Nuraliyeva Xafiza Otayevna, Qodirova Dildora Ergashevna, Fayzullayeva Zamira Raxmatovna


Ishlab chiqarishga doir kimyoviy omillarning spetsifik ta‟sirlariga


Download 1.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet39/154
Sana20.12.2022
Hajmi1.91 Mb.
#1035747
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   154
Bog'liq
Гигиена қўлланма лотин7 май 18 йил

Ishlab chiqarishga doir kimyoviy omillarning spetsifik ta‟sirlariga 
gigienik tasnif 
Ayrim turdagi sanoat zaharlari umumzaharli ta‘sir samarasidan tashqari 
spetsifik ta‘sir ko‗rsatish xususiyatiga ham egadir - allergenlik, kanserogenlik, 
mutagenli, teratogenli, embriotoksik ta‘sir kabilar. 
Sanoat allergenlari - bu shunday moddalar, ular organizmga tushganda, 
ma‘lum muddatlardan so‗ng organizmni allergizatsiya holatiga olib keladi. 
Allergenlik xususiyatiga ko‗pincha yuqori molekulali organik birikmalar ega 
bo‗ladi, ammo ma‘lumki ko‗pgina quyi molekulali moddalardan tortib, toki ayrim 
kimyoviy elementlargacha ana shunday ta‘sir ko‗rsatish xususiyatiga ega, masalan, 


76 
kobalt, nikel birikmalari (Co, Ni). Bu moddalar organizmda gaptenlik vazifasini 
o‗taydi, hujayralardagi oqsil molekulalari bilan birikib murakkab komplekslar 
hosil qiladi, bu moddalar o‗z o‗rnida organizmni autoallergizatsiya holatiga olib 
keladi. Ishchilar organizmida yuzaga keladigan allergik holatlar tez sodir 
bo‗ladigan va sekinlik bilan yuzaga keladigan allergik reaksiyalar ko‗rinishida 
namoyon bo‗lishi mumkin. Tez sodir bo‗ladigan allergik reaksiyalarga bronxial 
astma, angionevrotik shish, eshakemi va sekinlik bilan yuzaga keladigan allergik 
reaksiyalarga - dermatitlar, ekzemani kiritish mumkin. Bunday reaksiyalarning 
kelib chiqishida nasldan-naslga o‗tuvchi moyillik, neyroendokrin kasalliklar va 
shaxsiy moyillik holatlari katta ahamiyatga egadir. 
Kasbiy allergozlarning profilaktikasi juda murakkabdir, chunki allergiyaning 
shakllanishida yoki ayrim hollarda allergik reaksiyalarni kelib chiqishida juda 
kichik miqdorlardagi allergenlarning ta‘siri ham etarli bo‗lib qoladi. Bunday 
vaziyatlarning oldini olish uchun allergik ta‘sir ko‗rsatuvchi moddalarning o‗zini 
yoki guruhini aniqlash va organizmni desensibilizatsiyalash juda muhimdir yoki 
bo‗lmasa shu organizmni allergenlar bilan bo‗ladigan aloqasiga umuman barham 
berish zarur. Birlamchi profilaktik tadbirlarni o‗tkazish uchun ishchilarga 
kimyoviy moddalarning ta‘sir etish mumkinligini kamaytirishga qaratilgan 
tadbirlar (umumzaharli ta‘sirlarning oldini olishga qaratilgan tadbirlar kabi) dan 
tashqari ishchilarni ishga qabul qilishda ularning allergiyalarga moyillik holatlarini 
tekshirish kerak bo‗ladi. 
Ayrim turdagi kimyoviy ishlab chiqarish omillari uzoq muddatlardan so‗ng 
yuzaga keladigan ta‘sir samarasini namoyon qiladi, ya‘ni patologik o‗zgarishlar bu 
moddalarning ta‘sir etganidan so‗ng tezlikda yuzaga kelmay, balki ta‘sir etilgandan 
ma‘lum muddat o‗tgandan so‗ng namoyon bo‗lishi mumkin. Ana shunday uzoq 
muddatdan so‗ng yuzaga keladigan samaralar qatoriga kanserogenli, mutagenli, 
teratogenli ta‘sirlarni ko‗rsatish mumkin. Ayrim hollarda teratogenli ta‘sirni 
embriotoksik ta‘sir deb ham ataladi. 

Download 1.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   154




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling