Nuraliyeva Xafiza Otayevna, Qodirova Dildora Ergashevna, Fayzullayeva Zamira Raxmatovna


Download 1.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet40/154
Sana20.12.2022
Hajmi1.91 Mb.
#1035747
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   154
Bog'liq
Гигиена қўлланма лотин7 май 18 йил

Kanserogenli ta’sir - bu kimyoviy moddalarning xavfli o‗smalarni keltirib 
chiqarish xususiyatidir. Sanoat kanserogenlari ko‗p va xilma- xildir. Butun dunyo 


77 
Sog‗liqni Saqlash tashkiloti tarkibiga kiruvchi guruhining tasnifiga ko‗ra (1982) 
barcha kanserogenlik xususiyatiga ega bo‗lgan moddalar ikki guruhga bo‗linadi: 
1-guruh - odam organizmi uchun kanserogenli ta‘siri aniqlangan moddalar; 4-
aminodifenil, margumush va uning birikmalari, asbest, benzol, benzidin, 
xlormetilmetalli efir, xrom va uning birikmalari, 2- nafitilamin, qurum qatronlar, 
mineral yog, vinilxlorid va b.q. 
2 guruh - odam organizmi uchun kanserogenli xususiyati bo‗lishi mumkin 
bo‗lgan moddalar. Bu guruhga kiruvchi moddalar yana 2 guruhga bolinadi: 
a) odam organizmi uchun kanserogenli xususiyati yuqori bo‗lgan moddalar 
(akrilonitril, benz(a)piren, berilliy, dietilsulfat, 0-toluidin, nitrozoaminlar va b.q.); 
b) odam organizmi uchun kanserogenlik xususiyati past bo‗lgan kimyoviy 
moddalar (to‗rtxlorli uglerod, xloroform, xlorfenollar, dibro- metan, formaldegid
ayrim turdagi gerbitsidlar va b.q.) 
Kasb kasalliklari ro‗yxatiga yana badan terisida uchraydigan rak kasalliklari 
kiritilgan, bundan tashqari nafas organlari, jigar, oshqozon, siydik pufagi
suyaklarda uchraydigan xavfli o‗smalar, 1 guruhga kiruvchi kanserogenli moddalar 
va 2 guruhdagi ayrim kanserogenli ta‘sirga ega bo‗lgan moddalar ta‘sirida yuzaga 
keladigan leykozlarni aytish mumkin. Xavfli o‗smalarni kelib chiqishida 
organizmning rakdan oldingi holati katta rol o‗ynaydi, masalan, mexanik va 
termik jarohatlar, zararli odatlar (spirtli ichimlik ichuvchilar, chekuvchilar). Xavfli 
o‗sma kasalliklarining oldini olishda umumiy tadbirlardan tashqari shu narsani 
inobatga olish zarurki, kanserogenli effekt kanserogenlarning juda kichik dozalar 
ta‘sirida ham yuzaga kelishi mumkin, buni kanserogenlarning bo‗sag‗asiz effekti 
deb nomlanadi. Shuning uchun eng yaxshisi ishlab chiqarish muhitida 
kanserogenlarning bo‗lmasligiga erishish kerak. 
Bir qator kanserogenlar uchun Butun Dunyo Sog‗liqni Saqlash Tashkilotining 
tavsiyasiga ko‗ra REK "0" qiymatga ega bo‗lishi kerak, jumladan shunday qiymat 
- benzidin, alfa naftil amin, betta nitrozo- dimctilamin, alfa propiolaktamlar uchun 
belgilangan. 


78 
Boshqa kanserogenlarning havo muhiti uchun REK faqat ishlab chiqarish 
havosi uchun benz(a)pirenga nisbatan ishlab chiqilgan bo‗lib, bu 15mg/m3 
qiymatga tengdir. 
Kasbga doir xavfli o‗sma kasalliklari uchun dastlabki va davriytibbiy 
ko‗riklarni sifatli o‗tqazilishi katta ahamiyatga ega bo‗lib, rakdan oldingi holatlarni 
o‗z vaqtida aniqlash maqsadini ko‗zda tutadi. 

Download 1.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   154




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling