, 
chunki u ishchining qo‗llariga ta‘sir etadi. Kasallikning rivojlanish asosi murakkab 
mexanizmga ega bo‗lib, neyroreflektor va neyrogumoral buzilishlar hisoblanadi, 
shu bilan birga eng ko‗p darajada qon tomirlari tonusining boshqarilishi izdan 
chiqadi. Kapillyarlarning uzoq muddatli spastik holati natijasida asta-sekinlik bilan 
nerv - mushak va suyak - bo‗g‗in apparati jarohatlanib, polinevropatiya, 
sezgilarning buzilishi, mushaklarning o‗zgarishi, suyak to‗qimasining degenerativ 
- distrofik o‗zgarishlari, bo‗g‗inlarning o‗zgarishlarida namoyon bo‗la boshlaydi. 
Alohida (chegaralangan) tebranishlarning surunkali ta‘siridan organizmda quyidagi 
funksional o‗zgarishlar yuzaga keladi: tebranishga va tashqi muhit ta‘siriga bo‗lgan 
sezgirlik yo‗qoladi, kapillyarlarda tropik o‗zgarishlar, jumladan ularning 
qisqarishi, oxiriga etmay uzilishi va h.k. kuzatiladi. Qo‗llarning hajmi vena qon 
tomirlarida qonning sekin siljishi (dimlanishi) natijasida kattalashadi, harorati 
pasayadi. Uzoq vaqt davomida tebranishlarning ta‘siri tufayli, tebranish kasalligi 
(tomir tortishi, mayda tomirlarning siqilishi, mushak-suyak va biriktiruvchi 
to‗qimalarning o‗zgarishi) kelib chiqadi. 
Umumiy tebranish ta‘sir etganda ko‗pincha vestibulopatiya belgilari namoyon 
bo‗lib, bosh aylanishi, bosh og‗rishi, gipergidroz holatlari kuzatiladi. 
Har qanday holda ham vibratsion kasallik umumiy kasallik hisoblanib, 
yuqorida keltirilgan kasallik belgilaridan tashqari MNS, hazm qilish organlari
jinsiy organlar faoliyatidagi o‗zgarishlari qayd qilinadi. 
Tebranish vibrometr yoki vibrograf asboblar bilan aniqlanadi. Ularning 
uslubi, shovqin o‗lchaydigan asboblar bilan bir xilda, shuning uchun tovush 
o‗lchash asboblaridan foydalaniladi (ISHV-10), faqat o‗tkazuvchi (datchik) o‗rniga 
mikrofon ulanadi. 


71 
Agar tebranish takrorlanishi 10 Gs dan kam bo‗lsa, bu asboblarni ishlata 
olmaymiz, 
shuning 
uchun 
tebranishni 
aniqlashda 
quyi 
takrorlanuvchi 
vibroo‗lchagich asboblari NVA -1 ishlatiladi, bu asboblar diapazoni 1,4-355 Gts 
ga teng tebranishlarni aniqlaydi.Tebranishlar odam gavdasiga ta‘siri tufayli har xil 
organlar va to‗qimalarning qo‗zg‗alishi kuzatiladi, buning natijasida organizmning 
funksional holati o‗zgaradi. 

Download 1.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   154




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling