Nuraliyeva Xafiza Otayevna, Qodirova Dildora Ergashevna, Fayzullayeva Zamira Raxmatovna


Download 1.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet42/154
Sana20.12.2022
Hajmi1.91 Mb.
#1035747
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   154
Bog'liq
Гигиена қўлланма лотин7 май 18 йил

Sanitariya-texnikaviy tadbirlar-bu tabiiy va sun‘iy usul bilan ish joylaridagi 
havoni almashtirish (avariya holatida avtomatik ishlaydigan havoning sun‘iy 
usulda almashinuvini ta‘minlaydigan moslamalar qo‗yish), gaz va yuqori dispersli 
chang hosil qiluvchi moslamalarni umumiy ish joylaridan cheklash, ularning 
zichligini ta‘minlash hamda konditsionerlar, avtomatik nazorat qiluvchi 
o‗lchagichlar o‗rnatish hisoblanadi, ishchi zonasi va ish xonalar havosini oqilona 
shamollatish (mahalliy, umumiy); 
Sanitariya-gigienik tadbirlar: ish jarayonida zaharli birikmalarni iloji 
boricha kam zaharli birikmalar bilan almashtirish (masalan, , bosmoxonalarda 
qo‗rg‗oshin o‗rniga ruxdan foydalanish, benzolni va dixloretanni benzin yoki etil 
spirti bilan almashtirish va h.k.) kiradi. 
Kimyoviy moddalarni gigienik reglamentlash va ish joylaridagi havo 
tarkibidagi zaharli moddaning miqdorini nazorat qilib borish (SanQ va M 
kitobchasini namoyish qilish, ish joyidagi havo muhitida kimyoviy moddalarning 
REK rioya qilish kabilar);shaxsiy himoya vositalardan unumli foydalanish (maxsus 
kiyimlar, lozim bo‗lganda maxsus respiratorlar va protivogazlar); gazdan 
muhofaza qilish bo‗limining asosiy vazifasi falokatlarning oldini olish, ish uslubini 
ilmiy jihatdan tashkil qilish, korxona hisobidan ishchilarni maqsadga muvofiq 
ovqat bilan ta‘minlash, qo‗shimcha ta‘til berish, ishchilarni bexavotir ishlashga 
o‗rgatish, ish uslubini hisobga olgan holda korjomalar bilan ta‘minlashdan iborat. 
Profilaktika va davolash tadbirlari - bu ishchini ishga qabul qilishdan oldin 
hamda ish uslubiga qarab ma‘lum vaqtdan keyin tibbiyot ko‗rigidan o‗tkazishdir. 
O‗smirlar, homiladorlik va emiziklik davridagi ayollar kimyoviy birikmalar bilan 
ishlashga ruxsat etilmaydi. 


80 
Kimyoviy birikmalarning ish joylarida ruxsat etish mumkin bo‗lgan 
miqdoridan tashqari, bir kecha-kunduzda uchrashi mumkin bo‗lgan eng yuqori 
(maksimal) miqdori ham aniqlanadi. Kimyoviy birikmalarning ruxsat etsa 
bo‗ladigan miqdori va ularning organizm sistemalariga ta‘siri laboratoriya usuli 
bilan hayvonlarda sinab aniqlanadi. 

Download 1.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   154




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling