Nuraliyeva Xafiza Otayevna, Qodirova Dildora Ergashevna, Fayzullayeva Zamira Raxmatovna
Vibratsiya. Vibratsiya kasalligi va uning profilaktikasi
Download 1.91 Mb. Pdf ko'rish
|
Гигиена қўлланма лотин7 май 18 йил
3.5. Vibratsiya. Vibratsiya kasalligi va uning profilaktikasi
Tebranishning manbai qattiq jismlarning mexanik tebranishi bo‗lib, ishchilar organizmiga shovqindan farqli o‗laroq qandaydir muhitlar orqali uzatilmay (havo, suv), balki ishchi tanasining tebranuvchi jismga bevosita tegishi orqali uzatiladi. Tebranish ham chastotasi va amplitudasi bilan ta‘riflanadi. Tebranishining chastotasi Gs larda ifodalaniladi. 1 Gs -1 sek ichidagi tebranish soni. Amplituda – mm yoki sm da ifodalaniladi. Tebranish tezligi sm sek da ifodalaniladi Tebranish qiymatini vibro tezlanish ifodalaydi va u chastota va amplitudaning hosilasi hisoblanadi. SHovqin kabi tebranish qiymati nisbiy birlikda - dB ifodalanadi. 5 x 10 sm tebranish tezligi 5 x 10 min sek nol hisobida olinadi Bunda 0 dB qilib 5.10 -5 m/sek vibro tezlanish qabul qilingan (eshitish bo‗sag‗asi - 5.10 -4 m/sek, og‗riq bo‗sag‗asi - 1 m/sek). Tebranishning odam organizmiga uzatilish nuqtasiga qarab umumiy va mahalliy ta‘sir farqlanadi. Mahalliy tebranishda uning ta‘siriga ko‗pincha qo‗llar uchraydi, umumiy tebranishda esa butun tana (transport haydovchilari), ishchilarga ko‗pincha ham umumiy ham mahalliy tebranish ta‘sir qiladi (stanokda ishlovchilar). Tebranish odam organizmiga ko‗zga ko‗rinarli ta‘sir ko‗rsatish xususiyatiga ega. Organizmda kelib chiqadigan o‗zgarishlarning xarakteri va chuqurligi, tebranish darajasiga, 70 uning chastotali tarkibi va organizmga ta‘sir qilish muddatiga bog‗liqdir. Tebranishning uzoq muddatli ta‘sir ko‗rsatishi, ayniqsa boshqa turdagi nomuvofiq omillar bilan qo‗shilib ta‘sir etganda (sovutuvchi mikroiqlim, shovqin) vibratsion kasallikning shakllanishiga sabab bo‗ladi. Bu kasallik mahalliy, umumiy tebranish ta‘sir etganda rivojlanadi, ammo eng ko‗p ahamiyatga lokal tebranish ta‘siri egadir, chunki u ishchining qo‗llariga ta‘sir etadi. Kasallikning rivojlanish asosi murakkab mexanizmga ega bo‗lib, neyroreflektor va neyrogumoral buzilishlar hisoblanadi, shu bilan birga eng ko‗p darajada qon tomirlari tonusining boshqarilishi izdan chiqadi. Kapillyarlarning uzoq muddatli spastik holati natijasida asta-sekinlik bilan nerv - mushak va suyak - bo‗g‗in apparati jarohatlanib, polinevropatiya, sezgilarning buzilishi, mushaklarning o‗zgarishi, suyak to‗qimasining degenerativ - distrofik o‗zgarishlari, bo‗g‗inlarning o‗zgarishlarida namoyon bo‗la boshlaydi. Alohida (chegaralangan) tebranishlarning surunkali ta‘siridan organizmda quyidagi funksional o‗zgarishlar yuzaga keladi: tebranishga va tashqi muhit ta‘siriga bo‗lgan sezgirlik yo‗qoladi, kapillyarlarda tropik o‗zgarishlar, jumladan ularning qisqarishi, oxiriga etmay uzilishi va h.k. kuzatiladi. Qo‗llarning hajmi vena qon tomirlarida qonning sekin siljishi (dimlanishi) natijasida kattalashadi, harorati pasayadi. Uzoq vaqt davomida tebranishlarning ta‘siri tufayli, tebranish kasalligi (tomir tortishi, mayda tomirlarning siqilishi, mushak-suyak va biriktiruvchi to‗qimalarning o‗zgarishi) kelib chiqadi. Umumiy tebranish ta‘sir etganda ko‗pincha vestibulopatiya belgilari namoyon bo‗lib, bosh aylanishi, bosh og‗rishi, gipergidroz holatlari kuzatiladi. Har qanday holda ham vibratsion kasallik umumiy kasallik hisoblanib, yuqorida keltirilgan kasallik belgilaridan tashqari MNS, hazm qilish organlari, jinsiy organlar faoliyatidagi o‗zgarishlari qayd qilinadi. Tebranish vibrometr yoki vibrograf asboblar bilan aniqlanadi. Ularning uslubi, shovqin o‗lchaydigan asboblar bilan bir xilda, shuning uchun tovush o‗lchash asboblaridan foydalaniladi (ISHV-10), faqat o‗tkazuvchi (datchik) o‗rniga mikrofon ulanadi. 71 Agar tebranish takrorlanishi 10 Gs dan kam bo‗lsa, bu asboblarni ishlata olmaymiz, shuning uchun tebranishni aniqlashda quyi takrorlanuvchi vibroo‗lchagich asboblari NVA -1 ishlatiladi, bu asboblar diapazoni 1,4-355 Gts ga teng tebranishlarni aniqlaydi.Tebranishlar odam gavdasiga ta‘siri tufayli har xil organlar va to‗qimalarning qo‗zg‗alishi kuzatiladi, buning natijasida organizmning funksional holati o‗zgaradi. Download 1.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling